«jahon sivilizatsiyalari tarixi»



Yüklə 7,3 Mb.
səhifə44/107
tarix26.10.2023
ölçüsü7,3 Mb.
#161743
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107
portal.guldu.uz-JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

Qurdobadagi masjid
Muhammad (s.a.v.) va uning tarafdorlari Islomning boshlang’ich davrlarida she’riyatga qarshi chiqdilar. Ular she’riyat o’sha zamonga xos ko’pxudolik goyalarini ifoda etuvchi vosita deb q aradilar. Keyinchalik arab adabiyoti yana rivojlana boshladi. Arab adabiyotining bu bosqichi Ummaviylar sulolasi saltanati bilan bog’liq. Adabiyot yangi xalifalik markazlari Suriya va Iroqda rivojlana boshladi. Arab mumtoz adabiyotining gullagan davri VIII-XII asrlar, ya’ni abbosiylar sulolasi davri hisoblanadi. Bu davr she’riyatida arablar bosib olgan mamlakatlardan chiqqan shoirlar adabiyot yo’nalishini belgiladilar. Arab adabiyoti taraqqiyotida Eron, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo xalqlari orasida yetishib chiqqan va o’z asarlarini arab tilida yozgan shoirlar ijodi samarali ta’sir ko’rsatdi.
VIII-IX asrlar arab nasriy adabiyoti katta yutuqlarga erishdi. Qadimgi rivoyatlar yozma ravishda to’plandi. Arab nasriy adabiyoti uchun pahlaviy tilidan qilingan tarjimalar ham alohida ahamiyatga ega. XII asr boshlarida arab adabiyotida yangi nasriy janr-qahramonlik rivoyatlari paydo bo’ddi. Buning eng yirik yodgorliklaridan ko’p jildli “Siyrat Antara” (Antara sarguzashtlari) va “Ming bir kecha” ertaklarini ko’rsatish mumkin. Bu asarlar arab adabiyotiga xos bo’lsa ham, ularning mundarijasini turli xalqlar og’zaki ijodi tashkil etadi.
Arab xalifaligi davlatlarining san’ati ham o’ziga xos yo’ldan rivojlanib bordi. O’rta asr arab san’ati ravnaqiga islom dinining ta’siri juda kuchli bo’ldi. Bu ayniqsa, me’morchilik, amaliy-dekorativ san’atda yaqqol ko’rinadi. Xalifalik davrida fuqarolik va din bilan bog’liq bo’lgan binolar qurilishi avj oldi. Shu davrdagi shaharlar qator yangi tipdagi binolar bilan boyidi. Masjid va madrasalar, karvonsaroy va minoralar, tim va saroylar musulmon shaharining o’ziga xos tomonini belgilovchi muhim va ajralmas elementiga aylandi.
VII asrda arab masjidi tipi yuzaga keldi. Quddusda Umaviylar davrida 688 yilda barpo etilgan Umar masjidi, Damashqdagi Umaviylar masjidi (705-715) arab me’morchiligining dastlabki namunasi hisoblanadi. Ilk arab me’morchiligining o’ziga xos tomoni, ayniqsa, Qohiradagi Ibn Tulun (87-879) masjidida namoyon bo’ladi. Qurilgan inshootlar g’ishtlarni naqshsimon terish, ganch o’ymakorligi, naqshlar lentasi va yozuvlar bilan bezatilgan. Arab xalifaligi me’morchiligi turli xalqlar me’morchiligi ta’siri ostida rivojlandi: Eron, Vizantiya, Old Osiyo va boshqalar.
Arab realistik san’ati, rassomlik va haykalchiligi din ta’sirida bo’ldi. Din ularning keng rivojlanishiga yo’l qo’ymadi. Realistik san’atning monumental shakllari deyarli yaratilmadi. Qo’lyozmalar uchun ishlangan miniatyuralarda, dekorativ relyeflarda hamda amaliy san’atda real voqelik, uning “jonli obrazlari” keng uchraydi. Bunga sabab, albatta hukmdor sinf orasida diniy qarashlar bir xil emasligidir. Voqelik shartli, ba’zan ramziy shakllarda ifodalanadi.
Arab san’atida kalligrafiya va naqsh (ornament, arabeska) alohida o’rin egallaydi. Real borliq shu sirli, chigal bo’lib ko’ringan naqsh tasviri bilan aralashib ketgandek tuyuladi. Uning mazmunini oshiradi. Bu san’atda xalqning hayot mazmuni va mohiyati haqidagi dunyoqarashi va tushunchalari o’z ifodasini topdi.
Ispaniyasi me’morchiligining nodir yodgorliklari qatorida Qurdoba (Kordova) dagi juma masjidi (785 –X asr), Al Granadadagi Al-Gambra saroyini ko’rsatish mumkin.
Arab xalifaligining so’nggi davrlari uchun qurilishlarning keng ko’lamliligi, butun bir me’moriy majmualarning yaratilishi xosdir. Shaharlarning markazida registon – shaharning asosiy maydoni joylashar edi. Madrasa va masjidlarning peshtoqi registonga qaratib qurilgan.
Xalifalik davrida yurtimizda barpo etilgan memoriy obidalar sirasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand yaqinidagi Tim qishlog’idagi qurilgan Arab ota maqbarasi (977-978 yy), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Xo’ja Naxshron maqbarasi (IX-X asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (XI asr), Buxorodagi Minorai Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo’rg’on minoralari va boshqa ko’rkam me’morchilik inshootlarini nisbat berish mumkin.



Yüklə 7,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin