1 Mavzu Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Jahon xo‘jaligining vujudga kelishidagi birinchi bosqich XV-XVI asrlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqich buyuk geografik kashfiyotlar, jahon mustamlaka tizimining shakllanishi, jahon kapitalistik bozorining paydo bo‘lishi va manufaktura davri hisoblanadi. Bu davr mustamlaka mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Jahon xo‘jaligi bu bosqichda mamlakatlarning (birinchi navbatda, ustamlaka egalari va mustamlakalar) tashqi savdo sohasidagi o‘zaro munosabatlarining yig‘indisi sifatida talqin etiladi va ustun darajada savdo kapitalini sarflanish sohasi hisoblanadi.
Jahon xo‘jaligining vujudga kelishidagi birinchi bosqich XV-XVI asrlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqich buyuk geografik kashfiyotlar, jahon mustamlaka tizimining shakllanishi, jahon kapitalistik bozorining paydo bo‘lishi va manufaktura davri hisoblanadi. Bu davr mustamlaka mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Jahon xo‘jaligi bu bosqichda mamlakatlarning (birinchi navbatda, ustamlaka egalari va mustamlakalar) tashqi savdo sohasidagi o‘zaro munosabatlarining yig‘indisi sifatida talqin etiladi va ustun darajada savdo kapitalini sarflanish sohasi hisoblanadi.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XVII asrning birinchi yarmi
— XIX asrni qamrab oladi. Ushbu bosqich jahon kapitalistik bozorining shakllanishi,
xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to‘ntarishi, burjuaziya inqilobi,
manufakturadan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o‘tish), jahon savdosining xalqaro
iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi, milliy tovarlar eksportining ko‘payishi
bilan tavsiflanadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo integratsiyasining zaiflashuvi xo‘jalik
hayotinin
g baynalminallashuvi bilan bog‘liq quyidagi tamoyillar hisobiga rivojlangan:
• xalqaro mehnat bozorida baynalminallashuv jarayonining chuqurlashuvi —
1870-1913-yillar davomida Yevropani 36 mln. kishi tark etdi va ularning 2/3 qismi
AQSh ga ko‘chib o‘tdi. Osiyo hududida esa xitoy va hind emigrantlarining
soni Yevropa emigrantlaridan ham oshib ketdi;
xalqaro kapitallar oqimining ko‘payishi — 1914-yilga kelib uzoq muddatli xorijiy
investitsiyalarning umumiy hajmi 44 mlrd. dollarga yetdi va ushbu jarayonda
Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya faol ishtirok etdi. Xalqaro kapitallar
harakatida umuman rasmiy cheklovlar bo‘lmaganligi tufayli. Shuningdek,
qimmatbaho qog‘ozlar bozorining baynalminallashuvi ham yuqori darajaga yetdi.
1913-yilda London fond bozorlarida sotilayotgan qimmatbaho qog‘ozlarda
xorijiy qimmatbaho qog‘ozlar ulushi 59 %ni, Fransiyada esa ushbu ko‘rsatkich
1908-yildayoq 53 %ni tashkil etdi;
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ta’sirida xalqaro ishlab chiqarishning
o‘sishi tufayli — 1914-yilga kelib to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xalqaro
kapital harakatining asosini tashkil qildi. Bu davrda Buyuk Britaniya to‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy eksportyori hisoblangan. Jami to‘g‘-
ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 45 % Buyuk Britaniya hissasiga, 20 % esa
AQSh hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy importyorlar AQSh, Lotin Amerikasining
rivojlanayotgan mamlakatlari, Xitoy va Yevropaning rivojlangan mamlakatlari
hisoblandi. 1914-yilga kelib to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy
oqimi rivojlangan mamlakatlarga yo‘naltirilgan edi. Jahon xo‘jaligining bu davri
kapital ishlab chiqarish sohasida sanoati rivojlangan mamlakatlarning o‘zaro
aloqalari va mustamlakalari bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlari xalqaro
iqtisodiy munosabatlar majmuasini tashkil eta boshladi.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi uchinchi bosqich I va II jahon urushlari
davrini o‘z ichiga oladi. Ushbu davr jahon mamlakatlari iqtisodiyotining 1920-yildan
keyingi jadal rivojlanishiga qaramay xalqaro moliya tizimining yuqori darajada
beqarorligi, industrial mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib ketishi
bilan ajralib turadi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi to‘rtinchi bosqich II jahon urushining
oxirlaridan boshlanib, 90-yillarning birinchi yarmiga qadar davom etdi. Ushbu
davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo‘lga qo‘yish yoki yangi xalqaro
iqtisodiy tartibni shakllantirish davri sifatida tavsiflanadi. Bu davrda jahon
iqtisodiyotining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi: barqaror iqtisodiy
o‘sish sur’atlari; dunyo mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik va mehnat unumdorligini
oshirish sohasida birlashish tamoyillarining kuchayishi; tashqi savdo siyosatini
erkinlashtirish; ilmiy-texnik taraqqiyotning jadal rivojlanishi; mustamlakachilik