J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə8/55
tarix07.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#94277
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra

«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.

Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan ma’lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m. av. 589–512 y.) bo’lganligi qayd etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan.
«Avesto» boshidan oxirigacha er yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidan va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’i nazar ularning ro’shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g’oyasi bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z aksini topgan. «Avesto»da er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi ko’rsatilgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, Marg’iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududida joylashgan.
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana bordi. Ko’chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o’rnini o’troq yashash egallay boshladi va dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko’rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati kattadir.
«Avesto»da: «… erga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q…» deyilib, xalq xo’jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko’rsatib beriladi. «Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug’ qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir», –deyiladi unda. Qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko’paytirishga ham alohida e’tibor berilgan.
«Avesto»da er, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish og’ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga aslo vaxshiyona munosabatda bo’lmaslikka chorlaydi.
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat bolalarga ega bo’ladi… Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu erda biz sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritilganligini ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar, ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi.
Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayoti haqida g’oyat muhim ma’lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy boyligidir.


  1. Yüklə 0,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin