Jahon tabiiy resurslari reja: Jahon tabiiy resurslarining kelib chiqishi va xususiyatiga ko’ra turlari



Yüklə 41,99 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü41,99 Kb.
#176296
  1   2
Jahon tabiiy resurslari


Jahon tabiiy resurslari
REJA:
1. Jahon tabiiy resurslarining kelib chiqishi va xususiyatiga ko’ra turlari.
2.Tabiiy resurslarning ta’minlanganlik darajasiga ko’ra turlari.
3.Insoniyat tabiiy resurslardan foydalanishi natijasida yuzaga kelgan muammolari.

Insoniyat tabiat qo'ynida paydo bo‘ldi, ulg'aydi, hozirgi intellektual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana shu evolutsion rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarini oldi, uni chuqur о`zgartirishga erishdi va o‘z navbatida unga o'z ta’sirini o‘tkazib keldi. Boshqacha aytganda, o'tgan uzoq tarixiy davrlar davomida insoniyatning tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga о`zaro ta’siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarin, taraqqiyot jarayonining barcha davrlarida insoniyat tarixini uning tabiat bilan o'zaro aloqalari tarixi ham deb hisoblash mumkin. Ana shu uzluksiz, tobora kuchayib borgan o‘zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatning hozirgi holatiga olib keldi.


Jamiyatning rivojlanishi jarayonida zamin bo`lgan Ona Yer, Ona Tabiat insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridan to hozirgacha o‘z boshidan katta o‘zgarishlarni o'tkazdi. Jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson, asosan, tabiat bergan ne’matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchilik bilan shug'ullangan, o‘simlik ildizlarini yig‘ib kun kechirgan. Tabiiyki, u davrlarda kishilar o‘simlik va hayvonlarga boy bo'lgan, asosan, iliq va nam hududlarda jamoa bo'lib yashashga intilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda ibtidoiy jamoa davri deb ataladi.
Insoniyat hayotining 2-bosqichida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan boshlab Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo vodiylari, Qadimiy Yunoniston va Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy o'zgarishlarga erishgan hududga aylandi.
Yillar, asrlar o'tishi davomida jamiyat bilan tabiatning o'zaro ta’siri ham sekin-asta kengayib bordi. Avvalo insonning tabiatga ta’siri kuchaya bordi. Bular, o'z navbatida jamiyat hayotida tobora katta o'zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Asta-sekin aholi sari ortib bora boshladi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining 3-bosqichi hisoblanmish o‘rta asrlar davrida yer, mineral va o'rmon resurslarini kengroq o'zlashtirishga kirishila boshlandi. Karvon yo'llari (Buyuk ipak yo'li) orqali hududlararo aloqalar kuchaya bordi. Aholining ko'paya borishi yerlarga ishlov berishni kuchaytirish va yangi hududlarni o'zlashtirishga undadi.
Bundav o'zgarishlar eng avvalo, «Eski dunyo» hududlariga, ya’ni G`arbiy Yevropa, Osiyoning janubiy mintaqa kengliklarida joylashgan mamlakatlariga xosdir. Tabiiyki, o'rta asrlar davrida aholining yashash hududlari yanada kengaydi. Bular, eng avvalo. kashf qilingan «Yangi dunyo» deb atalmish Amerika va Avstraliya qit’alarining o'zlashtirila borishi misolida o'z ifodasini topadi.
Jamiyat bilan tabiatning о‘zaro ta’siri jarayonining 4-bosqichda inson tomonidan tabiatni o'zlashtirish ancha tezlashdi. Ayniqsa, Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishi xilma-xil tabiiy resurslarni о`zlashtirish sur’atlarini keskin tezlashtirdi. Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika, shumngdek, insoniyatning eng qadimiy beshiklaridan Osiyo hududlarini to'laroq egallash, ulami mustamlakalarga aylantirish va iqtisodiy jihatdan o'zlashtirish harakatlari mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy mazmuniga aylangan edi. Tabiiyki, bu holat Yevropada sanoat rivojlanishida tub burilishlaming boshlanishiga asos bo`ldi. Dunyo miqyosida tabiiy landshaftlarning tez suratlarda о`zlashtirilishi (bo'sh yotgan yerlarning haydalib ekin maydonlariga aylantirilishi, tabiiy va ijtimoiy boyliklarning ayoviz ishga solina borishi, temiryo`llar qurilishining avj olishi kabilar) natijasida inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’siri sekin-asta kuchayib boradi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika inqilobi davrida jamiyat va tabiat о rtasidagi o'zaro munosabatlar faolligi o'zining eng yuqori darajasiga yetdi. Bu bosqichda «Jamiyat - tabiat» ning o'zaro munosabatlarida jamiyatning faolligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Bu davrga kelib inson tomonidan yer yuzasi tabiatini keng miqyosda o'zlashtirishga erishildi. Ayniqsa, FTI davrida turli tabiiy resurslardan foydalanish sur’atlarining tinimsiz ortib borishi, tabiatga murakkab tarkibli, ko`p hollardada har taraflama zaharli sanoat va boshqa turdagi chiqindilarning tinimsiz chiqarib tashlanishi tobora «Jamiyat-tabiat» о`rtasi­dagi o'zaro munosabatlardagi muvozanatning buzila borishiga sabab bo`lmoqda.
Tabiiy resurslar bilan ta`minlanganlik deganda, tabiiy resurslarning umumiy ko`lami ko`rsatkichlari bilan ulardann foydalanish miqdori o`rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs zahirasining aholi jon boshiga qanchadan to`g`ri kelishi bilan ifodalanadi.
Ko`pchilik tabiiy resurslar, eng avvalo, turli moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Shu sababli sanoat xomashyolari bilan ta`minlanish muammosi ko`pchilik mamlakatlar oldida dolzarb bo`lib turadi.
Tabiiy resurslarning ba`zi birlari, o`z navbatida, yana ham mayda va kichik turlarga taqsimlanadi. Tabiiy resurslar tabiatda kelib chiqishi, ishlatilishi xususiyatlariga ko`ra tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga bo`linadi. Tuproq, mieral, o`simlik, hayvonot, rekreatsiya kabi resurslar tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Ular, o`z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga bo`linadi. Tiklanishi mumkin bo`lgan tabiiy resurslarga tuproq, o`simlik, hayvonot, rekreatsiya, chuchuk – iste`mol suvi kabi boyliklar kiradi. Mineral (yer osti) resurslari tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.
Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yerning ichki (geotermal) energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo`ylab notekis joylashgan. Fors qo`ltig`i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va molubden rudalariga, Shimoliy yarimsharning o`rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o`rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi bir qator ulkan davlatlar amalda tabiiy resurslarning deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta`minlangan. Shuningdek, ko`pgina mamlakatlar muhim tabiiy boyliklarning bir yoki bir necha turlarigagina ega. Jahonda uchinchi xil mamlakatlar, masalan: Andorra, Okeaniya va Karib havzasidagi bir qator mamlakatlar tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli darajada ta`minlanmagan.
Tabiiy geograflarning diqqatini o`ziga tortgan quruqlik planetamizning 29,2% yer yuzasini egallaydi. Qolgan maydon 70,8% i Dunyo okeaniga to`g`ri keladi. Shuning uchun yer yuzasi tuzilishining umumiy tabiiy geografik qonuniyatlari okeanlar tabiiy geografiyasi asoslarisiz to`la bo`la olmaydi. Dunyo okeani osti relefi to`g`risidagi eng umumiy tasavvurlarni batigrafik egri chiziqlar berib, u okean osti maydonining taqsimlanishini ko`rsatadi. Biroq chuqurlik darajasi ko`pchilik hollarda Dunyo okeani osti relefining elementlarini to`la aks ettira olmaydi.
Dunyo okeani osti quyidagi yirik elementlarga bo`linishi mumkin. Bular geoteksturalar yoki planetar morfostrukturalar: materikning suv ostidagi davomi, o`tkinchi zona, okean lojasi va okean ostidagi suv osti tizmalari.
Materikning suv ostidagi davomi shelfdan, materik yonbag`ridan va materik etagidan iborat. O`tkinchi zona o`z navbatida o`tkinchi oblastlarga bo`linadi. Har bir oblast tarkibida chekka kolovina yoki o`rta dengiz, orollar yoyi va chuqur yoriq yoki cho`kmalar. Okean Lojasi okean kotlovinalaridan va turli tipdagi balandliklardan tarkib topgan. Okean osti tizmalari rift va chekka zonalarga bo`linadi.
Ma`lumki, materik va okean lojasi ostida ham yer qobig`i bir xil tuzilishga ega emas. Materiklar uchun harakterli bo`lgan yer qobig`ini tiplari materikni deb yurtiladi. Materik qobig`ining qalinligi o`rtacha 35 km ga yaqin. U 3 ta qatlamdan iborat. Yuqori qatlam cho`kindili qatlam. Undan pastda granitli qatlam bo`lib, to`lqinlarni tarqalish tezligi 6 km/sek. Qatlamni qalinligi 15 – 17 km. Undan pastda zich jinslardan tuzilgan bazaletli qatlam bor. To`lqinni tarqalish tezligi 6,7 – 7,2 km/sek.
Okean lojasi ostidagi yer qobig`i okean qobig`i deb yuritiladi. Uni qalinligi materik qobig`ini qalinligiga qaraganda o`rtacha 5 marta kam, aniqrog`i 7 km ga teng. Yuqori cho`kindili qobig`ini qalinligi 1 km ga yaqin. To`lqinni tarqalish tezligi 1,5 – 4,0 km/sek. bu qatlam ostida yanada zichroq qatlam bor. Ulardan ham pastda bazalt qatlami bo`lib, qalinligi 5 km ga yaqin.
Materik hamma yerida davom etadi. Okean qobig`i esa faqat okean lojasida tarqalgan xalos.
Nisbatan dengiz (okean) ostining chuqur bo`lmagan materik qirg`og`iga yaqin qismlari shelf deb ataladi. Uni ko`plab daryo vodiylari kesib o`tadi. Shelfda yaqin vaqtlarda to`rtlamchi davr muzlanishi zonasi ta`sirida bo`lganligidagi turli xildagi relef hosil qiluvchi harakatlarning izlari – silliqlangan qoyalar “qo`y peshonalari”, cheka morenalar aniqlandi. Bundan tashqari qadimgi lotinental yotqiziqlar ham keng tarqalgan. Bu shuni ko`rsatadiki yaqin vaqtlarda quruqlikning qirg`oq bo`ylarini oxirgi muzlanish tamom bo`lgandan keyin Dunyo okeanining sathi ko`tarilgan, suv bosgan.
Shelfda turli xil hozirgi zamon relef hosil qilish protsesslari sodir bo`lmoqda. Birinchi o`rinda dengiz to`lqinlarining akkumulyativ harakatlarini qo`yish mumkin. Hozirgi zamon relef hosil qilishdagi muhim olim dengiz suvining ko`tarlishi harakatlari. Tropik va ekvatorial dengizlarning shelfida katta relef hosil qiluvchi va geologik faoliyatini rif qurilmalar marjon karon poliplari, suv o`tlari o`ynaydi. Neft – gaz konlari topilgan qirg`oq bo`yi tekisliklariga tutash shelflarga qiziqish katta bo`layapti.
Hozirgi paytda bir qancha shelflarda neft – gaz qazib olinmoqda.
Shelfdagi baliq boyliklarini amaliy ahamiyati bor. Hozirgi vaqtda ovlanadigan baliqlarning yarmi shelf suvlariga to`g`ri keladi. Shelf resurslari orasida qurilish materiallari zahiralari ham katta.
Shelf okean tomonidan ma`lum bir chegaraga ega. shelf chekkasida bir daniga qiyalik ortadi, chuqurligi 100 – 200 m dan 3000 – 35000 m ga chuqurlashadi. Bu qism materik yonbag`iri deb yuritiladi. Yonbag`irda vodiysimon shakldagi suv osti daralari uchraydi. Unda gravitatsion protsesslar sodir bo`ladi. cho`kindi jinslarni yonbag`ir bo`ylab aralashuvi, suv osti so`rilmalari yuz beradi.
Materik yonbag`rining amaliy ahamiyati ham bor. Dengiz bo`yi mamlakalarida 200 milli zonani kiritilishi bu qismni o`zlashtirishni tezlashtirib yuboradi.
Materik yonbag`ri bilan okean lojasi oralig`ida materik etagi bor.
Atlantika, Hind va butun Shimoliy Muz okeanida materikning suv osti chekka qismlari to`ppa – to`g`ri okean lojasi bilan qo`shilib ketadi. Tinch okeani chekkalarida, Karib dengizi, Hind okeanining shimoli – sharqiy qismlari okeandan quruqlikni o`tishda murakkabroq sistemali o`tishi aniqlangan. Tinch okeanining g`arbiy chekka qismlari Bering dengizidan to Yangi Zellandiyagacha materikning chekka qismlari va okean lojasi orasida keng polosada o`tkinchi zona bor. Bu zona cheka dengizlarning chuqur kotlovinalaridan iborat. Kotlovinalar suv osti tizmalari bilan chegaralangan. Vulkanik orollar, orollardan yoyi hamda tor, juda chuqur cho`kmalardan iborat. Bunday cho`kmalarda okeanning eng chuqur yerlari tarqalgan. Orollar yoyi bilan ajralib turadigan dengizlar chuqur, osti notekis, suv osti tog`lari, balandliklari, tepaliklari ko`p. Ba`zi dengizlarni osti tekis, cho`kinlarning qalinligi 2 – 3 km dan oshadi. Orollar yoyi – suv osti tizmalaridan iborat, ularda vulkanlar bor. Harakterli tomoni shundaki harakatdagi vulkanlarning suv ustida ko`tarilib, orollarni hosil qilgan. Masalan Kuril orollari.
Yana shunday o`tkinchi oblastlar borki bunda bitta emas bir qancha orollar yoyi bo`ladi. Masalan, Sulavemi va Xalmagera, Yapon orollari yoyi.
O`tkinchi zonaning muhim geografik va geologik xususiyatlari vulkan harakatlari bilan bir qatorda yuqori darajada seysmikligidir. Bunday joylarda yer qimirlash uchoqlari (efitsentri)ning uchala chuqur, o`rtacha va yuzaki o`choqlari bor. Okean ostida o`rtacha okean osti tizmalari bor. Bunday tizmalarni borligi 50 – 60 yillardan aniqlandi. Suv osti tizmalari hamma okeanlar orqali o`tadi. U Shimoliy Muz okeanidan (Gakkel, Knipovich, Leona va Kolbeynsey) boshlanib Atlantika okeanida davom etadi. O`rtaliq Atlantika tizmasini hosil qiladi. Bu tizma Janubiy Atlantikadagi Buve oroligacha davom etadi. Afrikani janubida Afrika – Antarktika tizmasi sifatida Hind okeaniga o`tib ketadi va g`arbiy Hindiston tizmasi deb ataladi. Hind okeanining markaziy qismida o`rtaliq okeant osti tizmasi 3 ta tarmoqqa bo`linadi. Ulardan biri g`arbiy Hindiston tizmasi bo`lsa, boshqasi shimolga ketadigan Arabiston – Hindiston tizmasi va uchinchisi janubi – sharqqa tomon Markaziy Hindiston tizmasidir.
O`rtaliq okean osti tizmalari sistemasini o`rganish shuni ko`rsatdiki bu bir qancha tog` tizmalaridan iborat tog`lar sistemasidir. Ularni kengligi 1000 km ga, umumiy uzunligi va 60 ming km ga boradi. Haqiqatdan ham Yer sharidang eng katta tog` sistemalaridir. Unga teng keladigan quruqlikda yo`q.
Dunyo okeani gidrosferaning asosiy suvi to`plangan joyi hisoblanadi. Dengiz yer yuzasida suvi eng ko`p tarqalgan, juda murakkab ximik eritma. Tarkibida 60 dan ortiq turli komponentlar bo`lib, komponentlarni nisbati doimiyligi bilan ajralib turadi. 1 kg dengiz suvidagi qattiq erigan jinslarni promillilarda ifodalanishi suvning sho`rligi deb ataladi.
Faqat Mendeleev jadvalida 13 ta element dengiz suvida 0,1 mg/l dan ko`proq. Cl, S, C, Sr, Na, K, Mg, Br, B, Si, F, Ra, N. Juda yuqori darajadagi ayrim komponentlar ham bor. Bular Cl – 19500 mg/l, Na – 10833, Mg – 1311, S – 910 mg/l. Dengiz suvida mineral elementlaridan tashqari 2 mg/l ga yaqin organik moddalar bor. Dunyo okeanining o`rtacha sho`rligi suv havzasida 32‰ dan 37‰, ostidagi suv qatlamlarida 34‰ dan 35‰ gacha boradi.
Suvning sho`rligi va harorati suvning zichligini aniqlab beradi. Dengiz suvini o`rtacha zichligi 1 dan yuqori, eng katta zichlik tropiklarda yuza qatlamda va eng chuqur joylarda kuzatiladi. Issiqlik to`plashi jihatidan suv faqat suyuq ammiak yoki vodoroddan keyin turadi. Yuqori darajada issiqlikni to`plashi uzoq vaqt haroratni saqlab turish imkonini beradi.
Geologik o`tmishda Dunyo okeanining sathi bir necha marta o`zgarib turgan. Bu trangressiya va regressiya yotqiziqlari qoldirganligida aks etadi. Bu yotqiziqlar materik platformalarining cho`kishi qobiqlaridir. To`rtlamchi davrda muzlanish hisobiga okean sathi -100 m gacha pasayib, to +10 metrgacha ko`tarilib turgan. Regressiya davrlari muzlik qoplangan davrga to`g`ri keladi.
Okean suv sathi hozirgi nolli sathga bundo`an 6000 yil oldin oxirgi materik muzligidan keyingi trangressiyada yaqinlashgan. Kuzatishlardan ma`lum bo`ldiki (200 yil ichida), Dunyo okeanining sathi har yili 1,2 mm/ yil ortayapti. Bu shuni ko`rsatadiki kirim bilan chiqim o`rtasida tafovvutlar bor.
Okean ustidagi havoning harorati amplituda quruqlik ustidagi havoga qaraganda kam farq qiladi. Suv haroratining sutkalik o`zgarishi okean yuzasining katta qismida 05 – 10. Joyning kengligiga qarab yillik amplituda bir necha gradus 5 – 100 bo`lishi mumkin.
Eng iliq suv ekvator zonasida bo`lib, maksimal yillik harorat 26 – 280. Ekvatorial va tropiklardagi suvlar 250 li yillik izoterma bilan belgilangan, faqat Atlantika va Tinch okeanning sharqiy chekkalarida nisbatan past harorat kuzatiladi.
Okean suvining o`rtacha harorati 17,50. Bu jihatdan eng iliq okean Tinch okean bo`lib, 19,40, eng sovug`i Shimoliy Muz okeani -0.750 dir. Ekvator – tropik zonaning sharqiy rayonlari g`arbiga qaraganda sovuqroq. Atlantika okeanida mo``tadil mintaqada iliqroq suvlar sharqiy chekkalarida uchraydi.
Chuqurlikka tomon harorat ham pasayadi. Ayniqsa 100 m dan 700 m gacha haroratning keskin o`zgarishi kuzatiladi. Undan pastda harorat juda sekinlik bilan pasayib suv osti qatlamilarida 1 – 2.50. Antarktika va Arktika bo`yicha suvlarining ostida suv harorati salbiy 0,20 dan to -1,30.
Dunyo okeani muz rejimiga e`tibor beriladigan bo`lsa, uning katta qismida suv yuzasining harorati sho`r suvning muzlash nuqtasidan yuqori. Shuning uchun ham muz hosil bo`lishi faqat qutb kengliklarida kuzatiladi. Mo``tadil mintaqada mavsumiy muz qoplami ko`proq sayoz dengizlar yuzaga keladi. Antarktikada shelf muzliklari keng tarqalgan. SHelf muzliklarining chekkalaridan sinib tushgan muzlar suzib yuruvchi tog`lari – aysberglarni hosil qiladi. Arktika aysberglarni hosil bo`lishi qoplama muzliklarga bog`liq. Juda katta muz massasi va aysberg suvlarida haroratni saqlanib turishi juda ham uzoq vaqt erimay turishiga olib keladi. Shimoliy yarim sharda 500 shimoliy kenglik, janubiy yarim sharda 300 janubiy kenglik. Muz massalari erimay saqlanadi. Dunyo okeani suv yuzasi harakati atmosferaning umumiy tserkulyatsiyasi qonuniyatlari bilan aniqlanadi. Bu harakat Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi bilan bog`liq. Mana shu bilan bog`liq holda Dunyo okeanining doimiy oqimi shakllanib geostrofik oqim deb ataladi (ge – yer, strofe – aylanish).
Har ikkala yarim sharning subekvatorial zonasida passat atmosfera tsirkulyatsiyasi ta`sirida passat oqim yuzaga kelib okeanni sharqdan g`arbga tomon kesib o`tadi. Passat oqimlari quruqlikka yaqinlashi va okeanning g`arbiy qirg`og`ida tarmoqlarga bo`linadi. Shimoliy yarim shardagi tarmog`i janubga tomon, janubiy yarim sharda shimolga tomon harakat qilib g`arbdan – sharqqa tomon harakatlanayotgan ekvatorial oqimni to`yintiradi. SHimolga harakatlanayotgan shimoliy passat oqimining tarmog`i mustaqil oqim sifatida harakatlanadi. Bu oqim Kariolis kuchining ta`sirida g`arbiy havolar oqimga aylanib, okeanni g`arbdan – sharqqa kesib o`tadi. (SHimoliy Atlantika oqimi). Okeanning g`arqiy chekkalariga kelib, bu oqim ham tarmoqlanadi, iliq oqimning boshlanishiga asos bo`ladi (Okean chekkasi bo`ylab shimolga harakat qiladi), janubga tomon sovuq yaqin harakatlanadi.
40 – 500 janubiy kengliklar orasida g`arbiy havo tsirkulyatsiyasi ta`sirida g`arbiy shamollar yuzaga kelib, janubiy materik yaqinida Peru “Bengaliya”, g`arbiy Avstraliya sovuq oqimlari sifatida tarmoqlanadi.
Oqimlar tsiklon, antitsinklon sismetasi temasidagi aylanma harakatlarni yuzaga keltirib, qonuniy ravishda shimoldan janubga tomon bir – biri bilan almashinib turadi.
Okeanda bo`ladigan turli – tuman harakatlar orasida to`lqinlarning harakati muhim o`rin egallaydi. Bular orasida shamol to`lqinlari, suvning ko`tarilishi va qaytishidan hosil bo`lgan to`lqin harakatlari alohida ajralib turadi.
Havo oqimlarining ta`siri ostida dengiz sathining yuza qatlamlarida to`lqin harakatlari paydo bo`ladi. To`lqin harakatlari to`lqin energiyasi bilan baholanadi. Bu albatta to`lqinlarning balandligiga bevosita bog`liq. Qanchalik shamol barqaror va kuchli bo`lsa to`lqinlanish ham shuncha kuchli bo`ladi.
Okeanda suvning ko`tarilishi va qaytishi Oyo va Quyoshning tortish kuchi bilan bog`liq. Hosil bo`ladigan to`lqinlar juda katta uzunlikka va katta davrga ega. Ba`zi bir sharoitlarga bog`liq holda Dunyo okeani qirg`oq bo`yi rayonlarida yarim sutkalik va sutkalik suvining ko`tarilish qayd etiladi. Bundan tashqari to`g`ri va noto`g`ri suv ko`tarilishlari ham mavjud. Eng ko`p noto`g`ri suv ko`tarilishlari aniqrog`i ko`tarilish va qaytishni davomiyligi bir xil emas. Ko`pincha suvning ko`tarilishi qaytishiga qaraganda kamroq vaqt davom etadi. Bu ko`tarilish va qaytish oqimlarining tezligini aniqlaydi.
Suv ko`tarilish to`lqinlarining quvvati to`lqin balandligining quvvati to`lqin balandligining kvadrati bilan aniqlanadi. Suvning ko`tarilish balandligi okeanning turli rayonlarida bir xil emas. Ochiq okeanda 1 m dan biroz yuqori bo`lsa, qirg`oq bo`yi polosalarida joyiga qarab katta farq qiladi. Dengizning chuqurligi, qirg`oqlarini tuzilishi va boshqa omillar o`z ta`sirini ko`rsatadi. Suvning eng baland ko`tarilishi Fandi qo`ltig`ida 18 m ga, Mezen (Oq dengiz), Penjina (Oxota dengizi) qo`ltiqlarida 10 m dan oshadi.
Suvning dinamikasida va okeandagi hayotni mavjudligida vertikal tsirkulyatsiya katta rol o`ynaydi. Okean suvlarini almashinib turishida to`lqinlar, suvni ko`tarilishi va qaytishi harakatlari doimiy oqimlar suvning zichligi kabilar bosh omil bo`lib xizmat qiladi. Zich sovuq suvlar suvning o`ta sho`rligi tufayli chuqurlikka tomon boradi. Bu suvlar chuqurlikka tushgan sari chuqurlikdagi suvlarni siqib yuqoriga chiqara boshlaydi. Yuzadagi suvlarni chuqurlikka tomon tushishi, chuqurliklardagi suvlarni yuqoriga ko`tarilishi muhim ahamiyatga ega. Bu okeanning turli chuqurliklarida hayotni rivojlanishiga sharoit tug`diradi.
Kuchli sovugan arktika va antarktika suvlari pastga tushganda suv osti oqimlarini hosil qiladi. Bu o`z navbatida yotqiziqlarni yotqizilishida, relefning akkumulyativ fermalarini hosil bo`lishida muhim rol o`ynaydi.
Dengiz suvlarini vertikal aralashuvida suvning zichligi, harorati hali katta ahamiyatga ega. Suvning gorzontal va vertikal aralashuvida asosida mexanizm harorat va sho`rlikning qayta taqsimlanishidir. Yaxshi iligan oblastdagi harakatlanayotgan oqim okean yuzasinig iqlimiga va unga yaqin bo`lgan quruqlikka ham ta`sir etadi. Atlantika, Tinch, Hind okeani ekvatorial zonasida suv yuza qatlamlari ostidagi oqimlar okean suvlarining vertikal va gorizontal tsirkulyatsiyasiga misol bo`ladi.
Okeandagi suv massasi yuza, oraliq, chuqur va ostidagi suv massalariga bo`linadi. Har bir asosiy suv massasi ham kichik tiplarga bo`linadi. Jumladan yuza qatlamdagi suv massasi ekvatorial (E), tropik (SHT, JT), subarktika (SbAr), subarktika (SbAn), Antarktika (An) va arktika (Ar) tiplariga bo`linadi.
Suv yuzasi qatlamlari eng o`zgaruvchan, harakatchan bo`ladi. Chunki u atmosfera bilan bevosita aloqada turadi. Yuza qatlamining qalinligi 200 – 250 m. Oraliq suv massasi qutb oblastlarida harorati yuqori, mo``tadil va tropik kengliklarda harorati past yoki ortiqcha sho`rlangan qatlamlarga bo`linadi. Uni quyi chegarasi 1000 – 2000 m chuqurdadir. Bu suv massasining asosiy qismi yuza suvlarning qutb kengliklarida past tushishidan yuzaga keladi.
Atlantika va Hind okeanining shimoliy qismlarida oraliq suvlar parlanish katta bo`lgan oblastlarda yuzaga keladi. Yuza qatlamdagi suvlarning parchalanishi natijasida suvlar ancha sho`r va zich bo`ladi. Natijada bunday suvlar oraliq suvlarga aylana boradi. Bundan tashqari O`rta dengiz va Qizil dengizning sho`r suvlari okeanga tomon oqim hosil qiladi, oraliq qatlamlarni yuzaga keltiradi.
Chuqurlikdagi suv massalari yuqori kengliklarda yuza va oraliq suv massalarining shelfda sovushi natijasida yuzaga keladi. Past haroratli suvlar shelfda materik yonbag`ri bo`ylab pastga tushadi va ekvatorga tomon harakatlanadi. Chuqurlikdagi suv masaasining quyi chegarasi 4 – 4,5 ming m chuqurliklardan o`tadi. Chuqurlikdagi suvning harorati 3 – 50, sho`rligi 35‰ gacha boradi.
Okean ostidagi suv massasi eng past harorati va juda zichligi bilan ajralib turadi. Umuman olganda okean suvlari doimo harakatda. Bunga asosiy sabab atmosferadan keladigan energiya oqimlari va Yerning tortish kuchidir. Okean suvlarining dinamikasi shuni ko`rsatadiki hayotning rivojlanishi okeanlardagi geologik protsesslarni aniqlashda muhim sharoit yaratadi.



Yüklə 41,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin