Jahon siyosati, tarix va falsafa



Yüklə 217,89 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.06.2023
ölçüsü217,89 Kb.
#124728
fransiyaning jazoirdagi mustamlakachilik siyosati



Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakulteti Tarix 
(mamlakatlar va yo’nalishlar) yo’nalishi 1-kurs magistri Javmirov Jahongir. 
Mavzu: Fransiyaning Jazoirdagi mustamlakachilik siyosati 
Mustamlakachilik – kuchli davlatlar tomonidan zo‘rlik bilan egallangan 
mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, o‘ziga 
bo‘ysundirish, qaram qilish, talash siyosati
1
. XV asr oxirida Yevropa davlatlari 
(Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya) ana shunday siyosat 
yuritishgan. Bunday amaliyot XX asr boshida avjiga chiqdi, natijada dunyoning 
katta qismi bir necha imperiyalar o‘rtasida bo‘lib olindi. 
Arab davlatlari dunyoning ikki qit‘asida (Osiyo va Afrikada) joylashgan. 
XX asr boshlarida barcha arab davlatlari mustamlaka yoki yarim mustamlaka 
bo‘lganlar. Xususan, Osiyoda joylashgan arab davlatlari Turkiya imperiyasi 
tarkibiga kirgan. Afrika qit‘asidagi Misr va Sudan — Buyuk Britaniyaning; Tunis, 
Jazoir va Marokash — Fransiyaning; Marokashning bir qismi — Ispaniyaning; 
Liviya esa Italiyaning mustamlakasi edi. Birinchi jahon urushi natijasida Turkiya 
imperiyasi quladi. Biroq bu hodisa barcha arablarga ham mustaqillik keltirgani 
yo‘q. Saudiya Arabistoni va Yaman mustaqil davlatlarga aylandi. Osiyodagi arab 
hududlari (Millatlar Ligasining mandat tizimiga asosan) Buyuk Britaniya va 
Fransiya nazorati ostiga berildi
2

Fransiya Jazoirni 1830-yilda bosib olgan edi. Birinchi jahon urushi yillarida 
Jazoir iqtisodiyoti Fransiya manfaatiga xizmat qildirildi. Fransiya armiyasi 
saflariga chaqirilgan jazoirliklardan front orti ishlarida foydalanilgan
3
. Urush 
Fransiyani qiyin ahvolga solib qo‗ydi. Bunday sharoitda mustamlakalarda milliy-
ozodlik kurashi to‗lqinini pasaytirish nihoyatda muhim edi. Shu maqsadda 
metropoliya hukumati 1919-yilda Jazoir uchun alohida dekret chiqardi. Unga 
ko‗ra, soliq masalasida fransuzlar va jazoirliklar o‗rtasida mavjud notenglik 
tugatildi. Dehqonlar, savdogarlar, ziyolilar, sobiq harbiy xizmatchilar va davlat 
1
O'zME. Birinchi jild. – Tosh., 2000. 
2
Lafasov M. Jahon tarixi. – Tosh.: Turon iqbol, 2010. – B.115. 
3
Gordon D. C. The Passing of French Algeria. L., 1966. P. 34. 


organlari, amaldorlarga mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlariga o‗tkaziladigan 
saylovda qatnashish huquqi berildi
4
. Biroq dekret jazoirliklarning boshqa 
masalalardagi huquqsizligiga daxl qilmadi.
Jazoir xalqi milliy-ozodlik kurashini hech qachon to‗xtatgan emas. 1920-
yilda Jazoir vatanparvarlari «Yosh jazoirlik» partiyasini tuzdilar. Partiyaga Jazoir 
xalqining qahramoni Abdul-Qodirning nabirasi Amir Holid rahbarlik qildi. Partiya 
jazoirliklar huquqini fransuzlar huquqiga tenglashtirishni, irqiy kamsitishni 
tugatishni, mahalliy aholidan Fransiya parlamentiga deputatlar saylanishiga ruxsat 
etilishini, matbuot va uyushmalarga birlashish kabi erkinliklar berilishini talab etdi. 
1927-yilda «Saylangan musulmonlar federatsiyasi» tashkiloti hamda «Jazoir 
ulamolari ittifoqi» tashkil topdi va mustaqillik uchun kurashdi. 1929-1933-
yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Jazoir iqtisodiyotiga katta talafot yetkazdi. Bu 
esa xalqning turmush darajasi yanada yomonlashuviga olib keldi. Buning ustiga 
to‗rt yil davom etgan qurg‗oqchilik oqibatida chorva mollarining 80 foizi qirilib 
ketdi. 1936-yilda Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan Xalq fronti hukumati 
mustamlakachilik tartibini yumshatishga qaratilgan qator o‗zgarishlarni joriy etdi. 
Tez orada Jazoir xalqining milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi barcha 
kuchlarning umumjazoir yig‗ini — Musulmon Kongressi chaqirildi. Kongress 
Xalq frontini qo‗llab-quvvatlashini ma‘lum qildi. Ayni paytda Kongress «Milliy 
xartiya» deb atalgan hujjat qabul qildi. Bu hujjatda mustamlakachilar joriy etgan, 
jazoirliklarni tahqirlovchi «yerli aholi kodeksi»ni bekor qilish talab etilgan edi. 
1940-yilda Fransiya taslim bo‗lgach, Jazoir amalda fashistlarga qaram bo‗lib qoldi. 
Bu hol milliy burjuaziya orasida bo‗linish yuz berishiga olib keldi. Uning bir qismi 
Germaniya bilan, katta qismi esa Buyuk Britaniya va AQSH bilan hamkorlik qilish 
tarafdori edi. Biroq bu holat uzoq davom etmadi. 1942-yil noyabrida Shimoliy 
Afrikaga tashlangan ingliz-amerika qo‗shinlari nemis-italyan qo‗shinlariga 
qaqshatqich zarba berdi. Fashist qo‗shinlari Jazoirdan ham quvib chiqarildi. Lekin 
bu hodisa Jazoirni mustamlaka zulmidan ozod etmadi. U Fransiya mustamlakasi 
bo‗lib qolaverdi. 
4
Ageron C. R. Algérie contemporaine (1830-1976). P., 1977. P.71. 


1958-yilning sentabr oyida Fransiyada ko‘plab saylovchilar orqali qabul 
qilingan yangi konstitutsiya referendum bo‘lib otdi, dekabr oyida esa Sharl de Gol 
yangi Beshinchi Fransiya respublikasining prezidenti deb saylandi. 
1958-yilning 19-sentabrida Tunisda Ferxat Abbos rahbarligida Jazoir 
Respublikasining Muvaqqat hukumati tuzildi. Uni Xitoy Xalq Respublikasi, 
Marokash, Tunis va boshqa afrika davlatlari tan oldi. Fransiya mustamlakachi 
ma‘muriyati ozodlik kurashini qonga botirishga harakat qildi. ―Jazoir jangi‖ har 
doim butun jahon diqqat markazida bo‘lib, jahon hamjamiyati Jazoir xalqining 
ozodlik kurashini qo‗llab-quvvatladi. Bu esa Fransiyaning xalqaro nufuziga zarar 
yetkazar edi. Mustaqillik uchun kurashda Jazoir xalqi juda katta qurbonlar berdi. 
1959-yilning fevral oyida ozodlik harakatlariga qarshi Fransiyaning harbiy 
hujumlari boshlandi. Ushbu hujum mamlakatning turli hududlarida 1960-yilning 
bahor oylarigacha izchillik bilan o‘tkazilgan bir qator operatsiyalardan tashkil 
topgan edi. Fransuz ma‘lumotlariga ko‘ra 1958-yilning oxiridan 1959-yilning 
oxirigacha Jazoir oxirgi 4 yillik urushga nisbatan ko‘proq yo‘qotishni boshidan 
kechirgan. Bundan tashqari, Ozodlik kurashi davomida 1 mln dan ortiq jazoirlik 
halok bo‗ldi. 2 mln kishi turli konslagerlarga tashlandi
5

1962-yil 18-martda urush e‘lon qilgan taraflar orasida kelishuvni tiklashga 
asoslangan Evian bitimlari imzolandi. Bundan tashqari Evian bitimlari Jazoirda 
mustaqilikka erishish borasidagi referendum o‘tkazish va uning natijalari Fransiya 
tomonidan tan olinishini ko‘zda tutgan. 1962-yilning 1-iyulida Jazoir mustaqil 
Xalq Demokratik Respublikasi deb e‘lon qilindi. Ozodlik kurashining arbobi, 
MOF rahbari Ahmad Ben Bella yangi hukumatni boshqardi
6

5
Вооружѐнная борьба народов Африки за свободу и независимость. М., 1974. С. 189-190. 
6
Ланда Р. Г. История алжирской революции 1954-1962. С. 198. 

Yüklə 217,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin