3. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish shakllari
Ishsizlik – mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi bir qismining foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan ishchi kuchining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga
joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni bir ishdan bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi.
Soliqlar,ularning vazifalari va turlari
Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Soliq islohotlari — soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari. Iqtisodiyotni isloh qilishining muhim, ajralmas qismi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Soliq islohotlari strategiyasi huquqiy va demokratik davlatni barpo etish konsepsiyasi asosida shakllanmoqda.
Davlatning pul kredit siyosati
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o‘rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab o‘tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning o‘zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o‘rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir.
Dostları ilə paylaş: |