Janubiy Afrika. Mintaqada materikning eng boy (JAR) va eng kambag‘al (Mozambik) mamlakatlari joylashgan. Oltin, olmos, mis rudasini qazib olish va eksport qilishda muhim o‘rin egallaydi. Turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (go‘sht, jun, qorako‘l teri) eksport qiladi.
Janubiy Afrika respublikasi. Tropik Afrika G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrikadan tashkil topgan. Shulaming ichida tabiiy salohiyatining kattaligi bo‘yicha G‘arbiy va Janubiy, demografik salohiyati bo‘yicha esa G‘arbiy va Sharqiy mintaqalar ajralib turadi. G‘arbiy va Janubiy mintaqalar, undan tashqari mamlakatlar soni bo‘yicha ham peshqadamlik qiladi. Mamlakatlar ichida JAR alohida ahamiyatga ega.
7-jadval. Tropik Afrika mamlakatlariga xos umumiy ko‘rsatkichlar (2013-y.)-(9-sinf darsligidan)
T|r
|
Mintaqa
|
Mamlakatlar soni
|
Maydoni, ming km2
|
Aholisining soni, mln. k.
|
Shahar aholisi soni va ulushi
|
mln. k.
|
%
|
I.
|
G‘arbiy
|
18
|
5141,9
|
346
|
156
|
45,1
|
II.
|
Markaziy
|
6
|
5336,1
|
132
|
52
|
39,2
|
III.
|
Sharqiy
|
10
|
3706,1
|
281
|
69
|
24,6
|
IV.
|
Janubiy
|
15
|
6574,9
|
185
|
90
|
48,6
|
Jami
|
Jami
|
49
|
20759,0
|
948
|
367
|
38,9
|
JAR Afrika hududining 4,1% ini egallagani hamda aholisining 4,3% ini o‘zida jamlagani holda, ushbu mamlakatga qit’a miqyosida sanoat mahsulotining 30% i, po‘latning 60% i, temiryo‘llaming 1|3 qismi, barcha yuk va yengil avtomobillaming 30% i to‘g‘ri keladi.
Dunyoda qazib olingan oltinning 20% i, 100 mln. karat jami olmosning hamda 55 mln. karat zargarlik olmosining tegishli ravishda 10 va 5 mln. karati mazkur mamlakatda ishlab chiqariladi. Mamlakat uran qazib olish bo‘yicha (yiliga 3,5 ming t) dunyoda Kanada va AQSH dan keyingi o‘rinda turadi. Shunga qaramasdan, JAR ning barcha hududlarini iqtisodiy rivojlangan, deb hisoblashga asos yo‘q. Janubiy Afrika Respublikasini ikki iqtisodiyot, ya’ni iqtisodiy rivojlangan davlatlaming ham, rivojlanayotgan davlatlaming ham jihatlari xos bo‘lgan mamlakat deb atash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |