«jahon sivilizatsiyalari tarixi»


-mavzu: G’arb sivilizatsiyasi



Yüklə 7,3 Mb.
səhifə55/107
tarix26.10.2023
ölçüsü7,3 Mb.
#161743
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
portal.guldu.uz-JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

17-mavzu: G’arb sivilizatsiyasi
Reja:
1. G’arbiy Yevropa o’rta asr sivilizatsiyasi
2. G’arb industrialoldi sivilizatsiyasi.
3. Industrial va postindustrial sivilizatsiya davrida G’arb taraqqiyoti


Mаvzugа oid tаyanch tushunchа vа iborаlаr: аntik meros, xristiаnlik, vаrvаrlik, feodаl tаrqoqlik, mаrkаzlаshаgаn dаvlаtlаr, monаrxiya, shаhаr-respubliklаr, ierаrxiya, rentа, toifаlаr, jаmoа hukumаti, yerdаgi shаhаr vа xudo shаhri: dаvlаt vа cherkov dаvlаt vа cherkov, teokrаtiya, bilim vа e’tiqod, bid’аtchilik (yeretiklik) hаrаkаtlаri, industriаloldi sivilizatsiyasi, Buyuk geogrаfik kаshfiyotlаr, okeаn sivilizatsiyasi, fаn vа texnikаning yuksаlishi, burjuа inqilobi, аbsolyutizm, Uyg’onish dаvri, Reformatsiya, mа’rifаtpаrvаrlik, modernizаtsiya (zаmonаviylаshtiruv), inqiloblаr, yangi dаvr, shаxsiyatpаrаstlik, protestаnt mehnаt etikаsi, kаpitаlizm, urbаnizаtsiya, mаorif, rаtsionаlizm, mustаmlаkаchilik, sаnoаt inqilobi, АQSh, Аmerikа demokrаtiyasi, sаnoаtlаntirish, texnotron jаmiyat, informatsion jаmiyat, ommаviy mаdаniyat.
G’arbiy Yevropa o’rta asr sivilizatsiyasi
G’arb sivilizatsiyasi — G’arbiy Yevropa, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya mamlakatlarini birlashtirib turuvchi madaniy, siyosiy va iqtisodiy belgilar majmuidir. G’arb sivilizatsiyasining manbalari va uning yetakchi tashuvchilari geografik, madaniy, lingvistik va diniy jihatdan doimo o’zgarib turgan. Shu o’rinda G’arb va Yevropa tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsa-da, bir xil ma’noni anglatmasligini ta’kidlab o’tish lozim.
Antik davr G’arb sivilizatsiyasining ilk bosqichini tashkil etadi. Antik davrda g’arb jamiyatining asosiy qadriyatlari yuzaga kelgan: xususiy mulk munosabatlari, bozorga yo’naltirilgan xususiy ishlab chiqarish, xalq hokimiyatining ilk namunalari – demokratiya, boshqaruvning cheklangan respublika shakli. Bu davrda shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi fuqarolik jamiyatiga, shuningdek shaxsning ijodiy qobiliyatini safarbar qilish va uning gullab-yashnashiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-madaniy printsiplarga asos solindi. G’arb sivilizatsiyasining navbatdagi bosqichi Yevropa va xristianlik bilan bog’liq.
Mazkur sivilizatsiyaning eng asosiy qadriyatlaridan biri – hayotning barcha jabhalarida tanlovning individual erkinligi sanaladi. G’arbning yana bir qadriyati ratsionallikdir. Bu qadriyatlar uzoq davom etgan murakkab jarayonlar hosilasidir.
476 yilning 23 avgustida Rim xizmatidagi harbiy sarkardalardan biri Odoakr so’nggi Rim imperatori – go’dak Romul Avgustulni taxtdan qulatib, o’zini Italiya qiroli deb e’lon qildi. G’arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan Yevropada varvar qirolliklari davri boshlandi. Ammo imperiya g’oyasi yo’q bo’lmadi. VIII-IX asrlar chegarasidayoq Yevropaning siyosiy birligi g’oyasi paydo bo’ldi. Dastlab bu Rim imperiyasini qayta tiklashga urinish bilan bog’liq edi.
O’rta asr sivilizatsiyasi tarixida ikki bor G’arbiy Yevropada Rim imperiyasini tiklashga urinish bo’lgan. Dastlabki urinish 486 yilda Xlodvig (465G’466-511 yy) tomonidan barpo etilgan Frank qirolligi tarixi bilan bog’liq. VIII-IX asrlarda frank qiroli Buyuk Karlning (742-814 yy) yurishlari tufayli Franklar davlati Ebrordan ta Elbaga, La-Manshdan to Adriatika dengiziga qadar bo’lgan hududni egalladi. 800 yilda papa Lev III Karlga imperatorlik tojini kiygazdi. Buyuk Karlning nevaralari 843 yilgi Verden shartnomasiga ko’ra imperiyani uch qismga taqsimladilar: Lyudovik Nemis Germaniyani, Karl Yaltiroqbosh bo’lajak Fransiyani, Lotar bo’lajak Italiyani qo’lga kiritdi. Shu tariqa Yevropaning uch zamonaviy davlati tarixi boshlandi.
G’arbiy Yevropada imperiya g’oyasini amalga oshrishiga ikkinchi urinish Muqaddas Rim imperiyasining vujudga kelishi bilan bog’liq. Germaniya qiroli Otton I (912-973 yy) Italiyaga bir necha yurishlardan so’ng 962 yilda imperatorlik tojini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Muqaddas Rim imperiyasiga (XV asr oxiridan Nemiya millatining Muqaddas Rim imperiyasi) Germaniya yerlari, Shimoliy va O’rta Italiya, Chexiya va Burgundiya kirgan. Uning hukmdorlari Rim imperatorlarining vorislari roliga da’vogarlik qilishardi. Otton III (980-1002 yy) o’z qarorgohini Rimga ko’chirib, markazi Rimda bo’lgan umumevropa katolik imperiyasini barpo etish rejasini tuzgan edi. Ammo bu imperiya ham barqaror va mustahkam emas edi.
Universal imperiya g’oyasini amalga oshirishga muvaffaq bo’lmasa-da, Buyuk Karl va Otton I lar asos solgan imperiyalar muhim birlashtiruvchi rol o’ynadi.
Yevropa sivilizatsiyasining birligi g’oyasini katolik cherkov ham alohida xristian dunyosi g’oyalarini targ’ib etish orqali ta’kidlar edi. Mazkur g’oya iqtisodiy manfaatlarga ham mos kelar, shu sababdan savdo-siyosiy ittifoqlar tomonidan ham qo’llab-quvvatlanardi. O’rta asr Yevropa sivilizatsiyasi uchun ikki asosiy iqtisodiy qutbning vujudga kelishi xosdir: qit’aning markazi va shimolida - Ganza ittifoqi hamda O’rtayer dengizida vujudga kelgan, Venetsiya va Genuya respublikalari yetakchilik qilgan markaz.
1241 yilda Lyubek va Gamburg shaharlari Boltiq dengizini Shimoliy dengiz bilan bog’lovchi savdo yo’llarini birgalashib himoya qilish haqidagi bitimi asosida vujudga kelgan Ganza uzil-kesil 1356 yilda shakllangan va ravnaq topgan davrida 80 ta shaharni birlashtirgan. Ganza ittifoqi Angliya, Niderlandlar, Germaniya, Skandinaviya, Boltiqbo’yi va Rossiya o’rtasidagi vositachilik savdosini deyarli monopollashtirib olgan edi.
Ikkinchi savdo-iqtisodiy markazning yetakchilari Venetsiya va Genuya o’z boyliklarini asosan salib yurishlari davrida orttirgan bo’lib, kuchli flotga ega edi.
Yagona G’arbiy Yevropa o’rta asr sivilizatsiyasining shakllanishi feodal tarqoqlik sharoitida kechdi. Hududlarning siyosiy tarqoqligi zamirida feodal iqtisodiyot bilan bog’liq iqtisodiy tarqoqlik, yagona bozorning yo’qligi yotardi. O’rta asrlarda Yevropada vujudga kelgan imperiyalarda imperator hokimiyati faqat rasman tan olinar, real hokimiyat esa aslida mahalliy feodallar qo’lida edi. Butun o’rta asr davomida feodal tarqoqlikka markaziy hokimiyatni kuchaytirish an’anasi qarshi turdi. Yevropada Franklar imperiyasi, slavyan davlatlari, Angliya va Fransiya kabi markazlashgan davlatlarning yuzaga kelishi milliy bozorlarning yuzaga kelishi va millatlarning shakllanishi jarayonini kuchaytirdi. G’arb sivilizatsiyasining hududiy jihatdan birlashishi butun o’rta asr bo’yi davom etdi. O’rta asrlar oxiriga kelib G’arbiy Yevropa deyarli mustaqil, shu bilan birga bir-biri bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar bilan bog’langan ko’plab davlatlardan iborat edi.


Yüklə 7,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin