O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Jahon sivilizatsiyasi hozirgi kungacha bo'lgan rivojlanishining asosiy omillari va yo'nalishlarini yoritishga qaratilgan. Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy – uslubiy saviyasini oshirishda jahonda ro'y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur o'rganishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko'rsatib o'tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to'la bahramand bo'lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko'maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo'lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o'rganadi.
Shuningdek, “Jahon sivilizatsiyasi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o'rganish, fan bo'yicha to'plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o'z ichiga qamrab oladi.
II. O'quv fanining maqsadi va vazifasi
Sivilizatsiya tushunchasi eng avvalo tarix aniqlovchisi va tarixiy tadqiq usullarini eng qadimgi davrdan hozirgi kunlargacha bo'lgan jarayonni va jamiyatning rivojlanishiga qo'shgan hissasi va ahamiyati bilan belgilangan. Ayniqsa tarix ma'nosi falsafiy dunyoqarash masalasi sifatida chuqur o'rganiladi. Klassik va hozirgi zamon tarix ma'nosiga tarixiy ong va tarixga tarixiy ongning ikki tomonligiga chuqur yondoshilib tadqiq qilindi.
Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga quyidagi talablar qo'yiladi. Talaba:
“Jahon sivilizatsiyasi” fanidan talabalar har bir tarixiy davrda tarixiy tadqiqotlar ko'lami, har bir davrning o'z dolzarb muammosini tadqiqotlarning metodologik asoslarini mukamal bilishi;
. Jahon sivilizatsiyasining mukammal, rivojlanib borish jarayonlari, tarix fanining alohida fan mavqeiga ega bo'lishi. Klassik va hozirgi davrdagi tarix fanining dolzarb muammolari, Yevropa, Sharq olimlari, faylasuflarning tarixiy nazariyalarini mukammal o'rganishi;
Talaba o'zlashtirayotgan fan bo'yicha egallagan bilimlarini tahlil qilish; sivilizatsiya sohasida jahon hamjamiyati tomonidan to'plangan tarixiy tajribani ilmiy va pedagogik amaliyotda samarali qo'llash malakalariga ega bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |