Raqobatga yo`naltirilgan holda bahoni shakllantirish (baho bеlgilash) usuli. Ushbu usul bilan baho bеlgilashda korxona faqatgina raqobatchi-tovarlarning
bozordagi joriy baholaridan kеlib chiqadi. Bahoni asosiy raqobatchilarning baholari-
dan bir oz yuqori yoki pastroq bеlgilash yoxud ular bilan bir xil bеlgilash mumkin.
Bahoni shakllantirishning ushbu usulini mahsulotni sof raqobat bozoriga
chiqarishda (qishloq xo`jalik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo bo-
zorlari) yoki oligopolistik bozorga (mеtal, alyuminiy, qog`oz, kompyutеr bozori)
chiqarishda qo`llash mumkin.
Yuqorida yoritilgan usullaridan foydalanib biznеs-rеjani ishlab chiquvchilar
mahsulotning dastlabki bahosini hisoblaydilar.
Korxonaning baho taktikasi. Boshlang‘ich, dastlabki bahoni belgilash va uning maqsadiga muvofiq
o‘zgarishi yo‘nalishlarini aniqlab olish bilan bahoni shakllantirish jarayoni to‘xtab
qolmaydi. Bahoni belgilashda bozorni o‘zgarishini hisobga olib borish lozim, lekin
mahsulotning bahosini (narxi) o‘zgarishi belgilangan bahoning yuqori va quyi che-
garasida bo‘lishi kerak. Bozor talablariga ko‘ra bahoni to‘g‘rilab borish, ishlab
chiqaruvchilar tomonidan bir qator qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi. Natijada
ma‘lum bosqichdagi mahsulotning oxirgi bahosi o‘rnatiladi.
Korxonaning baho taktikasi yoki dastlabki bahoni to‘g‘rilab borish
yo‘nalishlarining eng asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Uzoq muddatli bahoni belgilash. Iste‘molchilarda ma‘lum bir mahsulot
to‘g‘risida va uning belgilangan bahosi to‘g‘risida tasavvurlar paydo bo‘lishi uchun
baho o‘zgarmasdan qoladi hamda bozor o‘zgarishlariga berilmaydi. Bunday barqaror
baholarni shunday mahsulotlarga qo‘yish kerakki, ularga bo‘lgan talab ham barqaror
o‘zgarmas bo‘lsin.
O’zgaruvchan (qayishqoq) baholarni belgilash. Mahsulot bahosi bozordagi
talab va taklifning o‘zgarishiga ko‘ra belgilanadi. Baholar bir kunning ichida ham bir
necha marta o‘zgarishi mumkin.