Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati


Abdurauf Fitrat (1886-1938)



Yüklə 22,79 Kb.
səhifə2/2
tarix07.04.2023
ölçüsü22,79 Kb.
#94256
1   2
Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati

Abdurauf Fitrat (1886-1938)
A bdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ildi.1909-1913 yillarda esa adib Turkiyada, Istanbul doilfununida tahsil oladi. U yerda zamondoshlari bilan birgalikda «Buxoro ta’limi (umumiy) maorif jamiyati» ni tuzadi. 
Fitrat 1919-20 yillarda Afg‘oniston hukumatining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimon, «Turon», «Buxoroi sharif», «Oina» kabi ko‘pgina gazeta va jurnallarni tashkil etishda bosh - qosh bo‘ddi, Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» tashkilotiga rahbarlik qildi, Buxoro xalq Respublikasining bir qator rahbar lavozimlarida ishladi. Buxoro amiriga berilgan ultimatum ham uning qalami bilan yozildi.
1923-1924 yillarda Fitrat ma’lum muddat Leningradda, so‘ngra Moskvada yashadi. Unga o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib professor ilmiy unvoni berildi. Adib ilk aspirantlarga rahbarlik qildi, Buxoroda musiqa maktabi ochdi. O’smirlik yillari u Mijmar («cho‘g‘don») taxallusi bilan, so‘ngra Fitrat («tug‘ma iste’dod») taxallusi bilan ijod qildi.
Fitratning «Muxtasar islom tarixi»(1915), «Ro‘zalar», «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Qiyomat» kabi asarlari diniy mavzuda yozilgan. Qomusiy bilim va badiiy iste’dod egasi bo‘lgan Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan.

Jadid teatri


Dastlabki paytlarda madaniy-ma’rifiy, keyinchalik siyosiy-ijtimoiy xususiyat kasb etgan islohotchilik harakati faol ishtirokchilaridan biri Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ildi. Abdulla Avloniy o‘lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gaze-tasiga asos soldi. O‘zi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy kabi boshqa milliy taraqqiyparvarlar ham ma’rifatparvarlik faoliyatini olib borib, yangi maktablar, xayriya jamiyatlari, kutubxona va kitob do‘konlari ochdilar. Turkiston jadidchilik harakatining namoyandalari ma’rifatparvar kishilar edi.

Siyosiy ma’noda ma’rifatparvarlik xalqni ozodlikka olib chiqish va milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surish bilan ifodalanadi.


Ma’rifatparvarlar keng ma’noda bilim tarqatuvchi kishilar hisoblanadi. Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bo‘lgan, ya’ni Alisher Navoiy, Mirzo Bedil va Boborahim Mashrabdan qolgan merosdan foydalangan holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g‘oyalarni davom ettirdilar.

Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasblarni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg‘urgan jadidlarni qo‘llab-quvvatladilar Andijonlik Mirkomil Mirmo‘minboyev o‘z hisobidan ana shu ishga katta miqdorda mablag‘ ajratgan. 1910-yilda Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, Mirza Ab-duvohid, Hamidxo‘ja Mehriy, Usmonxo‘ja va Muhammaddin maxdum kabilar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yuborganlar.


Adabiyot

  1. Oʻzbek sovet entsiklorediyasi. 2-jild. T., 1979.

  2. Qosimov S. Behbudiy va jadidchilik. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990-yil 19,26-yanvar.

  3. Qosimov Behbudiy Karvonboshi. „Yoshlik“ jurnali, 1990-yil, 1-son.

  4. Aliev A. Mahmudxoʻja Behbudiy. T., 1994.

  5. Boltaboyev H., Boburshoh Fitrat talqinida. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1993, 2-son, 15-bet.

  6. Qurbonova M., Fitrat — tilshunos, T., 1996;

  7. Ergasheva M., Abdurauf Fitrat — buyuk huquqshunos, T., 2001;

  8. Milliy uygʻonish va oʻzbek filologiyasi masalalari. T.: Universitet, 1993.



Yüklə 22,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin