hamma vaqt u bilan bog‘liq qo‘shimcha salbiy oqibatlar bo‘lish
hamma vaqt u bilan bog‘liq qo‘shimcha salbiy oqibatlar bo‘lish
ehtimoli mavjud – davlat ma’lum bir jarayonlarni tartibga sol-
gan holda boshqa jarayonlarga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Valuta bozorida davlat vakillari sifatida ko‘p hollarda zim-
masiga mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish vazifasi
yuklatilgan Markaziy bank maydonga chiqadi. Markaziy banklar
hukumat organlariga valuta operatsiyalari bilan bog‘liq xizmat-
larni ko‘rsatishi mumkin yoki milliy valutaga bo‘lgan talab va
taklif balansini o‘zgartirish maqsadida xorijiy valutalarning oldi-
sotdi operatsiyalari bilan ham shug‘ullanishi mumkin.
Hozirgi sharoitda rasmiy valuta intervensiyasi deganda dav-
latning valuta bozoridagi valutaga bo‘lgan talab va taklifni hamda
kurslar nisbatini o‘zgartira oladigan, bir maqsadga yo‘naltirilgan
faoliyati tushuniladi.
Biroq amaliyotda valuta intervensiyasi tushunchasi xorijiy valutaning milliy valutaga nisbatan oldi-sotdisi bilan bog‘liq rasmiy shartnomalardan iborat (shu jumladan,davlat tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish, Xalqaro Valuta Fondi bilan munosabatlar, valuta zaxiralari bo‘yicha foiz to‘lovlari,xorijiy valutada olingan qarzlar va shu kabilar).

Har qanday intervensiyaning hozirgi paytdagi yakuniy maqsadi
–valuta bozorida muvozanatli sharoitni ta’minlash, valuta
kurslari
ning keskin tebranishi ehtimolini bartaraf qilishdir. O‘z
navbatida, valuta bozorining barqarorligi mamlakatning tashqi
iqtisodiy faoliyati va yalpi iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi