111
u yoki bu lavozimlarga mutaxassislar rezyumesini to‘plash va boshqaruv
komandasini shakllantirish;
boshqaruv komandasi a‘zolari o‘rtasida rollarni taqsimlash va har bir
komanda a‘zosining funktsiyalarini belgilab olish;
boshqaruv komandasining har bir a‘zosi uchun oylik ish haqi miqdorini
belgilash;
boshqaruv komandasi a‘zolarini yollash shartlari.
Korxonaning optimal tashkiliy tuzilmasini shakllantirish bir vaqtning o‘zida
amalga oshiriladigan narsa emas. Uning echimi ko‘p hollarda nafaqat ko‘p vaqt, balki
katta tashkilotchilik ishlarini, qobiliyatini ham talab qiladi. Ayniqsa boshqaruv
komandasini tuzish og‘ir va murakkab ish hisoblanadi. Bunda quyidagi tamoyillarga
rioya qilish zarur:
komanda a‘zolarining psixologik jihatdan bir-biriga mos kelishini
ta‘minlash;
komandaning yagona organizm kabi faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash;
har bir komanda a‘zosi jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadni to‘liq tushuna
olishi lozim;
komanda a‘zosi o‘z malakasini muntazam oshirib borishi kerak;
qonuniy asosda korxona nufuzini oshirish va foydasini o‘stirish uchun
barcha zarur ishlarni amalga oshirish.
Tashkiliy tuzilmaning asosiy tavsifi (xarakteristikasi) quyidagilardan kelib
chiqadi:
-
boshqarish funktsiyalari bo‘yicha boshqaruv xodimlari soni;
-
chiziqli boshqaruv xodimlari soni;
-
korxona boshqaruv tizimining bo‘ychunish pog‘onalari soni;
-
har bir boshqaruv darajasida tuzilmaviy bo‘g‘inlarning miqdori;
-
boshqaruvning markazlashmaganlik darajasi;
Yuqoridagi tavsiflarga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omil korxonani boshqarish
bo‘yicha ishlar xajmi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida boshqarish fnktsiyalarining
mazmuni va tarkibiga boshqaruv vazifalarining mehnat talabligi va davriyligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: