2.2. Amaliy mashg’ulotlar mazmuni
2.2.1. Tarix fani va tarixga sivilizatsion yondashuv. (2 soat)
Tarixning fan sifatida o’ziga xos xususiyatlari, uning gumanitar bilimlar tizimidagi roli va o’rni. Tarixiy jarayon va hodisalarga sivilizatsion yondashuvning o’ziga xos jihatlari. Tarixiy jarayonning sivilizatsion yondashuv vakillari, ularning konsepsiyalari va ularing qiyosiy tahlili. Sivilizatsiyalarning tipologiyasi va ularning belgilari.
[A1, A2, A3, A4, A5, A6, A12, Q5, Q6, Q7, Q10].
2.2.2. Ibtidoiy jamiyat-sivilizatsiyaning ibtidosi. (2 soat)
Ibtidoiy jamiyatda dastlabki insonlar birlashmalarining paydo bo’lish jarayoni va omillari. Ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Dastlabki madaniyat o’choqlarining vujudga kelishi. Ibtidoiy insonning ma’naviy dunyosi.
[A1, A2, A3, A5, A7, A9, A12, Q1, Q2, Q7, Q14, Q18].
2.2.3. Ikki daryo oralig’ining qadimgi sivilizatsiyasi. (2 soat)
Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasining vujudga kelishida geografik faktorning roli. Mesopotamiya sivilizatsiyalarining davrlashtirilishi. Qadimgi Mesopotamiya davlatlarining yuzaga kelishi va inqirozi. Qadimgi Mesopotomiya madaniyati.
[A1, A2, A3, A4, A5, A9, A11, A12, Q2, Q3, Q4, Q7, Q8, Q14].
2.2.4. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi. (2 soat).
Misr tarixining davrlashtirilishi. Qadimgi Misr jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tizimi. Qadimgi Misr madaniyati. Monoteizmning birinchi tarixiy shakli: Exnotonning diniy islohotlari.
[A1, A2, A3, A6, A7, A10, A12, A13, A14, Q1, Q3, Q4, Q5, Q7, Q13, Q12].
2.2.5. Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi sivilizatsiyalari. (2 soat)
Anatoliyaning qadimgi madaniyat markazlari. Xett podsholigining davlat tuzumi sistemasi, xett jamiyatining iqtisodiy va sotsial tuzilishi. Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi davlatlarining vujudga kelishi va inqirozi. Sharqiy O’rta yer dengiz bo’yi madaniyati.
[A1, A2, A3, A5, A7, A9, A11, A12, A14, Q2, Q3, Q7].
Dostları ilə paylaş: |