Konstantalar – katakchaga kiritiladigan matn yoki sonli qiymatlar bo`lib, ular hisolashlar davomida o`zgarmaydi.
Katakchagayokikatakchalarguruhigamurojaat – konkret katakcha yoki katakchalar guruhini ko`rsatish uslubi.Biror katakchaga murojaat qilish uning koordinnatlariniko`rsatishdir. Bo`sh katakchaning qiymati no`lga teng.
Katakchalarga murojaat ikki xil usulda bo`ladi:
Nisbiy – katakchalar formula jolashgan katakcaga nisbatan nisbiy ñsiljish orqali ko`rsatiladi (masalan- F7).
Absalyut – katakchalar o`zlarining koordinatalari orqali $ belgisi bilan birgalikda ko`rsatiladi (masalan: $F$7).
Yuqoridagi usullar kombinatsiyasi orqali ham ko`rsatish mumkin (masalan F$7).
Fo`rmulalar nushasi ko`chirilganda nisbiy murojaatlar nusha ko`chirilgan o`lchamga o`zgaradi
Katakchalar guruhiga murojaat qilish uchun mahsus belgilar qo`llaniladi.
: (ikki nuqta) – katakchalar blokiga murojaat qilish uchun qo`llaniladi. Ikki nuqta orqali blokning chap yuqoriga va o`ng pastki katakchalari ko`rsatiladi. Masalan,C4:D6–C4,C5,C6,D4,D6 katakchalariga murojaat qilinadi.
; (nuqta vergul) katakchalarni birlashtirish .Masalan, D2:D4;D6:D8–D2,D3,D4, D6,D7,
D8.
Katakcha formulani kiritish uchun “=” belgisini kiritish so`ngra ortidan hisoblash
formulasini yozish kerak. Enter klavishasi bosilgich katakchada hisoblash natijasi paydo bo`ladi. Formula joylashgan katakcha ajratilganda, formula tahrirlash satrida paydo bo`ladi.
Funktsiyalar
Microsoft Excel da funktsiya deb ma’lum masalanining yechimini topish uchyn bir necha hisoblash operatsiyalarining birlashtirilishiga aytiladi. Microsoft Excelda funktsiyalar bir yoki bir nechta argumentli formuladan iborat bo`ladi. Argument sifatida katakchalarning son qiymatlari yoki adreslari ko`rsatiladi.