873 yilda Nishopurda ko`tarilgan safforiylar qo`zg`aloni natijasida toxiriylar davlati qulab, safforiylarninig Movaraunnaxr, jumladan, Buxoroga ta`siri kuchaya bordi. Bu shaxar axolisi esa safforiylardan ko`ra somoniylarning xukmronlik qilishini ma`qul topdilar. Shahar jamoasining yuqori tabaqalari Samarqandga, Nasr ibn Axmadga vakillar yuborishga shoshildi va undan samoniylar xonadonidan biror kishini xokim qilib yublrishni so`radi. Bunday taklif Nasrni xursand qilishi turgan gap edi. Chunki bu taklif Mavorounnaxrda somoniylar xukmronligi ostida batamom birlashtirish masalasini osongina hal qildi. Nasr o`z ukasi Ismoil ibn Axmadni Buxoroga noib qilib yubordi. Ismoilning xokim sifatida ko`rgan dastlabki tadbirlaridan biri dehqonlar qo`zg`aloniga qarshi kurashdan iborat edi. Nasr ibn Axmad bu yillarda o`zini butun Mavorounnaxrning xukmdori deb bildi. Va shuning uchun ham u kumush dirxamlar zarb eta boshladi. Bu esa ilgarigi faqat toxiriylarga berilgan imtiyoz edi. Nasr o`z ukasi Ismoilni xoxlagan vaqtda almashtirishi mumkin bo`lgan. U ukasining talantli xokimgina emas balki, odamlar bilan ham muomala qila oladigan g`ayratli va shuxratparast raqobatchi bo`lib yetishishini payqab ololmagan. Ismoil esa Nasrga bo`ysunishni xoxlamagan va batamom mustaqil bo`lishni istagan