Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakulteti Tarix
(mamlakatlar va yo’nalishlar) yo’nalishi 1-kurs magistri Javmirov Jahongir.
Mavzu: Fransiyaning Jazoirdagi mustamlakachilik siyosati
Mustamlakachilik – kuchli davlatlar tomonidan zo‘rlik bilan egallangan
mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, o‘ziga
bo‘ysundirish, qaram qilish, talash siyosati
1
. XV asr oxirida Yevropa davlatlari
(Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya) ana shunday siyosat
yuritishgan. Bunday amaliyot XX asr boshida avjiga chiqdi, natijada dunyoning
katta qismi bir necha imperiyalar o‘rtasida bo‘lib olindi.
Arab davlatlari dunyoning ikki qit‘asida (Osiyo va Afrikada) joylashgan.
XX asr boshlarida barcha arab davlatlari mustamlaka yoki yarim mustamlaka
bo‘lganlar. Xususan, Osiyoda joylashgan arab davlatlari Turkiya imperiyasi
tarkibiga kirgan. Afrika qit‘asidagi Misr va Sudan — Buyuk Britaniyaning; Tunis,
Jazoir va Marokash — Fransiyaning; Marokashning bir qismi — Ispaniyaning;
Liviya esa Italiyaning mustamlakasi edi. Birinchi jahon urushi natijasida Turkiya
imperiyasi quladi. Biroq bu hodisa barcha arablarga ham mustaqillik keltirgani
yo‘q. Saudiya Arabistoni va Yaman mustaqil davlatlarga aylandi. Osiyodagi arab
hududlari (Millatlar Ligasining mandat tizimiga asosan) Buyuk Britaniya va
Fransiya nazorati ostiga berildi
2
.
Fransiya Jazoirni 1830-yilda bosib olgan edi. Birinchi jahon urushi yillarida
Jazoir iqtisodiyoti Fransiya manfaatiga xizmat qildirildi. Fransiya armiyasi
saflariga chaqirilgan jazoirliklardan front orti ishlarida foydalanilgan
3
. Urush
Fransiyani qiyin ahvolga solib qo‗ydi. Bunday sharoitda mustamlakalarda milliy-
ozodlik kurashi to‗lqinini pasaytirish nihoyatda muhim edi. Shu maqsadda
metropoliya hukumati 1919-yilda Jazoir uchun alohida dekret chiqardi. Unga
ko‗ra, soliq masalasida fransuzlar va jazoirliklar o‗rtasida mavjud notenglik
tugatildi. Dehqonlar, savdogarlar, ziyolilar, sobiq harbiy xizmatchilar va davlat
1
O'zME. Birinchi jild. – Tosh., 2000.
2
Lafasov M. Jahon tarixi. – Tosh.: Turon iqbol, 2010. – B.115.
3
Gordon D. C. The Passing of French Algeria. L., 1966. P. 34.
organlari, amaldorlarga mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlariga o‗tkaziladigan
saylovda qatnashish huquqi berildi
4
. Biroq dekret jazoirliklarning boshqa
masalalardagi huquqsizligiga daxl qilmadi.
Jazoir xalqi milliy-ozodlik kurashini hech qachon to‗xtatgan emas. 1920-
yilda Jazoir vatanparvarlari «Yosh jazoirlik» partiyasini tuzdilar. Partiyaga Jazoir
xalqining qahramoni Abdul-Qodirning nabirasi Amir Holid rahbarlik qildi. Partiya
jazoirliklar huquqini fransuzlar huquqiga tenglashtirishni, irqiy kamsitishni
tugatishni, mahalliy aholidan Fransiya parlamentiga deputatlar saylanishiga ruxsat
etilishini, matbuot va uyushmalarga birlashish kabi erkinliklar berilishini talab etdi.
1927-yilda «Saylangan musulmonlar federatsiyasi» tashkiloti hamda «Jazoir
ulamolari ittifoqi» tashkil topdi va mustaqillik uchun kurashdi. 1929-1933-
yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Jazoir iqtisodiyotiga katta talafot yetkazdi. Bu
esa xalqning turmush darajasi yanada yomonlashuviga olib keldi. Buning ustiga
to‗rt yil davom etgan qurg‗oqchilik oqibatida chorva mollarining 80 foizi qirilib
ketdi. 1936-yilda Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan Xalq fronti hukumati
mustamlakachilik tartibini yumshatishga qaratilgan qator o‗zgarishlarni joriy etdi.
Tez orada Jazoir xalqining milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi barcha
kuchlarning umumjazoir yig‗ini — Musulmon Kongressi chaqirildi. Kongress
Xalq frontini qo‗llab-quvvatlashini ma‘lum qildi. Ayni paytda Kongress «Milliy
xartiya» deb atalgan hujjat qabul qildi. Bu hujjatda mustamlakachilar joriy etgan,
jazoirliklarni tahqirlovchi «yerli aholi kodeksi»ni bekor qilish talab etilgan edi.
1940-yilda Fransiya taslim bo‗lgach, Jazoir amalda fashistlarga qaram bo‗lib qoldi.
Bu hol milliy burjuaziya orasida bo‗linish yuz berishiga olib keldi. Uning bir qismi
Germaniya bilan, katta qismi esa Buyuk Britaniya va AQSH bilan hamkorlik qilish
tarafdori edi. Biroq bu holat uzoq davom etmadi. 1942-yil noyabrida Shimoliy
Afrikaga tashlangan ingliz-amerika qo‗shinlari nemis-italyan qo‗shinlariga
qaqshatqich zarba berdi. Fashist qo‗shinlari Jazoirdan ham quvib chiqarildi. Lekin
bu hodisa Jazoirni mustamlaka zulmidan ozod etmadi. U Fransiya mustamlakasi
bo‗lib qolaverdi.
4
Ageron C. R. Algérie contemporaine (1830-1976). P., 1977. P.71.
1958-yilning sentabr oyida Fransiyada ko‘plab saylovchilar orqali qabul
qilingan yangi konstitutsiya referendum bo‘lib otdi, dekabr oyida esa Sharl de Gol
yangi Beshinchi Fransiya respublikasining prezidenti deb saylandi.
1958-yilning 19-sentabrida Tunisda Ferxat Abbos rahbarligida Jazoir
Respublikasining Muvaqqat hukumati tuzildi. Uni Xitoy Xalq Respublikasi,
Marokash, Tunis va boshqa afrika davlatlari tan oldi. Fransiya mustamlakachi
ma‘muriyati ozodlik kurashini qonga botirishga harakat qildi. ―Jazoir jangi‖ har
doim butun jahon diqqat markazida bo‘lib, jahon hamjamiyati Jazoir xalqining
ozodlik kurashini qo‗llab-quvvatladi. Bu esa Fransiyaning xalqaro nufuziga zarar
yetkazar edi. Mustaqillik uchun kurashda Jazoir xalqi juda katta qurbonlar berdi.
1959-yilning fevral oyida ozodlik harakatlariga qarshi Fransiyaning harbiy
hujumlari boshlandi. Ushbu hujum mamlakatning turli hududlarida 1960-yilning
bahor oylarigacha izchillik bilan o‘tkazilgan bir qator operatsiyalardan tashkil
topgan edi. Fransuz ma‘lumotlariga ko‘ra 1958-yilning oxiridan 1959-yilning
oxirigacha Jazoir oxirgi 4 yillik urushga nisbatan ko‘proq yo‘qotishni boshidan
kechirgan. Bundan tashqari, Ozodlik kurashi davomida 1 mln dan ortiq jazoirlik
halok bo‗ldi. 2 mln kishi turli konslagerlarga tashlandi
5
.
1962-yil 18-martda urush e‘lon qilgan taraflar orasida kelishuvni tiklashga
asoslangan Evian bitimlari imzolandi. Bundan tashqari Evian bitimlari Jazoirda
mustaqilikka erishish borasidagi referendum o‘tkazish va uning natijalari Fransiya
tomonidan tan olinishini ko‘zda tutgan. 1962-yilning 1-iyulida Jazoir mustaqil
Xalq Demokratik Respublikasi deb e‘lon qilindi. Ozodlik kurashining arbobi,
MOF rahbari Ahmad Ben Bella yangi hukumatni boshqardi
6
.
5
Вооружѐнная борьба народов Африки за свободу и независимость. М., 1974. С. 189-190.
6
Ланда Р. Г. История алжирской революции 1954-1962. С. 198.
Dostları ilə paylaş: |