70. Qazning eri Siyovush qayerda oʻldirilgan?
Javob: Dizroʻyin
71. Kimning vafoti beklarning oti charchashiga, ularning gʻam ostida qolishiga, yuzlarning
sargʻayishiga sabab boʻladi?
Javob: Alp Er Toʻnga
72. Biror kishining vafoti munosabati bilan gʻam-alam, hasrat va qaygʻuni ifodalagan lirik sheʼr yoki
qoʻshiq...?
Javob: Marsiya
73. Marsiya janrining bizgacha yetib kelgan eng qadimiy namunasi?
Javob: Alp Er Toʻnga haqidagi marsiya
74. Adabiyotimizda qanday shaklda yozilgan marsiyalar uchraydi?
Javob: gʻazal, qasida, muxammas, musaddas, tarjiband, tarkiband.
75. Alp Er Toʻnga marsiyasi qanday shaklda yozilgan?
Javob: murabbaʼ
76. Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi qaysi vaznda yozilgan?
Javob: aruz
77. Alp Er Toʻnga marsiyasi qanday vaznda yozilgan?
Javob: barmoq
78. Alp Er Toʻnga marsiyasining har bir misrasi necha boʻgʻindan iborat va turoq qanday shaklda?
Javob: yetti boʻgʻindan iborat.
Turoq, asosan, 4+3 shaklida
79. Qaysi hayvon oʻz uyasiga qarab ulisa, qoʻtir boʻladi?
Javob: Tulki
80. Dushmanga (qarshi) qurol hozirlagan kishi..... ega boʻladi?
Javob: qulun(toy)ga
81. Qurol hozirlashni unutgan kishi .... boʻladi?
Javob: asir
82. Qishning ziyofati nima?
Javob: Olov
83. Xato qilmaydigan mergan..?
Javob: Yomgʻir
84. Yanglishmaydigan dono...?
Javob: aks sado
85. Qanday odam magʻrur boʻladi?
Javob: Dovyurak
86. Hiyla-tadbir bilan arslonni tutish mumkin, ammo zoʻrlik bilan nimani tutib boʻlmaydi?
Dostları ilə paylaş: |