6-mavzu
|
MARJINALIZM IQTISODIY TA’LIMOTI
|
1.Marjinalizm va me’yorli foydalilik nazariyasi.
XIX asrning 70-yillariga kelib klassik siyosiy iqtisod o’rniga iqtisodiy fanda yangi sub’ektiv yo’nalish vujudga keldi va iqtisodiy fan taraqqiyotida katta o’zgarish yuz berdi. O’sha davrda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishga yangicha sub’ektiv yondashuvga asos solgan (bir-biridan mustaqil holda) uch iqtisodchining asarlari birdaniga vujudga keldi. Ular ingliz iqtisodchisi Stenli Jevons (1835–1882), avstriyalik Karl Menger (1840–1921), Shveytsariyada yashagan frantsuz Leon Valras (1834–1910). Ularning tahlili asosida ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni (taklif) emas, balki talabning shakllanishi, tovar va xizmatlarning foydaliligi tadqiqoti yotadi. Sub’ektiv yo’nalish vakillarining tadqiqotidagi asosiy dastak – bu me’yorli (marginal) tahlil bo’lib, mazkur maktabning nomi ham (marjinalizm) shundan kelib chiqqan. F.Vizer, E.Bem-Baverk, A.Marshall, K.Viksell va ko’plab boshqa atoqli iqtisodchilar marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni rivojlantiradilar. Me’yorli tahlil hanuzgacha iqtisodiy fanda keng qo’llanib kelinmoqda.
2. Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va buyumning ijtimoiy me’yorli foydaliligi
Har xil ehtiyojlarni qondirish uchun buyumlar qanday taqsimlanishi kerak? Faraz qilaylik, bitta Z buyumning o’zi uchta – A, V va S ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bu erda A ancha muhim ehtiyoj, S esa unchalik ahamiyatli bo’lmagan ehtiyoj. Demak, ehtiyojlarning har birini qondirish uchun Z buyumi birligining me’yorli foydaliliklari har xil (mazkur sxema «Menger jadvali» deyiladi, 8.1-jadvalga qarang).
11.1-jadval
Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo’lgach, odam uni A ehtiyojni qondirish uchun foydalanadi, negaki bu vaziyatda uning me’yorli foydaliligi eng yuqori – 4 shartli birlikka teng. Agar kishida 6 ta buyum birligi bo’lsa, unda ularning uchtasini u A ehtiyojni qondirishga ishlatadi, ikkitasini – V ehtiyojga, bittasini esa – S ehtiyojga ishlatadi. Bunda ehtiyojlarning umumiy qoniqishi 16 shartli birlikka teng (barcha me’yorli foydaliliklarning yig’indisi). Bu erda shu narsani bilish qiyin emaski, buyumlarning boshqacha taqsimlanishi inson uchun ancha kam qimmatli bo’lardi. Shunday qilib, qandaydir bir buyum birliklari har xil e’htiyojlar o’rtasida ratsional taqsimlanganda me’yorli foydaliliklar baravarlashadi:
Dostları ilə paylaş: |