75
Rossiya bosib olinganidan keyin Ekaterina II podsholigi davridan buyon pul sifatida
muomalaga kiritilgan qog’oz, kumush pullar xonlik xududida qo`llanilmagan. qo`llanilganda xam
uz kursidan past narxda qo`llar edi. Pul muomalasida qiyinchilik vujudga kelishi natijasida sarroflar
faoliyati aktivlashadi. Xatto rus savdogarlari tangalar va tillalarni yig’ishtirib olib qog’oz pullar
tarkatishni taklif qiladilar. 1893 yil Rossiya moliya vazirligining tashabbusi bilan rus
savdogarlarining iltimosi muxokama qilindi va Xiva xoni tanga pullarini faqat rus podshosining
ruxsati bilan zarb qilish majburiyati yuklatildi.
Natijada XX asrning birinchi o`n yilligida rus qog’oz pullari ishlatilayotgan tanga pullarga
nisbatan ikki barobar ko`payib ketdi. Xiva xoni Muxammad Raximxon II o`z umrining oxirlarida
Xiva xonligida muomala uchun ishlatilayotgan pul miqdorining etishmayotganligi, shuningdek
musulmon sharq olamida podsholar nomidan pul chiqarib turilmasa unga xalq itoat etmasligini
tushuntirib iltimos qilib zo`rg’a tanga chiqarish imkoniyatiga ega bo`ldi. Uning vafotidan keyin
Xivada pul bosib chiqarish deyarli to`xtatildi. Rus podshosi pullari muomalada ishlatiladigan
bo`ldi.
1914 yildan boshlab Rossiya rus savdogarlari Xivada zarb qilingan tangalarni olmay
qo`yadi. mavjud bo`lgan tilla va kumush pullar xalq qo`lida muomalada ishlatilib kelindi.
Asfandiyorxon xokimiyatga kelgach. rus podshosi va amaldorlari Xiva xonligida bir
kancha isloxotlar o`tkazish, Xivada muomalada bo`lgan yuritilayotgan barcha tanga va pullarni
yig’ib olib butunlay pul sistemasini o`tkazishni xam taklif qildilar. lekin amalga oshirilmadi. 1918-
20 yillar xonlikda ikki xonlik davri bo`ldi. Bu
davrdagi Sayd Abdudloxon qo`g’irchok xon edi.
Aslida xokimiyatni
Junaidxon boshqarar edi. U uz xokimligini xalqqa ma`lum qilish uchun pul
xam bostirib chiqardi. Uning
puli atlasga ishlangan bo`lib "
turma
Dostları ilə paylaş: