Жамият ва инновациялар Общество и инновации



Yüklə 70,08 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü70,08 Kb.
#166415
Kasb-hunar nomlarining lugaviy-manoviy guruhlari



Жамият ва инновациялар – 
Общество и инновации – 
Society and innovations 
Journal home page: 
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
 
Semantic and dictionary meanings of the word-groups denoting 
professional names 
Elyor IMAMOV

Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO 
ABSTRACT
Article history: 
Received March 2021 
Received in revised form
20 March 2021 
Accepted 15 April 2021 
Available online
20 May 2021 
The article discusses the lexical units of the language, 
including the fact that professional names belong to the semantic 
field of personal names according to the nature of their meaning, 
professional names belonging to the semantic field of personal 
names are divided into several thematic groups. 
2181-1415/© 2021 in Science LLC. 
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords: 
lexical unit,
semantic field,
archisema,
phrase,
system-structural method, 
semantic group.
Kasb-hunar nomlarining lug‘aviy-ma’noviy guruhlari va tahlili 
АННОТАЦИЯ
Kalit so‘zlar: 
Lug‘aviy birlik,
semantik maydon,
arxisema,
ibora,
sistem-struktur metod, 
mazmuniy guruh. 
Maqolada tildagi lug‘aviy birliklar, shu jumladan, kasb-hunar 
nomlari o‘z mg‘no xususiyatiga ko‘ra shaxs nomlari semantik 
maydoniga mansubligi, shaxs nomlari semantik maydoniga 
mansub kasb-hunar nomlari bir qancha mavzuviy guruhlarga 
bo‘linishi haqida so‘z boradi. 
1
Lecturer, Kokand State Pedagogical Institute. Kokand, Uzbekistan.
E-mail: imomovelyor@gmail.com. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
491 
Семантический анализ слов обозначающих профессиональные 
имена 
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова: 
лексическая единица, 
семантическое поле, 
архетип,
фраза,
системно-структурный 
метод, семантическая 
группа.
В статье рассматриваются лексические единицы языка, в 
том числе принадлежность профессиональных имен к 
семантическому полю личных имен по характеру их 
значения, профессиональные имена, принадлежащие 
семантическому полю личных имен, делящихся на 
несколько тематических групп.
Tilshunoslikda semantik yoki tushuncha maydoni haqidagi fikrlar Vilgelm fon 
Gumboldtning “tilning ichki formasi” haqidagi qarashlari negizida XX asrning boshlarida 
paydo bo‘ldi. 
Ma’lum bir arxisema (umumiy sema) asosida birlashuvchi so‘z va iboralar majmuiga 
semantik yoki tushuncha maydoni deyiladi. 
O‘zbek tilshunosligida leksikani semantik maydon asosida o‘rganish tilimizga 
sistem-struktur metodlarning kirib kelishiga borib taqaladi. Leksemalarni tematik 
maydonlarini, leksemaning mazmuniy guruhlari va to‘dalarini, leksemaning ma’noviy 
munosabatlarini o‘rganish o‘zbek tili leksikologiyasining istiqbolli yo‘nalishlaridan birini 
tashkil qiladi. 
Tildagi so‘zlarning muhim xususiyati shuki, ular o‘zida qanday g‘oya tashiyotganiga 
qarab alohida semantic (tushuncha) maydonlarini hosil qiladi. 
Tildagi lug‘aviy birliklar, shu jumladan, kasb-hunar nomlari ham o‘z ma’no 
xususiyatiga ko‘ra shaxs nomlari semantik maydoniga mansub. O‘zbek tilidagi shaxs 
nomlari semantik maydoniga mansub kasb-hunar nomlari ham bir qancha mavzuviy 
guruhlarga bo‘linadi. Biz o‘zbek tilidagi kasb-hunar nomlarini Sh.Iskandarov, A.Sobirov 
tadqiqotlariga tayangan holda quyidagi mavzuiy guruhlarga ajratishni lozim topdik: 
1.
Ta’lim sohasi bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: 
adib, maktabdor, muallim, 
murabbiy, mudarris, o‘qituvchi, tarbiyachi
kabi
.
Ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari ichida eng qadimiylaridan biri 
bo‘lgan 
pedagog
so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, 
tarbiyachi
degan ma’noni anglatadi. Hozirgi 
o‘zbek tilida pedagog – bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, 
shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs, o‘qituvchiga nisbatan 
qo‘llanadi. 
Maktabdor
so‘zi tarixiy kasb-hunar nomi bo‘lib, oktabr to‘ntarishidan oldingi davrda 
xususiy maktabi bo‘lgan muallimga nisbatan ishlatilgan: muallim, murabbiy kabi 
tushunchalarni anglatgan: 
Solih mahdum, o‘z qatoridagi maktabdor domlalarni aslo ko‘rolmas, ularga qarshi 
yuragida umrlik kek saqlar edi.
(A.Qodiriy, “Mehrobdan chayon”).
Muallim
arabcha so‘z bo‘lib, 
o‘rgatuvchi, o‘qituvchi, ustoz
degan ma’nolarni 
anglatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p ma’noli so‘z sifatida quyidagi ma’nolarda 
ishlatiladi: 
1.
Dars beruvchi kishi; o‘qituvchi, pedagog: 
matematika muallimi.
2.
Ta’lim beruvchi, birovga biror narsa o‘rgatuvchi kishi; ustod-ustoz. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
492 
Murabbiy
arabcha so‘z bo‘lib, 
tarbiyachi
degan ma’noni anglatadi va hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 
1.
ayn. tarbiyachi: 
Murabbiy – bola qalbida nish ura boshlagan umid g‘unchalarining mehribon 
sohibidir.
(Usmonov S, “Odobnoma”).
Omuzgor
so‘zi arxaik kasb-hunar nomi bo‘lib, o‘rgatuvchi, ustoz ma’nolarini 
anglatgan: 
Yana surdi farmondehi ro‘zgor, 
Ey donnish ahlig‘a omuzgor. 
(“Saddi Iskandariy”, 295. B. 8.). 
O‘qituvchi
- fan tarbiya asoslaridan birini o‘qitadigan, dars beradigan kishi: 
Oqko‘lga o‘xshagan uzoq qishloqlarga o‘qituvchi yetishmas edi.
(Qodirov P. “Qora 
ko‘zlar”).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq kasb-hunar nomlaridan 
pedagog, muallim, murabbiy, o‘qituvchi
so‘zlari o‘zaro ma’nodoshlik kasb etadi va hozirgi 
kunda ham faol ishlatilmoqda. 
2.
Tibbiyot sohasi bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: 
tabib, azayimxon, akusher, 
aptekachi, dorigar, baleneolog, doktor, shifokor, jarroh (xirurg), vrach, laringolog, 
stamatolog. 
Tibbiyot – kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrini uzaytirish, 
kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar 
majmui. 
Tibbiyot
so‘zi o‘rnida 
meditsina, tabobat
so‘zlari ham ishlatiladi. Shu sohaga oid 
kasb-hunar nomlari ham bir qancha. 
Tabib
so‘zi arabcha bo‘lib, 
shifokor, da’volovchi; vrach
ma’nolarini anglatadi. Bu 
kasb-hunar nomi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 
1.
Bemorlarni davolovchi mutaxassis; vrach: 
Kasalning tuzalgisi kelsa, tabib o‘z 
oyog‘i bilan keladi.
(Maqol).
2.
Tibbiyot ilmidan muayyan mutaxassis tayyorlovchi o‘quv yurtida ta’lim olmagan, 
o‘z harakati, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi shaxs: 
Tabib qo‘y jigarini ham kabob qilib, bujg‘un sepib yeng, degan edi... dardi shifo topmabdi.
(M. Ismoiliy, “Farg‘ona tong otguncha”). 
Hozigi kunda 
tabib
so‘zining 
bemorlarni davolovchi mutaxassis, vrach 
ma’nosi 
eskirib, 
tabiiy usullar bilan, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolovchi shaxs
ma’nosi 
bilan iste'molda.
Akusherka
fransuzcha so‘z bo‘lib, 
tug‘ruqqa yordam bermoq
ma’nosini anglatadi. 
Homiladorlarni muntazam kuzatish, dispanser kuzatuv ro‘yxatiga olish, ularning 
kasalligini aniqlash, tug‘ruq vaqtida va tug‘ruqdan keyingi (chilla) vaqtida tibbiy yordam 
ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi, maxsus o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimi. 
Doktor
so‘zi lotincha bo‘lib, 
o‘qituvchi, muallim, ustoz
ma’nolarini anglatadi. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tilida ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 
1.
So‘zlashuv tilida kasalliklarni davolovchi oliy ma’lumotli tibbiyot xodimi; 
shifokor, vrachga nisbatan qo‘llanadi: 
Oyim ham tez-tez doktorga qatnaydigan bo‘lib qoldi.
(S.Siyoyev, “Yorug‘lik”) 
2.
Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan fan nomzodlari yoki professorlarga 
beriladigan oliy ilmiy daraja va shu darajani olgan olim. 
Filologiya fanlari doktori.


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
493 
Shifokor
arabcha so‘z bo‘lib, 
shifolovchi, davolovchi
ma’nolarini anglatadi. Hozirda 
quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 
1.
Umuman, kasalliklardan xalos qiluvchi; davolovchi. 
Shifokorlar qadimgi 
davrlardayoq zaharli moddalarning inson sihat-salohatligi uchun nafi borligini e’tirof 
etganlar.
(Z. Egamberdiyev, “Zaharning nafi”).
2.
Tibbiyot institutini bitirgan va davolash-profilaktika hamda sanitariya- 
epidemiologiya muassasalarida ishlash huquqiga ega bo‘lgan mutaxassis; vrach, doktor. 
Yomon shifokorning qotildan farqi yo‘q.
(O‘. Hoshimov, “Nur borki soya bor”). 
Jarroh (xirurg)
arabcha
xirurg
degan ma’noni anglatib, kasalliklarni operatsiya yo‘li 
bilan davolovchi vrachga nisbatan ishlatiladi: 
Ibn Yamin bilan Hamza jarrohga kerakli 
narsalar keltirib berib turishdi.
(Komil Yashin, Hamza). 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
jarroh
o‘rnida 
xirurg
so‘zi ham ishlatiladi. 
Vrach
so‘zi rus tiliga mansub bo‘lib, 
gapirmoq, so‘zlamoq; avroqchi, sehrgar
kabi 
ma’nolarni anglatadi. Bu kasb-hunar nomi hozirgi kunda oliy ma’lumotli tibbiyot xodimiga 
nisbatan ishlatiladi: 
Bolalar vrachi.
Vetvrach
so‘zi veterinariya vrachi, veterinarga nisbatan ishlatiladi: 
Bunaqa 
jigarrang “Jiguli”dan sovxozda yetti kishida bor. Qaysi biri ekan? Bosh zootexnikmi, 
vetvrachmi, kim bo‘ldi?
(Gazetadan) 
Hakim
so‘zi arabcha 
dono, oqil, donishmand; tabib; faylasuf
kabi ma’nolarni 
anglatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa 
hakim
so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib, quyidagi 
ma’nolarda ishlatiladi: 
1.
O‘tkir tabib; vrach, doktor: 
Qadimgi dunyo hakimlari kishi asabiga musiqaning 
ta’sirini alohida ta’kidlaganlar.
(Gazetadan)
2.
Donishmand faylasuf: 
Forobiy ulug‘
yunon hakimining juda chigal falsafiy 
mulohazalari mag‘zini chaqib bergan.
(Mirkarim Osim, “Ibn Sino qissasi”).
3.
Hakim (erkaklar ismi). 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida tibbiyot bilan bog‘liq kasb-hunar nomlaridan 
doktor, 
shifokor, vrach
so‘zlari faol qo‘llanmoqda. 
3.
Dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: 
dehqon, bog‘bon, bedakor, ziroatchi, zig‘irkor, jo‘xorikor, kartoshkakor, suvchi- 
mirob, fermer, brigadir, g‘allakor, agronom-hosilot, paxtakor
kabi.
Dehqon
so‘zi forscha so‘z bo‘lib, 
kata yer egasi, zamindor; qishloq hokimi 
degan 
ma’nolarni anglatadi. Eski o‘zbek adabiy tilida bu nom ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib, quyidagi 
ma’nolarda ishlatilgan: 
1)
qishloq boshlig‘i; badavlat kishi; dehqon: 
Yo‘lda Isfaroyi shahrig‘a yetkanda bir dehqon uyiga tushti. 
(“Tarixi muluki ajam”, 519.) 
2)
tajribakor, ishbilarmon, ish boshqaruvchi: 
Mulki jahon mazra’i dehqoni ul, 
Balki jahon mulki nigahboni ul. 
(“Hayrat ul – abror” 57-13.) 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa dehqon so‘zi asosiy kasbi yerga ishlov berish, ekin 
ekishdan iborat bo‘lgan kishiga nisbatan ishlatiladi: 
Dehqon bo‘lsang, shudgor qil, mullo 
bo‘lsang, takror qil.
(Maqol)
1
Demak, 
dehqon
so‘zida ma’no torayishi yuz bergan. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
494 
Barzagar
so‘zi eski o‘zbek adabiy tilida 
dehqon, ekin ekuvchi, g‘allakor 
ma’nolarida 
qo‘llangan: 
Barzagarg‘a andin kom hosil, pushakashg‘a andin murod vosil. 
(“Mahbub ul-qulub” 46.) 
4.
Savdo-sotiq bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: 
bazzoz, attor, tarafurush, allof, 
aspijallob, baliqfurush, baqqol, bodroqchi, bozirgon, bozorgon, namadfurush, savdogar
savdopesha, sotuvchi, gilamfurush, dallol, qassob
kabi.
Tijoratchi
so‘zi arabcha 
savdogarlik, oldi-sotdi
ma’nosini anglatuvchi 
tijorat
asosidan 
-chi
affiksi vositasida yasalgan bo‘lib, hozirda faol qo‘llanmoqda. Mazkur so‘z ham 
aynan 
savdogar
so‘zining sinonimidir. 
Tahlillardan ko‘rinadiki, til tarixida 
savdogar
so‘zining bir necha sinonimlari, 
variantlari bo‘lgan. Bu variantlar arab va fors-tojik tilidan so‘z o‘zlashtirish asosida yuzaga 
kelgan. Til taraqqiyotiga xos eskirish va sayqallanish omillari asosida hozirgi tilimizda 
savdogar va
uning 
tijoratchi, sotuvchi
kabi sinonimlari faol ishlatiladi
.
Arabcha 
baqqol
so‘zining lug‘aviy ma’nosi 
oziq-ovqat mollari, sabzavot sotuvchi
degan ma’noni anglatib, eski o‘zbek adabiy tilida mayda-chuyda ro‘zg‘or mollari va oziq-
ovqat (meva, shirinliklar va shu kabi)lar sotuvchi mayda savdogarga nisbatan eski o‘zbek 
adabiy tilida qo‘llangan: 
Har yili hamalning o‘ninchi kuni shahardagi nufuzli baqqollardan 
biri yetti xil ko‘kat, yetti xil meva solingan barkash ko‘tarib saroyga borardi. (S.Siyoyev, 
“Avaz”).
5.
Me’morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari: 
banno, boniy, loygar, me’mor, 
naqshpayvand, naqshsoz, naqqosh, navkash, pozaliq, sabbog‘, sangtarosh, arxitektor, 
binokor
kabi.
O‘zbekiston me'morchiligi juda qadimiyligi, turli-tuman me'moriy yodgor- liklari, 
yuksak nafosat mujassam bo‘lgan mahobatli osori atiqalari bilan diqqat- e'tiborni tortadi. 
Shu bois me'morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlarining yuzaga kelishi uzoq o‘tmishga 
borib taqaladi. Shu bois o‘zbek tili leksikasining barcha taraqqiyot bosqichlarida 
me'morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari salmoqli o‘rin egallaydi. 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, til tarkibining taraqqiyoti: lug‘aviy birliklarning 
eskirishi, yangilanishi va sayqallanishi kasb-hunar nomlariga ham xos bo‘lib, mazkur 
mavzuiy guruh ham jamiyat hayotidagi turli, xususan, me'morchilik hamda shaharsozlik 
borasidagi o‘zgarishlar ta’sirida takomillashib borgan va bormoqda. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1.
Dojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston 
milliy ensiklopediyasi, 2002. – B. 87. 
2.
Iskandarova Sh. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muammolari. – 
Toshkent: Fan, 1998. – B. 152. 
3.
Sobirov A. O‘zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida 
tadqiq etish. – T.: Maʼnaviyat, 2004. – B. 160. 
4.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent, 2004. – 8-j. – B. 414. 
5.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. - Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. 
- 1-j.- B. 219. 
6.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. - Toshkent, 2006. - 1-j. - B. 190. 

Yüklə 70,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin