Modelda ehtimoliy harakatlar xarakteristikalarini aniqlash.
Qurilgan bu modeldan muvozanat holati o‘zgarganda raqiblarning kutilayotgan ehtimoliy harakatlari xarakteristikalarini aniqlash mumkin. Faraz qilaylik, qurollanish sur’ati har ikki mamlakatda uncha katta bo‘lmagan qiymatga o‘zgarsin . Shu bilan birga qurollanish hajmi ham o‘zgaradi, shuningdek har ikki tomon va orttirmalar uchun (3) dan
tengliklar hosil qilinadi.
Soddalik uchun, raqiblar o‘zaro ishonchsizlik darajasi teng deb hisoblaymiz. U holda tenglikdan muvozanatning kichik o‘zgarishlarida tomonlar tengligi (paritet) shartini hosil qilamiz:
(5)
U mamlakatlar o‘rtasida mos kelishuvlarga asos bo‘lishi mumkin. Agar, masalan, bo‘lsa (5) tenglikdan
(6)
bo‘lganda (ikkinchi tomon qurollanishi o‘sish sur’ati birinchisinikiga nisbatan pastroq ) tenglik saqlanishi uchun ya’ni ikkinchi tomonning ((6) formulaga asosan) qurollanish amortizatsiya (eskirish) sur’ati pastroq bo‘lishi kerak. Qarama-qarshi tengsizlikda amortizatsiya tezliklari o‘rtasida teskari munosabat hosil qilinadi.
Nazorat savollari. Qurollanish poygasining dinamikasi.
Sifat o‘zgarishining muvozanat bo‘lishi shartini tushuntiring.
Tomonlarning qurollanishi o‘sish sur’atlarini tavsiflang.
13 MARUZA. IKKI ARMIYA JANGOVAR HARAKATI MODELI. Reja: Masalaning qo'yilishi. Harbiy harakatlar modelini keltirib chiqarish.