J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə33/55
tarix07.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#94277
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra

Neoliberalizm kontseptsiyasi

Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli iqtisodiyotning o’ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm, iqtisodiy siyosat sifatida, erkin tadbirkorlik tizimini xo’jalikni tashkil etishning ancha qulay shakli deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishni ta’minlaydigan yagona tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa, ba’zi bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo’yicha “tungi qaraul”).
XX asrning 30-yillarining o’rtalariga kelib keyinschilikning rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo’nalish inqirozi namoyon bo’la boshladi. Uning natijasida: bir guruh iqtisodchilar o’zlarining qarashlaridan voz kechgan holda keynschilikka qo’shilib ketdi va bu yangi ta’limotni ancha to’g’ri deb hisobladi; ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri, o’rni va roli to’g’risidagi o’zlarining ko’z qarashlarini himoya qildi va ularni qayta o’zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil etdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal kontseptsiyasining asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi ko’rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, shuningdek, mazkur kontseptsiyaning mohiyati va mazmuni to’g’risida bir butun tushunchalar yaratildi.
Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari. Neoliberalizm, bozor munosabatlari tizimi xo’jalik yuritishning ancha samarali shakli ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o’sish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berishi to’g’risidagi qoidaga asoslanadi. Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo’jalik tuzilmalarining etakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni boshqarib boradigan, lekin o’yinda ishtirok etishga haqqi bo’lmagan hakamga o’xshatadi.
Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal kontseptsiyasi vakillari L.Erxardning – “mumkin bo’lgan barcha joyda – raqobat, qaerda zarur bo’lsa o’sha erda - tartiblash” qoidasiga amal qilgan holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko’maklash zarurligini isbotlab berdi.
Neoliberalizmning asosiy belgilari:
– bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini e’tirof etgach, neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni nazorat qilish bo’yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin deb hisoblaydi;
– zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashda iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo’llab-quvvatlaydi;
– monopoliyani milliy xo’jalikning har tomonlama rivojlanish yo’lidagi to’siq deb e’lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan kurashning zarurligini asoslab beradi;
– o’zini keynschilikka va xo’jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga asoslangan totalitarizmga qarshi raqib deb hisoblaydi.




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin