Ызбекистон республикаси


Kasbga oid shakllantiruvchi maslahat



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

Kasbga oid shakllantiruvchi maslahat shaxsning kasb ta`limi turidan olayotgan 
bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishni davom ettirish, o’rta maxsus 
kasb-hunar ta`limi yo’nalishini tanlash va ma`lum bir mutaxassislikni egallash 
mazmuniga ega bo’ladi. 
Kasbga oid nazorat maslahatida yuqorida keltirilgan maslahat bosqichlari to’g`ri 
amalga oshirilgan-oshirilmaganligi, asosiy konsultatsiyada shakllantirilgan ko’nikma 
va malakalar ixtiyoriy va majburiy ta`limda (o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limida) 
davom etayotganligi, ya`ni shu soha bo’yicha ta`lim olayotganligi nazorat qilinadi. 
Agar soha bo’yicha ixtiyoriy-majburiy ta`lim davom etmayotgan bo’lsa, sabablari 
o’rganilib, tahlil qilinadi va amaliy xulosalar chiqariladi. 
Tadqiqotlarda shu narsa aniqlanganki, maktab o’quvchilarining 50 foizi yakka 
tartibdagi kasb maslahatiga muhtoj bo’ladilar. Bunday o’quvchilarni quyidagilar 
tashkil qiladi:
- u yoki bu sabab bilan mustaqil kasb tanlay olmagan o’quvchilar; 
- ota-onalari bilan ziddiyat paydo bo’lgan o’quvchilar; 
- o’zi tanlagan kasb yo’lining to’g`riligini isbot qilish istagida bo’lgan 
o’quvchilar; 
- o’sib-ulg`ayishi va xulq-atvori murakkab tavsifiy harakterga ega bo’lgan 
o’quvchilar. 
SHu sababli ham maktab kasb-hunarga yo’naltirish xonasining tumandagi 
kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi bilan birgalikda 
kasb-hunarga oid maslahat ishlariga alohida e`tibor bilan yondoshishlari talab etiladi. 


51 
Kasbga yo’naltirishning tarkibiy qismlaridan biri kasb-hunarga tanlab olish, ya`ni 
biror kasbni nisbatan yaxshi o’zlashtiradigan va kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli 
bajaradigan shaxsni saralab olishdir. 
Kasbga yaroqlilik shaxsning jismoniy sifatlari va psixofiziologik xususiyatlari 
bilan kasb talablarining mos kelishi darajasidir. Agar bu sifat va xususiyatlar zarur 
talablar darajasida bo’lmasa, zo’riqish hosil bo’ladi, natijada kasbiy yaroqsizlik 
vujudga keladi, bundan shaxs ham, jamiyat ham zarar ko’radi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin