inson ongi, uning strukturasi va barcha funksiyalarini to‘liq modellashtirish uchun miya
strukturasining o‘zinigina gavdalantirish kifoya qilmaydi. Buning uchun inson rivojlanishining
butun tarixiy yo‘lini gavdalantirish, uni barcha ehtiyojlar bilan, shu jumladan siyosiy, axloqiy va
estetik ehtiyojlar bilan ta'minlash talab etiladi. Bularning barchasi bilishning murakkab vazifalarini
yechishda zamonaviy kibernetik qurilmalarning imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat beradi.
Ular aslida intellektual faoliyatning axborotni qayta ishlash qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan
tomonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish vositalaridan boshqa narsa emas.
Individual ong inson miyasining ob'ektiv borliqni ideal obrazlarda aks ettirish va bu
obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati.
Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Ong
faqat inson miyasi ishining natijasi, uning xossasi sifatida, shuningdek ong namoyon bo‘lishining
fikrlar, g‘oyalar, e'tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari
orqali tadqiq etilishi mumkin.
Endi individual va jamoa (ijtimoiy) ma'naviyatining ideallar, me'yorlar, qadriyatlar va
tasavvurlarda aks etuvchi o‘xshash jihatlari va farqlariga to‘xtalamiz.
Individual ma'naviy
borliqdan farqli o‘laroq, ijtimoiy ma'naviy borliq haqida uning fan, san'at, din, axloq va umuman
madaniyat tarzidagi ko‘rinishlariga qarab hukm chiqarishimiz mumkin.
Xususan, u yoki bu ilmiy
g‘oyalarning paydo bo‘lishi doim muayyan olimlar bilan bog‘liq, ammo fan ijtimoiy hodisa
sifatida muayyan shaxslar bilan bog‘lanmaydi, zero u ayrim olimlar ilgari surgan nazariy qoidalar
majmuidan yuqoriroq darajada turadi. Bosma, audiovizual va boshqa axborot manbalari, tegishli
asbob-uskunalar va shu kabilarsiz fanni tasavvur qilish mumkin emas. U yaxlit hodisa sifatida
mustaqil borliqqa ega. Bugungi kunda, kompyuter texnologiyalari inqilobi davrida fan jamiyatning
bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylandi.
San'at sohasi haqida ham shunday deyish mumkin. Qo‘shiqlar, raqslar va musiqa o‘z
muayyan ijrochilariga ega bo‘lgani holda, o‘zining odatlar, rasm-rusumlar va ideallar
ko‘rinishidagi nisbatan mustaqil hayoti bilan yashaydi va shu tariqa ijtimoiy makon va vaqtda
harakatlanib saqlanishi, takomillashishi va ko‘payishi mumkin.
Ijtimoiy ongning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u, individual ongdan farqli
o‘laroq, o‘z «tanasi»ni «tark eta» olmaydi, xuddi shuningdek u o‘z «tanasi»dan, ya'ni jamiyatdan
tashqarida mavjud bo‘lishi ham mumkin emas
. Shu sababli ijtimoiy ong asrlar mobaynida abadiy
mavjud bo‘lgan, yo‘q qilib bo‘lmaydigan narsa sifatida qaralgan, uning borlig‘i esa butun
insoniyat borlig‘i yo‘q bo‘lishi bilan barham topishi mumkin, deb hisoblangan.
Ammo XX asrning o‘rtalarida odamlar o‘z-o‘zini qirg‘in qilish vositasi – yadro qurolini
yaratdilar va shu paytdan e'tiboran insoniyat o‘zining «umrboqiyligi»ni yo‘qotdi va endilikda u,
yashab qolishga harakat qiluvchi ayrim jonli organizm kabi, ijtimoiy hayotni o‘z-o‘zini qirg‘in
qilishdan asrab, o‘z ijtimoiy borlig‘ini saqlash haqida qayg‘urishi lozim..
Dostları ilə paylaş: