Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati faoliyati
XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab jadid usulidagi maktablar ochildi.
Jadidlar maktablarda yoshlarni bilimli va ma’rifatli qilib tar-biyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar.
XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy-Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar edi.
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.
U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi edi. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiyning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan. Mahmudxoʻja Behbudiy (Kirill alifbosida: Маҳмудхўжа Беҳбудий; Arab alifbosida: محمود خواجه بهبودی; Toʻliq oti - Mahmudxoʻja Behbudiy ibn Behbudxoʻja) (20-Yanvar 1875 Samarqand — 25-Mart 1919 Qarshi) dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri. U Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga koʻtariladi. Behbudiy haj safarida boʻlgan chogʻida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899–1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903–1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yoʻlga qoʻyadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.
Munavvarqori Abdurashidxonov
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878–1931) – Turkiston o‘lkasida ozodlik, millat kelajagi uchun kurashgan ma’rifatparvar siyosiy arbob, jadidchi-lik harakatining yirik namoyan dalaridan biri.1904-yildan boshlab o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisi. U jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnallar asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan. Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, 20-asr oʻzbek millim mat-buoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Tosh-kentning Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon oʻgʻli mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. U oilada uchinchi oʻgʻil boʻlib, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) muallim boʻlishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlim tarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qurʼon boʻlgan. 1885—90 yillarda Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Tosh-kentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom ettirgan. 1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904-yildan ijtimoiy siyosiy, madaniy xayotga aralasha boshlagan. 1906-yildan "Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy", "Taraqqiy" gaz.larida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida "Xurshid" gaz.ni tashkil etgan. "Shuhrat" (1907), "Tujjor" (1907), "Osiyo" (1908) gaz.larini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Soʻng "Sadoyi Turkiston" (1914—15) gaz.da masʼul muharrir muovini, "Al-isloh" jur. (1915—17)da maxfiy muharrir, "Najot" va "Kengash" (1917) gaz.larida masʼul muharrir.
M. turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U "Jamiyati Imdodiya" (1909), "Turon" (1913), "Turkiston kutubxonasi" (1914), "Umid" (1914), "Maktab" (1914), "Koʻmak" (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shoʻbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahri maorif noziri, Sharq xalqlari sʼyezdi (1920, Boku) delegat va hayʼati aʼzosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920—21), Toshkent shahri ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi ped. texnikumi, ayollar ped. intida muallim (1923 — 25), Samarqand shahri muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Toshkent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927-28).
Dostları ilə paylaş: |