«jahon sivilizatsiyalari tarixi»


Yaponiya madaniyati va uning o’ziga xosligi



Yüklə 7,3 Mb.
səhifə39/107
tarix26.10.2023
ölçüsü7,3 Mb.
#161743
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107
portal.guldu.uz-JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

Yaponiya madaniyati va uning o’ziga xosligi
VII-VIII asrlar mobaynida yapon davlati shakllanayotgan boshqaruv institutlarini g’oyaviy jihatdan asoslashga uringan. “Kodziki” (712 y.) va “Nixon syoki” (720 y.) kabi afsonaviy-yilnoma to’plamlar birinchi navbatda shunga xizmat qilishi lozim bo’lgan. Ularning vazifasi davlat mafkurasini yaratish, ya’ni “afsona” va “tarix” ni moslashtirish bo’lgan: “Kodziki” va “Nixon syoki” voqealari “xudolar erasi” va imperatorlar erasi” ga bo’linadi.
Sintoistik afsonalar zamirida umumdavlat mafkurasini yaratishda muhim bosqich bo’lgan “Kodziki” va “Nixon syoki” to’plamlari xitoy tilida yozilgan. “Nixon syoki” sulola yilnomasi sifatida qabul qilingan. “Kodziki” Ono Yasumaro tomonidan Xieda-no Are og’zidan yozib olingan. Uzoq vaqtgacha xitoy adabiy tili yapon madaniyatining tili bo’lib keldi va u birinchi navbatda davlat ehtiyojlariga xizmat qildi. Imperator Se­toku davrida bo’g’inli yapon alifbosi yaratildi va rasmiy yozuv sifatida joriy etildi.
Sintoizmning davlat qurilishiga faol jalb etilishi bilan buddizm bu sohada o’z ahamiyatini yo’qota boshladi. Bu ayniqsa 771 yilda budda monaxi Dokyo tomonidan o’tkazilgan muvaffaqiyatsiz to’ntarishdan so’ng sezila boshladi. Nara ibodatxonalari va monastirlaridaga budda ruhoniylarining ta’sirini kamaytirish uchun 784 yilda poytaxt Nagaokaga, 794 yilda Xeyanga ko’chiriladi. Davlatning qo’llab-quvvatlashishidan qisman mahrum bo’lgan buddizm baribir alohida shaxsning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’lib qolaverdi.
B uddizm bilan bir qatorda Yaponiyaga ushbu dinning ehtiyojlariga xizmat qiluvchi moddiy majmua ham kirib keldi. Ibodatxonalar qurilish, budda va bodxistavlarning haykallari va boshqa marosim buyumlarini ishlab chiqish boshlandi. Sintoizm esa bu davrda hali rivojlangan yopiq diniy inshootlar qurish an’anasiga ega emas edi. Koreya va Xitoy prototiplariga o’xshash jihatlar bilan bir qatorda yapon ibodatxonalari qurilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib bordi.
Me’morchilikda o’ziga xos yapon uslubi shakllana borgan. Masalan, Syotoku tomonidan barpo etilgan Xoryu-dzi ibodatxona majmuasiga o’xshashi Xitoyda ham, Koreyada ham uchramaydi. Takamatsudzuka qo’rg’onidagi freskalar ham materik namunalaridan ko’p jihatlari bilan farq qiladi.


Yüklə 7,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin