Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Germaniya davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə17/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Germaniya davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi
1871 yil 1-yanvarda Germaniya imperiyasi, 1949 yil 23 mayda GFR, Germaniya yaxlit davlat sifatida 1990 yil 3 oktyabrda tashkil topdi: GFR va GDR birlashdi. Germaniya territoriyasi 357 408,74 kv. km, aholisi-82 175 684 (2015 yil) kishidan ziyodroq. Aholi zichligi-227 kishi. YaIM-3,4 trl dol, jon boshiga-41955 dollardan to’g’ri keladi. Valyutasi evro. Territoriyasining hajmi bo’yicha Germaniya Evropada 5-o’rin (Frantsiya, Ispaniya, Shvetsiya va Norvegiyadan keyin) ni, aholisi soni bo’yicha 1-o’rinni egallaydi.
Germaniya chegaralarini Boltiq va shimoliy dengiz suvlari yuvib turadi, shimoldan Daniya, sharqdan Polsha va Chexiya, janubdan Avstriya, Shveytsariya, g’arbdan Frantsiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Belgiya davlatlari chegaralab turadi. Hududning shimoliy qismi tekislik, eng past joyi dengiz sathidan-3,54 m past, Markaziy qismi tog’oldi zonalariga tutashadi, janubda tog’li hududga aylanadi-Alp tog’lari, eng baland cho’qqi Tsugshpittse (Цугшпитце)-2962 m.
Asosiy daryolari-Reyn, Elba, Dunay, Vezer, Oder. Kanali-Kil, davomiyligi Kil qo’ltig’idan-Elba daryosigacha, asosiy ko’li-Boden, maydoni 540 kv.km., chuqurligi-250 m. Iqlimi mo’’tadil, iyulning o’rtacha harorati-+14 tog’larda, +22 vodiylarda, yanvarning harorati-vodiylarda+4, tog’larda-5.
Germaniya jahonning yirik va iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri. Mineral xom ashyo resurslariga boy. Masalan, ularga toshko’mir (Rur havzasi), temir va marganets rudasi, nikel, kobalt, volfram, molibden, mis, xrom, qo’rg’oshin, qalayi, uran, kaliy tuzi, gilmoya va h.k. kiradi.
Tug’ilish-8,98 promell, o’lim-11,26 promell, tabiiy o’sish-2,28 promell. Qishloq aholisi 10 % kamroq, 90 % aholi shahar va urbanizatsiyalashgan rayonlarda yashaydi. Shahar aholisi-73,12 %. Aholining 92 % etnik nemetslar. Rasmiy til nemets. Migratsion jarayon quyidagicha-kelganlar 1,2 mln kishi, ketganlar-798 ming kishi (2015 yil).
Mamlakat mehnat resurslari bilan ta’minlangan. Bu erda past haq to’lanadigan chet ellik ishchilardan keng foydalaniladi. Germaniya-aholisi yuqori darajada to’plangan mamlakat. Mamlakat G’arbiy qismida aholi o’rtacha zichligi 1 kv. km. ga 245 kishini, sharqiy qismida 155 kishini tashkil qiladi. Germaniya Evropa mamlakatlari orasida ko’proq urbanizatsiyalashgan. Milliy tarkibi bir turli-99% va asosan nemislar. Diniy e’tiqodi bo’yicha 49 % aholi protestontlar, 45% katoliklar.
Germaniya davlat tuzimi–16 federal erni birlashtirgan respublika. Davlat boshlig’i federal prezident. Qonunchilik hokimiyati palatalardan iborat, federal parlament: bundestag (deputatlar palatasi), va bundesrat (er palatasi). Ijroiy hokimiyati federativ kantsler boshchiligidagi mahkama tomonidan amalga oshiriladi.
Germaniya 1955 yildan buyon NATO harbiy bloki a’zosi. Evropa hamjamiyatiga kiradi. Germaniya G’arbiy Evropa va jahonning qudratli mamlakatlaridan hisoblanadi. Uning taraqqiy etgan mamlakatlar sanoati ishlab chiqarishidagi ulushi 12 %, sanoat ishlab chiqarishi hajmi bo’yicha AQSh va Yaponiyadan keyin uchinchi o’rinda turadi. Germaniya xalqaro migratsiyada ishtirokini ancha ko’paytirdi va yirik kapital eksporti va importiga aylandi. Germaniya–industrial-agrar mamlakat bo’lib, iqtisodiyotining xarakterli qirralari qo’yidagilardan iborat:
-ishlab chiqarish va kapitalning yuqori darajada to’plangani («Folksvagen», «Tissen», «Krup», «Simens», «Bosh», «Basf» kontsernlari);
-ilmiy-texnika progressi (ITP) yutuqlarini doimiy joriy etilishi, ta’limga, ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik (NIOKR)ga xarajatlarning o’sishi;
-yuqori sifat va ekologik xavfsiz mahsulotlar evaziga raqobatbardoshlikni oshirish;
-xorijiy kapitalning sezilarli roli.
Germaniya sanoatining etakchi sohalari: toshko’mir, mashinasozlik, kemasozlik, asbobsozlik (priborsozlik), kimyo sanoati, elektronika, energetika. YaIM tarkibida-qishloq xo’jaligi-0,5-1,5 %, xizmat ko’rsatish 70-78 % gacha (har xil yillarda), sanoat-23-28 % gacha sanoat tashkil qiladi. Energiya iste’molida-qo’ng’ir ko’mir-24,6 %, yadro energiyasi-22,6 %, tosh ko’mir-18,3, gaz-12,9, qayta tiklanadigan energiya-15,6 %.
Sanoat tipidagi qishloq xo’jaligi yuksak taraqqiy etgani bilan ajralib turadi. Don va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha faqat Frantsiyadan orqada, sut ishlab chiqarishda EI birinchi. 70 % qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlarini chorvachilik beradi. Qoramolchilik etakchi tarmoq-yalpi qishloq xo’jaligi tovar mahsulotini 2G’5 qismini beradi (asosan sut ishlab chiqarish). Ikkinchi o’rinda cho’chqachilik turadi.
Asosiy transport turi temir yo’l-39 ming km, avtoyo’llar barcha klasslar bo’yicha-230 ming km., 2200 ortiq dengiz kemalariga ega. Germaniyaning birlashishi jahon xo’jaligi aloqalari va Evropada vujudga kelgan siyosiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda olg’a tashlangan qonuniy qadam bo’ldi. GFR va GDR birlashishga to’rtki bo’lgan iqtisodiy vaziyat quyidagicha kechgan:
-Germaniya iqtisodiyotining ishonchli rivojlanishiga qaramay, yillar davomida shafqatsiz raqobat, bozor to’kinligi doirasi ufqlarida inqiroz (krizis) vaziyati xavf solib turardi;
-qo’shni GDRdagi qudratli ijtimoiy dastur GFRni ijtimoiy sohalarga katta mablag’ ajratishga majbur etadi;
-GDR mansub bo’lgan sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotida inqiroz belgilari kuchaydi, sanoat o’sish sur’atlari pasaydi;
-sobiq GDR bozorlariga mol chiqarish imkoniyati kattaligi, barcha ishlab chiqarish turlarini taraqqiy etishi va yangi texnologiya qo’llanilishi;
-GDR da nisbatan arzon ishchi kuchlari mavjudligi;
-GDR o’zining iqtisodiy rivoji bilan jahonda 10-o’rinda turadi. Birlashish jarayoni GFR tadbikorlariga moliyaviy qiyinchiliklar to’g’diradi.
Ikki davlatning bir-biri bilan birlashishga ijtimoiy siyosiy turtki Buyuk Germaniya g’oyasi bo’lib, u ko’p asrlik tarixga ega. Birlashish arafasida bu g’oya turli vositalar, usullar bilan zo’r berib targ’ib qilindi. Turli ishdagi kishilarga mo’ljallab ishtiyoq bilan kitoblar yozildi, filmlar ishlandi. Harbiy jasorat, shon-shavkat, vatanparvarlik tushunchalari nemis millati bilan o’zaro chuqur bog’lanib ketgan edi. 1945 yildagi urush mag’lubiyati nemis xalqi uchun milliy isnod sifatida qabul qilindi. G’arbiy va sharqiy qismdagi nemislar uchun bu og’ir zarba edi. Bundan xolos bo’lish uchun birlashish lozim degan motiv olg’a surildi.
Sharqiy nemislar GDRda barqaror hayot ta’minlangan bo’lsada o’z turmush darajasini SSSR bilan emas balki, GFR bilan taqqoslashardi. Qudratli Ђarbiy Germaniya iqtisodiyoti bilan xalqaro yarmarkalarda (masalan, Leytsigda) uchrashuvlar, qarindoshlarnikiga borib kelganda ko’rganlari ham ularni GFRga havas va qiziqish uyg’otardi.
1990 yil 1 iyulda GDR va GFR o’rtasida valyuta, ijtimoiy-iqtisodiy ittifoq haqidagi shartnoma kuchga kiradi. 1990 yilda 3 oktyabrda Berlin devori buzib tashlanadi. Germaniyaning G’arbiy va Sharqiy erlari birlishishi oqibatida ijobiy va salbiy holatlar paydo bo’ldi:
-G’arbiy-nemis markasi sharqiy nemis markasini yutib yuboradi, sharqiy-nemislar jamg’armalari tezda turli tovarlar va xizmatlarga sarflanib ketdi;
-GDRning raqobatga bardoshsiz ko’pgina korxonalari yopildi, ishsizlik uchun to’langan nafaqa yo’qotilgan ishning o’rnini qoplay olmaydi;
-turli ijtimoiy dasturlar qisqardi, inflyatsiya jarayonlari kuchaydi;
-mulkchilik bilan bog’liq muammolar o’tkirlashdi.
GFR qonunlari sharqiy erlarga tarqaldi. Ko’pchilik sobiq egalar sharqiy erlardagi mulkini da’vo qilib chiqishdi. Birlashish g’arbiy erlar uchun bir qator iqtisodiy tanlanishni vujudga keltirdi:
-milliy ichki mahsulot o’sish sur’atlari keyingi 15 yilda maksimal darajaga ko’tarilib -4,5 % ni tashkil etdi; ishlab chiqarish quvvatlari yuklanishi oshdi. Bandlik soni o’sdi, ishsizlar qisqardi;
-g’arbiy erlarda shaxsiy iste’mol soliqlarning kamayishi evaziga ko’paydi; Agar GFRda ilgari iqtisodiyotni xarakatlantiruvchi asosiy kuch eksport bo’lsa, endi o’sishni ichki ustunligi rag’batlantirdi.
Sharqiy er va sobiq SSSR respublikalaridan ko’chib kelganlar oqimining kuchayishi uy-joyga talabni oshirdi. Bu esa qurilishga kapital qo’yilmalarni ko’paytirdi. Ishlab chiqarish quvvatlari yuklanishi ko’payishi va iste’mol mollarini ishonchli sotilishi sanoatda investitsiyalarning o’sishiga (12 %) olib keldi. Jami investitsiyalarning taxminan 25 % ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga yo’naltirildi. G’arbiy Germaniya korxonalari ishlab chiqarish quvvatlari bir yil ichida (birlashgandan so’ng) 3,5 % ga o’sdi.
Iqtisodiy momentlarni ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, birlashish GFRni taraqqiy etishiga qudratli turtki bo’ldi.
Birlashgan Germaniya ichki yalpi mahsuloti (YaIM) o’sish sur’atlari 1998 yilda 2,8 % ni tashkil etdi. G’arbiy va sharqiy qismlar taraqqiyot sur’atlari yaqinlashishi ko’zga tashlanayapti. Ichki talabning o’sishi investitsion faollikka sabab bo’lmoqda. Kapital quyilmalar 4 % dan ko’proqqa ko’paydi. Investitsion faoliyatni ratsionalizatsiya va ishlab chiqarishni, modernizatsiya qilishga yo’naltirilishi iqtisodiyot rivojlanishini ta’minlabgina qolmay, balki sohaviy differentsiatsiyani sezilarli saqlash imkonini berdi. Qurilish, to’qimachilik va tikuvchilik sohalarida inqiroz chuqurlashdi.
Qayta o’zgarishlar ishlab bo’lingan va sinalgan qonunchilik doirasida ro’y berayapti. G’arblik va sharqlik nemislar o’z tabiatlariga ko’ra yagona millat, yuqori ishchanlik, ma’suliyatini chuqur his etish, aniqlik, milliy intizomlik ularga xos xususiyatlardir. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda Evropada 1-chi, jahonda 3-o’rinni egallaydi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin