Jahon moliya bozorining milliy segmentlari o'rtasidagi aloqalarning kuchayishi va global moliya bozorining shakllanishi reja


Inflyasiya va real foiz stavkalari AQSH G‘aznachiligi tomonidan



Yüklə 437,5 Kb.
səhifə9/12
tarix10.02.2023
ölçüsü437,5 Kb.
#83718
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Jahon moliya bozorining milliy segmentlari o\'rtasidagi aloqalarning kuchayishi va global moliya bozorining shakllanishi

Inflyasiya va real foiz stavkalari AQSH G‘aznachiligi tomonidan
I Bond
obligatsiyalarini chiqarishning qanday sababi bor?
AQSH G‘aznachiligi amerikaliklarning kelajak uchun omonat (jam-g‘arma) qilishlarini rag‘batlantirish uchun yangi turdagi obligatsiyalarni chiqardi. G‘aznachilik investorlarga har yarim yilda narxlar o‘sishini hisobga olgan holda to‘g‘rilanadigan belgilangan foiz stavkali obligatsiyalarni taklif qiladi. Bu esa qo‘yilgan mablag‘larning xarid qobiliyatini himoya qiladi.
I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi qanday belgi-lanadi?.
I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi ikki alohida stavkalarning: belgilangan daromadlilik stavkasi va yarim yillik inflyasiyaga teng o‘zgaruvchi stavka kombinatsiyasidan iborat. Belgilangan stavka obligatsiyaning muomalada bo‘lgan davrida o‘zgarishsiz bo‘ladi. Inflyasiya darajasiga bog‘langan o‘zgaruvchan stavka esa har 6 oyda o‘zgarishi mumkin. 6 oylik inflyasiya darajasi hamda I Bond bo‘yicha belgilangan stavkaning yig‘indisi ushbu obligatsiyalar bo‘yicha daromadlilik stavkasi keyingi 6 oy davomida qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
I Bond obligatsiyalarining boshqa o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
I Bond obligatsiyalari omonat o‘lchamining juda keng doirasiga ega; Siz ularga jami 50 dollar yoki yiliga 30 000 dollar investitsiya qili-shingiz mumkin;
I Bond obligatsiyalari ishonchlidir, zero, ular G‘aznachilikning qimmatli qog‘ozlari hisoblanib, AQSH hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va kafolatlanadi;
I Bond obligatsiyalari soliq afzalliklariga ega. Siz o‘z daromad-laringizdan soliq to‘lash muhlatini 30 yilga uzaytirishingiz mum-kin, va bundan tashqari, bu obligatsiyalar ma’muriy hudud (shtat)lar va mahalliy daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan;
I Bond obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda, har oy oshib boradi, foizlari esa har yarim yillikda hisoblanadi;
I Bond obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni sotib yuborish va olti oy o‘tganidan so‘ng xoxlagan paytda naqdga aylantirish mumkin.
Endi inflyasiya sur’atini hisobga olgan holda indekslangan (TIPS) obligatsiyalar qanday faoliyat ko‘rsatayotganligini yaxshiroq tushunish uchun, keling, qoplash muddati 1 yillik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, ular bo‘yicha real kafolatlangan yillik 3%lik foiz stavkasi taklif qilinmoqda. Daromadlilikning dollarli nominal stavka-sini, u inflyasiya sur’atiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, oldindan aniq aytib berishning iloji yo‘q. Agar inflyasiya darajasi atigi 2% bo‘lsa, unda daromadlilikning yakuniy dollarli nominal stavkasi 5% atrofini tashkil etadi; 10%lik inflyasiya darajasida esa daromadlilikning dollarli nomi-nal stavkasi 13%gacha oshadi.

Yüklə 437,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin