xalq hayotining badiiy talqinini ham, ijtimoiy hayot haqidagi o’zining mulohazalari va xulosalarini ham biron o’rinda yalang’och aytishga urinmaydi- bularning bari romanda jonli odamlar, ularning taqdiri, xarakterlari mantiqi vositasida ochiladi.” Ushbu jumlalar muallifi kim? J: Ozod Sharafiddinov (O’zbekiston Qahramoni) 2. Cho’lponni kim «U xalqda “Vatan”, “Millat”, “Istiqlol” tushunchalarining teran ma’no kasb etilishiga mislsiz darajada katta ta’sir ko’rsatdi. » deya ta’riflagan? J: Naim Karimov ( akademik) 3.«Cho’lpon o’z ijodi bilan nasriy janrlarning turfa imkoniyatlarini namoyon qildi.» Ushbu jumlalar muallifi kim? J: Dimurod Quronov (adabiyotshuos) 4. “Kecha va Kunduz” romanining epigrafi-? J: “hamal keldi, amal keldi.” 5. Asar qaysi fasl bilan boshlanadi? J: Bahor 6. Kimning “…qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko’ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan edi? J: Zebi ( Zebinisa ) ning 7. Asarda Zebinisa nechchiga qadam qo’ygan edi? J: o’n beshga 8. Zebi nima bahonasida bir-ikki marta keng hovlilarga, dala-tuzlarga chiqib kelgandi? J: Ko’k terish bahonasida 9. Ertalab kim Zebining uyiga eshikdan shoshib kirib kelgan, yoshgina o’zi tengi bir qiz edi? J: Salti ( Saltanat) 10. Saltining ertalabdan Zebinikiga krlishining sababi nima edi/
J: Zebini Yoyilma soydagi o’rtog’I Enaxonlarnikiga olib bormoqchi edi 11. Zebining onasi kim edi? J: Qurvonbibi 12. “Dunyoda qanday yaxshilik va xayriyatlik bo’lsa, hammasini birgina shu qizi uchun istar va orzu qilardi” Ushbu ta’rif kimga tegishli? J: Qurvonbibiga