J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


-mavzu TOVAR-PUL MUNOSABATLARI



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə40/55
tarix07.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#94277
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra

11-mavzu

TOVAR-PUL MUNOSABATLARI




  1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllari va ularning rivojlanishi

Ijtimoiy xo‘jalik – insoniyat jamiyati taraqqiyotining alohida uzoqdavrlari davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to‘liq ifodalab qoladigan, barqaror umumiy belgilariga ega bo‘lgan va rivojlanishida ma’lum bir qonuniyatlarga asoslangan xo‘jalik yuritishning turlaridir.
Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish bo‘lgan, bunda mahsulotlar ishlab chiqaruvchiningo‘z iste’molini qondirish uchun, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Natural xo‘jalikning asosiy belgilari bu:
mehnat taqsimoti yetarlicha rivojlanmaganligi;
ishlab chiqarish biqiq xarakterga ega bo‘lib, ishlab chi­qaruvchilarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysun­diril­ganligi;
ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘zaro mos kelib, bevosita xo‘jalik ichida bir-biri bilan bog‘langanligi;
mehnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo‘lganligi;
ishchi kuchiningharakatchanligi cheklanganligi.
Mehnat taqsimoti ishlab chi­qarishning ixtisoslashuviga asos­lanadi. Ixtisosla­shish­ning predmetli (qandaydir buyum tayyorlanadi), qismli (tayyor mahsulotning faqat biror qismi yaratiladi) va texnologik (ishlov berishning muayyan aniqoperatsiyalari bajariladi) turlari mavjud bo‘ladi.
Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik prinsipi bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro aloqalarning kuchayishi natijasida ishlab chiqa­ruvchilarning, birlashishlari, ya’ni mehnat kooperatsiyasi ro‘y beradi. Кooperatsiya – bu kishilarningo‘zaro bog‘liq bir yoki bir nechta mehnat jarayonida birla­shishining tashkiliy shaklidir.
Ishlab chiqarishning, rivojlanishi sharoitida uning yiriklashish tamoyillari kuzatiladi. Bu ishlab chiqarishningkonsentratsiyasi bo‘lib, u korxonalarda iqtisodiy resurs­lar­ning to‘planishi, ya’ni resurs ko‘lamining mustahkam­lanishini anglatadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarishningkonsentratsiyasi ko‘pincha uningintegratsiyasiga olib keladi. Bu bir korxona doirasida mahsulotni tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar barcha siklning to‘planishidir.
Nihoyat, tovar xo‘jaligi vujudga kelishining muhim shart-sharoitlaridan biri erkin ayriboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuvva iqtisodiy alohidalik erkin ayriboshlash va xo‘jalik subyektlari faoliyatiningeng samarali yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan erkin narxlarning shakllanishiga yordam beradi.


  1. Yüklə 0,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin