Jahon adabiyoti tarixi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə124/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   183
Modernizm. XX asr boshlarida simvolizm o‘rnida futurizm, ekspressionizm, imajinizm, dadaizm, kubizm, abstraksionizm, syurrealizm singari oqimlar faoliyat ko‘rsatdi. Ular modernistik yoki avangard oqimlar deb atala boshlandi. Yangi asrning 20-yillarigacha – avangard adabiy maktab va oqimlarining shakllanish davri bo‘ldi. Bular qatoriga futurizm, imajizm, dadaizm, syurrealizm va boshqa oqimlar kiradi. Adabyotshunoslikda modernizm atamasi turlicha talqin etiladi. Ba'zi adabiyotshunoslar modernizm va dekadansga bir xil hodisa, deb ta'rif beradilar. Boshqa tadqiqotchilarning qarashlariga ko‘ra modernizm dekadansga nisbatan ancha keyingi adabiy hodisadir. Modernizmning dekadans bilan bilan umumiy tomonlari bo‘lishiga qaramay, u dekadansdan keyin paydo bo‘lgan va undan ko‘p jihatdan farq qiluvchi yo‘nalishdir. Yana bir ta'rifga ko‘ra yangi davrdagi barcha avangard oqimlarni modernizm deb atash mumkin.
Shunday qilib, modernizm dekadansdan keyin paydo bo‘lgan, biroq o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan jarayon. Modernistlar ko‘p tomonlari bilan dekadentlarga hamfikr ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Idealistik falsafaga tayanish, shaxsiyatparastlikni ulug‘lash va boshqa jihatlar ularni bir-biriga yaqinlashtirsa-da, modernchilar o‘zlarini dekadent deb atamaydilar. Aksincha, ular dekadentlik va simvolizmga qarshi kurashayotganini e'tirof etganlar. Simvolizm she'riyatiga xos bo‘lgan mavhumlik, poetikadagi tashbeh va ishora modernistlarni qanoatlantirmaydi. Ular butunlay yangi, zamonaviy, avangard san'atni yaratayotganliklarini qayd etadilar. Shuning uchun ham “modernizm”, “avangardizm” atamalari “dekadans” atamasi singari vaqt o‘tishi bilan keng ma'noda qo‘llanilib, estetika, tasviriy san'at, musiqa va me'morchilik sohalariga tatbiq etila boshlandi.
Bir qancha modernchilar Anri Bergson(1859-1941) falsafasiga tayanadilar. Faylasuf o‘zining “Materiya va xotira”(1896), “Ijodiy evolyusiya”(1907) asarlarida intiutizm falsafasining asosiy tamoYillarini belgilab berdi. Unga ko‘ra intiutiv anglash his-tuyg‘ularning, mantiqiy fikrlashning ishtirokisiz ro‘y beradi. Intuitsiyani borliqdagi barcha narsani yaratgan o‘ziga xos kuch – “hayotiy intilish” boshqaradi. Vaqt ob'ektiv borliq sifatida mavjud emas, vaqtni faqatgina sub'ektiv qabul qilish mavjud. Bergsonning fikricha, san'at intuitiv anglashdir. Intellekt negizida intuitsiya yotadi. Yana boshqa bir guruh modernistlarga Zigmund Freyd (1856-1939) ta'limotining ta'siri katta bo‘ldi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin