Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Umarali NORMATOV:
Modern she’riyatimiz rivo-
ji oson va silliq kechayotgani yo‘q, albatta. Uning rivoji 
yo‘lida jiddiy qiyinchiliklar, kamchiliklar, turfa og‘ishlar 
mavjudligi hech kimga sir emas. Bu yangi adabiy ja rayon 
oqilona tanqid, xayrixohlik ruhidagi bahs-munozaralarga 
nihoyatda muhtoj. Ana shunday bir vaziyatda hech qa-
naqa aniq dalil, ilmiy tahlillarsiz bu yo‘nalishdagi she’r-
lardan burun jiyirish, uni quruq rad etish hollariga duch 
kelayotirmizki, bundan afsuslanmay ilojingiz yo‘q. Mo-
dern she’riyat tanqidi hozircha bu yo‘nalishning «o‘zbek 
ma’naviy muhiti»ga nomuvofiqligi, matnda «tinish bel-
gilariga amal qilmaslik», nazm tuzilishining «qoida-qo-


186
187
nun»lariga, nazariyaga mos tushmasligi, fikr-g‘oyaning 
mavhumligi xususidagi quruq nolishlardan nariga o‘tma-
yapti.
Nihoyat, har qaysi adabiy-badiiy oqimda bo‘lgani 
kabi, ijodkor shaxsi, darajasi, uning ijodiy jasorati mo dern 
she’riyatning buguni va ertasini belgilaydi. Bu yo‘nalish-
da qalam tebratayotganlar aychayin bir havaskor qalam-
kashlar emas, ular orasida milliy va jahon adabiyo ti, san’a-
ti tarixi hamda bugungi kunidan chuqur xabardor yetuk 
ijodkorlar borligidan cheksiz quvonaman. Bu she’riyat 
ustida so‘z ochadigan, bahs yuritishga chog‘langan mu-
naqqid o‘z saviya-darajasini ularning bo‘yi-basti bi lan bir 
bor solishtirib olsa zarar qilmasdi.
Ulug‘bek HAMDAM:
Xo‘sh, shu choqqacha bahs yu-
ritganimiz modernizmning o‘zi nima? U qachon va qan-
day paydo bo‘lgan? Modernizmni bir necha xayolparast 
san’at kor «bekorchilik»dan o‘ylab topganmi? Yoxud ta-
biiy bir jarayon sifatida badiiy tafakkurimizni band ay-
laganmi? Uning an’ anaviy oqimlar, xususan, realizmdan 
nima farqi bor? Modernizmni realizm o‘rniga kelgan va 
uni (realizmni) o‘z hayot hujayralarini butunlay sarflab 
bo‘lgan oqim o‘laroq «iste’mol»dan chiqarib tashlashga 
qodir yo‘nalish deya olamizmi?..
Bu kabi yana o‘nlab savollar tug‘ilishi tabiiy hol, albat-
ta. «Jahon adabiyoti» jurnalining 2001-yil noyabr sonida 
rus olimi Aleksandr Genisning «XX asrning yetakchi us-
lubi» nomli maqolasi va ulkan ruhiyatshunos olim K.G. 
Yungning «Pikasso» nomli essesidan yuqoridagi savol-
larning ayrimlariga javob topgandek bo‘lasiz. Genis yo-
zadi: «Tarix vaqt bilan hisoblashmaydi, biroq bizlar sol-
nomaga nazar solmay ish yurita olmaymiz. Ortga nazar 
tashlar ekanmiz, modernizm tarixning qaysi pallasidan 
boshlanganini bilib olamiz. Londondagi mashhur ikki 
badiiy muzey jamoasi yaqinda ana shunday muammoga 
duch keldi. Ular o‘z xazinalaridagi san’at asarlarini o‘zaro 
taqsimlab olishlariga to‘g‘ri kel di: natijada Milliy galere-
yaga mumtoz tasviriy san’at asarlari, Teyt galereyasiga 
esa zamonaviy ijodkorlarning asarlari nasib etdi. Bu bo-
rada 1900-yil chegara chizilgan vazifasini o‘tadi. Bu che-
gara chiziq, har qancha bahsli va shartli bo‘lmasin, na-
faqat taqvimiy, balki mantiqiy haqiqatga yaqinligi bilan 
ham e’tiborni tortadi. Biz modernizmni o‘tgan asr bilan 
tengdosh hisoblay turib ham tarixan, ham badiiy jihatdan 
adolatli ish tutgan bo‘lamiz».
Modernizmning mohiyati haqida fikr yuritarkan olim 
modernizmgacha san’atda vositalargina o‘zgartirib kelin-
gan bo‘lsa, modernizm «tadqiq qilinayotgan obyektning 
o‘zini tamomila yangilagani»ni ta’kidlaydi. «Nitshening 
«hech qanday faktlar mavjud emas, balki ularning talqini, 
in’ikosigina bor» degan aqidasini dastak qilib olgan mo-
dernizm muallifning tasavvuridagina mavjud voqelikning 
turli talqinlari, dunyoni turli subyektivizmlarning kurash 
maydoni sifatida aks ettira boshladi», – deb yozadi yana 
olim.
Yung esa modernistik san’at mohiyatida ruhiy xas-
talikni ko‘radi. U bunday xastalikka chalingan kishilarni 
ikki guruhga ajratadi: «bular nevrotiklar va shizofre niklar. 
Birinchi guruhga mansub (kishilar) sintetik xarakterdagi 
kuchli va yaxlit tuyg‘uga yo‘g‘rilgan suratlar chizishadi... 
Ikkinchi guruh, aksincha, shunday suratlar chizadiki, bu 
suratlar ularning mualliflariga hissiyot begona ekani-
ni ko‘rsatib turadi. Ular har qanday holda yaxlit uyg‘un 
tuyg‘uni emas, balki, aksincha, qarama-qarshi kechinma-
larni yoki ularning umuman yo‘qligini ifodalaydi. Bu su-


188
189
ratlarning badiiy shaklida esa siniq chiziqlarda aks etgan 
tanazzul, inqiroz kayfiyati ustuvorlik qiladi, bu, o‘z navba-
tida, ijodkorning ruhan bo‘linganini, ya’ni o‘zini boshqa 
odam deb fahmlashini bildiradi. Suratlar tomashabinga 
yoqmaydi yoki aqlga to‘g‘ri kelmaydi, tajovuzkor ruhda-
ligi va beo‘xshov nosamimiyligi bilan unda qo‘rqinchli 
taassurot qoldiradi. Pikasso ana shu ruhiy (psixologik) 
tipga mansub».
25
Bunday qarash modernizmning kelib chiqishida ijti-
moiy-psixologik faktorning dominant mohiyatiga urg‘u 
beradi. Chindan ham, XX asrga kelib insonning turmushi 
sivilizatsiya oqibatida misli ko‘rilmagan darajada murak-
kablashdi, odamlarning o‘zaro muloqot imkoni toray-
di, bunday ehtiyoj – ruhiy munosabat ehtiyoji inson-
ning ichiga hibs etildi, natijada botinda iztirob tug‘ildi, 
ruh kasallikka chalindi. Nazarimda, modernizmning ru-
hiy-psixologik asosi shu nuqtadan boshlanadi.
Darhaqiqat, insoniyat hayotiga modern ruhning kirib 
kelishi asrlar davomida shakllanib-turg‘unlashib qolgan 
dunyoqarashni ostin-ustin qilib yubordi. Modernizm 
shunday mohiyatga ega ediki, u eng an’anaviy, eng 
mumtoz shakllar, tushunchalar bag‘riga ham sira tor-
tinmay, sira ikkilanmay yorib kiraverdi. Modernizm – XX 
asrga ke lib insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-tex-
nikaviy, madaniy-ma’naviy sohadagi yoppa taraqqiyoti 
tufayli onglarda sodir bo‘lgan ulkan o‘zgarish – tafakkur 
tarzimizdagi yangi bosqich. U davrning umumiy, univer-
sal kayfiyatidir. U realizmga qarshi emas, balki realizm 
zaminida (materialida) barpo etilgan zamonaviylikning 
yangi qasridir. Istilohning lug‘aviy ma’nosiga («mo-
25
Ahmad Otaboy tarjimasi.
dern» fransuzcha «yangi», «zamonaviy» degani) e’tibor 
beradigan bo‘lsak, «modernizm tug‘ilishga tug‘ildi-yu, 
biroq endi o‘lmasa kerak!» deging keladi. Mantiqan ol-
ganda, endi har qanday davr o‘z kayfiyatini aks ettir-
gan yangidan yangi, zamonaviydan zamonaviy asarini 
«modern asarlar» deb ataydi... Demak, modernizm hech 
qachon eskirmas ekan-da degan o‘y ham keladi xayol-
ga. Biroq ertangi kun hamisha o‘z bag‘rida kutilmagan 
sirni yashirib turishi bilan qudratlidir. U «bugun»ga nis-
batan ancha erkin. Kelajakning bizning tasarrufimizdagi 
foizi unchalik katta emas. Binobarin, biz «modernizm 
mangu, modernizm hech qachon o‘lmaydi!» deganga 
o‘xshash hayqiriqlardan tiyilganimiz ma’qul. Agar mo-
dernizm mohiyatida biz faqat dunyoga yangicha qa-
rash, uni o‘z davri darajasida badiiy his va idrok etishni 
tushunsak, ha, u abadiydir. Biroq modernizmni XX asr 
avvalida (rang-tasvir san’atida) yomg‘irdan so‘ng pot-
rab chiqqan qo‘ziqorindek ko‘paygan qismlari – kubizm, 
syurrealizm, abstraksionizm, ekspressionizm, futurizm, 
dadaizm, giperrealizm, ridjionalizm kabi «izm»larning 
yig‘indisi sifatida tushunsak, ha, u ham tug‘ildi va umrini 
o‘tab bo‘layozdi (yuqorida nomlari keltirilgan «izm»lar-
ning aksari bir necha o‘n, hatto bir necha sanoqli yil 
«yashab», o‘rnini navbatdagi oqimga bo‘shatib ber-
ganligi san’atshunoslik, adabiyotshunoslik tarixiga oid 
materiallardan ma’lum!). Nazarimda, ushbu masalaga 
oydinlik kiritishga qodir yolg‘iz hakam
 
– Vaqt! Chunki 
ahli bashar axborot asriga qadam qo‘ydi. Bu ham tur-
mushni misli ko‘rilmagan darajada o‘zgartirib yubori-
shi, natijada insonning dunyoni badiiy-estetik jihatdan 
qabul qilishida yanada keskinroq burilishlar yuz berishi 
hech gap emas...


Mana, «izm»lar qanday va qayerda o‘zgaradi! Mana 
nega biz modernizm mohiyatini to‘la tushunib-tushun-
tirib berolmasligimiz yetmaganidek, uning qancha umr 
ko‘rgani va yana qancha yashashi mumkinligi to‘g‘risida 
tayinli gap aytolmasligimizning sababi!..
2001-yil dekabr – 2002-yil fevral
IJODIY ERKINLIKNING 
TOTLI MEVALARI
(Suhbat)


193

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin