Bir nechta abzaslarni belgilash — «Sichqoncha» ko‘rsatkichini o‘ngga yo‘nalgan ko‘rsatkichli ko'rinishga o‘zgarguncha biror abzasning chap chegarasiga olib boring va «sichqoncha» chap tugma- sini bosgan holda ko‘rsatkichni yuqoriga yoki pastga harakatlantiring;
— Gapni belgilash —CTRL tugmasini bosgan holda ixtiyoriy gapni «sichqoncha» tugmasi bilan bosing;
— Matnning ixtiyoriy qismini belgilash — «Sichqoncha» tugmasini matnning ixtiyoriy qismiga bosing va tugmani qo‘yib yubormasdan «sichqoncha» ko‘rsatkichini matn bo‘ylab harakatlantiring;
— Matnning katta qismini belgilash —Matnning boshlang‘ich qismini belgilang va SHIFT tugmasini bosib turgan holda matnning keyingi qismini «sichqoncha» bilan bosing;