JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV OMILLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………..……...2 I BOB. JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV OMILLARI 1. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti va
subyektlari va usullari…………………………………………………….………4
2. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining umumiqtisodiy va
mutaxassislik fanlari bilan bog‘liqligi, fanning vazifalari……………….….…….6
1.3. Globallashuv jarayoni va uning bosqichlari…………………………………..7
II BOB. JAHON IQTISODIYOTINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI 2.1. Globallashuvning turlari va uning jahon iqtisodiyotida namoyon bо‘lishi….15
2.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining vujudga kelishi va rivojlanishi……….16
2.3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kо‘rsatgichlari…………….………....18
XULOSA…………………………………………………………….…………..31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….….…..34
Kirish Hozirgi vaqtda mutaxassislar orasida integratsiya jarayonlariga nisbatan yagona ilmiy nuqtai nazar mavjud emas. Iqtisodchilarning bir guruhi integratsiya jarayonida mamlakatlar о‘rtasida yangi tovar oqimlarini shakllantirish hisobiga “resurslarning cheklanganligi omili”ni bartaraf etishni eng muhim muammo deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, bu bir xildagi qimmatroq tovarlarni alohida olingan bir mamlakat ichida ishlab chiqarishni bartaraf etish yoxud ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga mablag‘larni tejash imkonini beradigan texnologiya ayirboshlashni kengaytirishdir. Olimlarning boshqa bir guruhi tashqi iqtisodiy omillarni, masalan, kollektiv xavfsizlikni mustahkamlashni ustun shart-sharoit sifatida ilgari suradi. Uchinchi guruh olimlar integratsiya guruhlari barpo etilishi ularning qatnashchilariga ishlab chiqarishning barqaror о‘sishi, ijtimoiy barqarorlik va hokazolar kabi maqsadlarga osonroq va tezroq erishish imkonini beradi, deb hisoblaydilar. Ushbu va boshqa nazariy yondoshuvlarni umumlashtirgan holda deyish mumkinki, integratsiya о‘zida mintaqaviy kо‘lamda sifat jihatidan yangi iqtisodiy muhitni shakllantirish yо‘li bilan milliy xо‘jalik komplekslarining yaqinlashishi va о‘zaro bir-biriga kirib borishini ifodalaydi.
Ishlab chiqarishning baynalminallashuv darajasi bо‘yicha integratsiya tuzilmalarini farqlash zarur. U rasmiy hamda real tusga ega bо‘lishi mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiya uch darajali model sifatida qaraladi (ayniqsa G‘arbiy Yevropa variantida):
- mikro darajada, ya’ni korporativ darajada, bunda ayrim kompaniyalar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xо‘jalik aloqalariga kirishadi, integratsiya jarayonlarini avj oldiradi (GM-Uzb.);
- davlatlararo darajada, bunda davlatning maqsadga yо‘naltirilgan faoliyati (jamoaviy yoki bir tomonlama faoliyati) mamlakatlarning u yoki bu guruhi doirasida mehnat va kapital chatishib ketishi integratsiya jarayonlariga kо‘maklashadi, alohida integratsiya vositalari mavjud bо‘lishini ta’minlaydi;
- milliy manfaatlardan ustun turuvchi darajada, bunda ishtirokchi mamlakatlar bir qancha siyosiy-iqtisodiy funksiyalarni ushbu sohadagi suverenitetdan voz kechib ittifoqqa ixtiyoriy ravishda boradi (EVROZONA);
Iqtisodiy integratsiyaning asosiy obyektiv omillari:
- xо‘jalik baynalminallashuvining о‘sishi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- umumjahon ilmiy-texnik inqilobi;
- milliy iqtisodiyotlar ochiqligi darajasining oshishi.
Zamonaviy xalqaro iqtisodiyotda integratsiyaning vazifalari:
- iqtisodiyot kо‘lamlari afzalliklaridan foydalanish;
- qulay tashqi siyosiy muhit yaratish;
- savdo siyosati vazifalarini hal etish;
- iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurilishiga kо‘maklashish;
- milliy sanoatning endi paydo bо‘lgan tarmoqlarini qо‘llab-quvvatlash.