Yangiliklar tarkibini tanlash, saralash va tarqatish algoritmlari
Raqamli platformalarning yangiliklar mazmunini tanlash, saralash va tarqatish
algoritmlari ikkita muammoni keltirib chiqaradi. Birinchidan, raqamli platformalar
algoritmlarini
oldindan
ogohlantirmasdan
yoki
yetarlicha
tushuntirishsiz
o‘zgartirishlar yangiliklar monetizatsiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.[4] Ushbu
o‘zgarishlar adolatsiz savdo shartlarini va muayyan yurisdiksiyalarda kamsitishni
keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchidan, professional bo‘lmagan kontent bilan bir
qatorda professional yangiliklarni taqsimlash uzoq muddatda yangiliklar noshirlari
obro‘siga ta’sir qilishi mumkin. Bu noshirlar va platformalar o‘rtasidagi turli xil
nizolarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, reklama texnologiyalarini yetkazib berish zanjirida, xususan,
nashriyotlarning reklama inventarlarini sotish uchun haq to‘lashda shaffoflik yo‘qligi
kuzatilmoqda. Bu esa platformalarning bozor kuchiga dalil bo‘lishi va hissa qo‘shishi
mumkin.
Raqobatda organlarning roli qanday?
Yurisdiksiyalar keng ko‘lamli potensial yechimlarni baholamoqda, bunda bir
nechta raqobat organlari muhim rol o‘ynaydi. Biroq amaldagi qonunchilik va raqobat
organlarining vakolatlariga qarab nazariyalar qanday qo‘llanilishi bo‘yicha
yurisdiksiyalar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud. Ushbu yechimlar raqamli
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
864
platformalarga qarshi raqobatni kuchaytirish choralarini va raqamli platformalarning
monopoliyasiga
qarshi
keng
qamrovli
tizimdan
tortib,
yanada
sektoral
yondoshuvgacha bo‘lgan tartibga soluvchi islohotlarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llaniladigan choralarga qaramasdan, iste’molchilarga foyda keltiradigan,
samarali va mutanosib vositalarni ishlab chiqishda ba’zi o‘rinlarda asosiy
muammolar saqlanib qolmoqda. Jahon media maydonida Avstraliya ikki tashabbusi
bilan ilg‘or qadam tashladi. Birinchi tashabbus platformalar orqali tarqatilgan
yangiliklar mazmuni uchun adolatli haq to‘lashni ta’minlashga qaratilgan.
Tashabbusning ikkinchi turi - raqobat organlarini o‘rganish, sektor so‘rovlari va
iste’molchilar talablari asosida provayderlarning ustuvorlik darajasini hal qilish.
XULOSA
Yuqorida tavsiflangan amaliyotlarni baholash murakkab. Ijobiy(pastroq
narxlarda turli xil yangilik manbalari) va salbiy(pastroq sifat va kamroq qamrov)
ta’sirlar foydalanuvchilarga, shuningdek, jamiyatga qanday ta’sir qilishi - bu empirik
savol. Yangilik noshirlari raqobatlashadigan sifat parametrlarini va raqamli
platformalar amaliyotining kontent sifatiga ta’sirini o‘lchash qiyin bo‘lishi mumkin.
Sifat parametrlari bu kontekstda yanada murakkabroq bo‘lib, bu yerda “jamoat
manfaati” ma’nosidagi mulohazalar foydalanuvchining xohish-istaklariga asoslangan
sifat mulohazalari bilan mutlaqo mos kelmasligi mumkin.
Raqamli platformalar amaliyoti haqiqatan ham yangiliklar sifati va qamroviga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb faraz qilsak, monopoliyaga qarshi nuqtayi nazardan asosiy
savol qoladi: sifat qanchalik kam ta’minlanganligi elektron platformalar tomonidan
bozor hokimiyatining suuiste’mol qilinishi tufaylimi, aksincha, bozordagi
muvaffaqiyatsizliklarning natijasimi? Monopoliyaga qarshi kurashlarimiz sifatli
yangiliklar va jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish uchun yechim bo‘la olish
yoki bo‘la olmasligi hali ham shubha ostida qolmoqda.
REFERENCES
1.
Athey, S.M.Mobius va J.Pal, “Agregatorlarning internet yangiliklari iste’moliga
ta’siri”, 2021.
2.
Matteo Giangaspero, raqobat bo’yicha ekspert, 2022-yil 23-fevral, OECD raqobat
ochiq kunida “Raqobat, media va raqamli platformalar” panelidagi moderatorlik
nutqidan.
3.
Bozorlar va raqobat milliy komissiyasi , “Ispaniyadagi onlayn reklama
sektoridagi raqobat shartlarini o’rganish”, 2021.
4.
“Raqobat dinamikasi”, TILES muhokamasi hujjati, 3-jild.
5.
Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha lug’ati, 2021, Sahhof.
Dostları ilə paylaş: |