Ziroatchilik,ya`ni dehqonchilik quyidagi tarmoqlarga bo`linadi: dalachilik,bog`dorchilik,uzumchilik.
Yetishtiriladigan ekin tariga qarab dalachilik: don xo`jaligi,texnika ekinlari, yem-hashak ekinlari,sabzavot va poliz ekinlari,kartoshka yetishtiruvchi xo`jaliklarga bo`linadi.
Don yetishtirish-jahon qishloq xo`jaligining asosidir.Jahondagi ekin ekiladigan jami yerlarning yarmiga don ekiladi.Don ekiladigan yerlar aholi joylariga to`g`ri keladi.Jahonda yiliga 1,9 mlrd.t. don yetishtiriladi.
Jahon don xo`jaligida asosan bug`doy,sholi,makkajo`xori yetishtirishdan iborat bo`lib,ular g`alla yalpi hosilining 80%ini beradi.
Bug`doy iliq iqlim (mo``tadil) va yaxshi tuproqni talab qiladi.Shu sababli u qora va kashtan tuproqli joylarda etishtiriladi.Bug`doy ekilish davriga qarab kuzgi va bahorgi bo`ladi.Kuzgi bug`doy mo``tadil mintaqaning janubida,bahorgi bug`doy esa shimolida ekiladi. Masalan: Qozog`istonning shimoliy rayonlarida bahorgi bug`doy, markaziy va janubiy rayonlarida kuzgi bug`doy ekiladi.Kuzgi bug`doy tez etiladi va hosildorligi yuqori bo`ladi.
Bug`doy jahonning 70 mamlakatida yetishtiriladi,lekin yalpi hosilning asosiy qismi:
1.Xitoy (95 mln.t. y.ga) 6.Kanada
2.AQSH 7.Ukraina
3.Hindiston 8.Pokiston
4.Rossiya 9.Qozog`iston
5.Fransiya 10.Avstraliya
hissasiga to`g`ri keladi.
Bug`doyning vatani Old Osiyo va O`rta dengiz bo`ylari.
Jahonda yiliga 600 mln tonnaga yaqin (2006 yil 585 mln tonna) bug`doy etishtiriladi.
Sholi vatani Hindiston botqoqliklari.Dunyodagi yalpi sholi hosilining 90%i Osiyoning “sholikor” mamlakatlarida yetishtiriladi.Dunyodagi barcha obikor yerlarning 2/3 qismiga sholi ekiladi.
Osiyoning janubidagi davlatlarda sholini yiliga 2,hatto 3 marta hosili yig`ib olinadi. Jahonda yiliga 600 mln tonnadan ortiq sholi etishtiriladi. (2006 yil)
Asosiy sholikor mamlakatlar: Xitoy (yiliga 180 mln.t.), Hindiston, Indoneziya,Tailand,Bangladesh,Vetnam.
Asosiy iste`molchilari: Horijiy Yevropa.
Jahonda yiliga 600 mln.t. dan ortiq makkajo`xori etishtiriladi. Jahonda yiliga 600 mln.t. dan ortiq sholi, 585 mln.t. dan ortiq bug`doy, 320 mln.t.dan ortiq kartoshka, 240 mln.t. dan ortiq qand lavlagi, 165 mln.t. dan ortiq soya, 135 mln.t. dan ortiq arpa yetishtiriladi (2006 y).
Makkajo`xorining vatani Markaziy Amerika.Yangi dunyo kashf qilingandan so`ng boshqa qit`alarga tarqalgan.Makkajo`xori oziq-ovqat va yem-hashak ahamiyatiga ega.Makkajo`xorining o`sishi uchun havo temperaturasi +100dan kam bo`lmasligi kerak.Sernam joylarda va tog` oldi rayonlarda yuqori hosil beradi.Asosan bug`doy ekiladigan joylarda yetishtiriladi.
Makkajo`xori yetishtirishda:
1.AQSH (220 mln.t.) 5.Rossiya
2.Xitoy 6.Meksika
3.Braziliya 7.Argentina
4.Ruminiya 8.JAR.
Jahonda yiliga 600mln tonnadan ortiq makkajo`xori etishtiriladi. (2006 y)
Dunyodagi makkajo`xori etishtiriladigan asosiy rayon-AQSHning makkajo`xori mintaqasi Buyuk ko`llarning janubida bo`lib, Ayova shtati dunyoga mashxur.
Dunyoda yetishtiriladigan g`allaning 10-15%i jahon bozoriga chiqariladi.G`alla eksport qiladigan asosiy mamlakatlar: AQSH,Kanada,Avstraliya,Fransiya,Argentina.Kanada bilan Avstraliya yillik bug`doy hosilining,Argentina esa makkajo`xori hosilining 80%ini chetga chiqaradi.
Oziq-ovqatga ishlatiladigan donni asosan rivojlanayotgan mamlakat, yem-hashak uchun ishlatiladigan donni asosan G`arbiy Yevropa va Yaponiya sotib oladi.Keyingi vaqtlarda MDH ham asosiy importchiga aylanib bormoqda.Ular yiliga 30-40 mln.t. g`alla import qilmoqda.
Jahonda bug`doy, sholi va makkajo`xoridan tashqari quyidagi donli ekinlar ham etishtiriladi (2006 y):
Arpa-(yachmen)-143 mln.t.
Sorgo-54 mln.t.
Prosa(yorma)-26 mln.t.
Oves(javdar)-29 mln.t.
Roj(suli) -23 mln.t.