Jamiyat tushunchasi: mohiyati va taraqqiyoti qonuniyatlari. Taraqqiyotning o’zbek modeli. Inson haqida falsafiy tushuncha



Yüklə 59,02 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü59,02 Kb.
#205128
  1   2   3   4
FALSAFA VA UNING JAMIYAT HAYOTIDA RO’LI


FALSAFA VA UNING JAMIYAT HAYOTIDA RO’LI


REJA:

  1. Jamiyat tushunchasi: mohiyati va taraqqiyoti qonuniyatlari.

  2. Taraqqiyotning o’zbek modeli.

  3. Inson haqida falsafiy tushuncha.

  4. Tsivilizatsiyalashgan jamiyat barpo etish va barkamol insonni shakllantirish vazifalari.

Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Er sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Kuyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy maonoda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, tsivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi.


Jamiyat - tabiatning bir qismi, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha taoriflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yanticha idrok etish extiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.
Jamiyat moddiy va maonaviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va maonaviy hayot bir-biridan keskin farqlanar, moddiy hayotni tadqiq etishga ko’proq E’tibor berilardi. Holbuki, jamiyat mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va maonaviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va maonaviy manfaatlarini uyg’unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani taokidlangan. Inson maonaviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi maonaviyatini yuksaltirishga, milliy g’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta E’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha, ilmsiz bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq maonaviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonliknn taominlashga katta E’tibor berilyapti.
Kishilarni oila va jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar E’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish - uni ilohiy kuch, Alloh bilan bog’lab izohlashdir.
Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va maonaviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga intilgan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali maonaviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va maonaviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan.
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari: oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va maonaviy ehtiyojlarini qoldirshga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi Masalan, oila, davlat, taolim-tarbiya, mahalla, vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi.
Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak. uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriet qoldirish kabilardan iboratdir. Maonaviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, sanoat, g’oya, mafkura, go’zallik, maonaviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy extiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va maonaviy olamni uyg’unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texiika insonning maonaviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak maonaviyat tufayligina o’z extiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’laroq qondirish imkoniga ega bo’ladi. Mamlakatimizda maonaviyat masalalariga alohida E’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va maonaviy hayoti kishilarning moddiy va maonaviy extiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg’i, kommunikatsiya vositalari; moddiy neomatlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteomol.qilish; ishlab chikarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar.
Jamiyatning maonaviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’g’risidagi qarashlar, nazariyalar, taolimotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, taolim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. Jamiyatning moddiy va maonaviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari xam muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida alohida o’rin tutadi.



Yüklə 59,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin