Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi—



Yüklə 29,78 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü29,78 Kb.
#168936
1   2
Jahon moliyaviy inqirozi

Inqiroz taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda baravar boʻladi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini - o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Hozir iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablarini o’rganar ekanmiz, 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqiroziga to’xtalamiz. Butun bir rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga o’zining ta’sirini ko’rsatkan 2008- yilgi inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda. Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi. Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
812 hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq. To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq. 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi. Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq. Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir. Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi, inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoit vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi. Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan iste’mol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini saqlaydi. Hozirgi kunda baʼzi rivojlanayotgan mamlakatlar dollarning oltin-valuta zahirasidagi ulushini kamaytira boshladilar va tovarlarni eksport va import qilish hisob-kitoblarini milliy valutada yoki yevroda amalga oshirmoqda. AQSH tashqi siyosatiga itoat qilmaydigan har qanday “istalmagan” davlatga iqtisodiy sanksiyalar qo‘yishi, jumladan, “istalmagan” davlatlar uchun dollar bilan operatsiyalarni taqiqlashi mumkin. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlar markaziy banklarining davlat raqamli valutalarini yaratish uchun loyihalari tufayli ularning
Yüklə 29,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin