Jahon adabiyoti tarixi


Plavt ijodi. Plavt (tax. m.o. 250-184 y)



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə55/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   183
Plavt ijodi. Plavt (tax. m.o. 250-184 y) Rimning ulug‘ komediyanavisi Tit Makk Plavt Italiyaning Umbriya viloyatida tug‘iladi. Uning hayotiga doir ma'lumotlar juda oz. Kambag‘al oilada dunyoga kelgan shoir, yoshligida Rimga kelgan va teatrda sahna ishchisi bo‘lib ishni boshlab, keyinchalik o‘z kuchini akterlik mahorati bo‘yicha sinab ko‘rgan. Sayyor teatr bilan Yunoniston safarida bo‘lib, yunon tilini o‘zlashtirgan va yunon mualliflarining pyesalarini lotin tiliga o‘girgan, shundan so‘ng o‘zi ham komediyalar yozishga kirishgan. U o‘zining aksariyat asarlarida bizgacha yetib kelmagan yunon komediyalarining syujet va obrazlaridan foydalangan, ularni Rim hayotidan olingan voqealar hamda detallar bilan boyitgan. Plavt o‘zidan oldin ijod qilgan shoirlarning (Andronik, Neviy, Enniy) usullarini davom ettirib, o‘z ijodida muttasil yangi yunon komediyasi vakillarining(Felimon, Difil, Menandr) asarlarini Rim sahnasiga moslashtirish bilan shug‘ullangan. Yunon komediyalarini Rim jamiyatining keng ommasi didiga moslashtirish maqsadida u kontaminatsiya usulidan keng foydalanib, mazmun jihatidan bir-biriga yaqin ikkita pyesani birlashtirib yuboradi va yo‘l-yo‘lakay asar to‘qimasiga o‘zidan qiziq-qiziq iboralar, maroqli hodisalar kiritib, dramatik xolatlarning keskin, voqealarning o‘ynoqi bo‘lishiga erishadi. Plavt komediyalaridagi voqealar yunon shaharlarida bo‘lib o‘tib, ismlari ham yunoncha bo‘lsada, Rim tomoshabini o‘zini, o‘z urf-odatlarini va ahloqini har doim tanigan. Qadim zamonlarda yuzdan ortiq komediyani Plavt nomi bilan bog‘lab kelganlar. Ammo miloddan oldingi I asrda Rim olimi Varron shulardan faqat yigirma bittasini Plavt qo‘li bilan yozganligini aniqlaydi. Plavt komediyalari juda kulgili, ular qiziqarli sahnalar, hazillar, zukko va quvnoq replikalarga boy bo‘lib, asarlarining qahramonlari boylar va kambag‘allar, qullar va savdogarlar bo‘lgan. Ularning har biri o‘z xarakteri va o‘ziga xos hulq-atvoriga ega edi.
Plavtning eng o‘tkir va maroqli asarlari “Maqtanchoq jangchi”, “Xumcha”, “Psevdol( “Aldamchi qul”)” komediyalaridir. Plavt o‘z faoliyatini faqatgina komediya doirasi bilan chegaralagan va eng muhimi, asarlarining deyarli hammasi bizga qadar yetib kelgan birinchi Rim komediyanavis shoiridir. Uning she'riyat bobidagi mahorati yuksak taqdir va tahsinga sazovor. Shoirning asarlarida hech qachon bir vazndagi o‘lchov uchramaydi. Sahna sirlarini nihoyatda chuqur bilish ham Plavtning muhim fazilatlaridandir.
“Xumcha” komediyasidan ruhlangan XVII asr fransuz dramaturgi Molyer “Xasis” komediyasini yaratdi. “Xumcha” komediyasining qahramoni xasis yevklion obraziga o‘xshash personajlarni ko‘plab yozuvchilarning asarlarida uchratish mumkin – fransuz yozuvchisi Balzakda( “Gobsek”), ingliz yozuvchisi Ch.Dikkensda (“Prozadagi Rojdestvo qo‘shig‘i”dagi Skruj), rus yozuvchisi Gogolda (“O‘lik jonlar”dagi Plyushkin), o‘zbek adiblaridan S. Ayniyning Qori Ishkambasi, A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani qahramonlaridan biri Solih maxdum, S.Ahmadning “Ufq” romanidagi Orif oqsoqollar shular jumlasidandir.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin