Jamoat xavfsizligi universiteti



Yüklə 127 Kb.
səhifə6/9
tarix20.09.2023
ölçüsü127 Kb.
#145399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu AXP ma\'ruza

Buni esda tuting! “Axboriy qurol”ni tarqatish va bu sohada “qurollanish poygasi”ni kuchaytirish ham axborot sohasidagi davlat manfaatlari uchun xavf manbai hisoblanadi. Bunday xavflar davlat siri hisoblangan, boshqa maxfiy axborotlardan iborat bo‘lgan ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ega bo‘lishdan iboratdir. Ma’lumki, bularning oshkor bo‘lishi shubhasiz, davlat manfaatlariga zarar yetkazadi.
Axboriy qarama-qarshilik - bu, auditoriyaga atrof-dunyodagi biror hodisaga nisbatan munosabatda bo‘lishga o‘z qarashlari, fikrini tiqishtirish hamda qarshi tomon g‘oyasi va nuqtai nazarini inkor etish roli bilan ta’sir etishga intilishdir.
Axboriy psixologik kurash - bu, boshqa mamlakat yoki mamlakatlar guruhida mavjud ijtimoiy tuzumni bo‘shashtirish, jamiyat axloqini izdan chiqarish, rivojlanish milliy dasturiga putur yetkazish, shuningdek o‘z qadriyatlari va turmush tarzini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilish maqsadida axborot xizmati va qo‘poruvchilik bilan shug‘ullanuvchi xizmatlarni o‘zaro hamkorligidir.
Omma ongiga u yoki bu qadriyatlarning psixologik jihatdan ta’sir ko‘rsatishida axboriy vositalaridan foydalanish - axborot manipulyatsiyasi, axborot ishlatib, maqsadga erishishdir.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:


  1. Axborot nima?

  2. Axboriy tahdid deganda nimani tushunasiz?

  3. Kursni o‘qitishning zaruriyati nimada deb bilasiz?

  4. Ochiq axborot tizimi nima?

  5. Ommaviy axborot vositalari nima?

  6. Ommaviy axborot vositalarining vazifasi nimalardan iborat?

  7. Axboriy tazyiq turlarini ko‘rsatib o‘ting.

  8. Axboriy psixologik kurash deganda nimani tushunasiz?

Axborot xavfsizligi psixologiyasi” fanidan fanidan ma’ruza o‘qish
REJASI

1-Mavzu: “Axborot-psixologik xavfsizlik kursining asosiy tushunchalari”




O‘quv va tarbiyaviy maqsadlar:

  1. Kursantlarni axborot xavfsizligining umumiy tushunchalarini o‘rgatish;

  2. Kursantlarda ochiq axborot tizimida axborot oqimini qabul qilishda samarali psixologik himoyalashi (o‘z-o‘zini himoyalashda) uchun mahorat va bilimni shakllantirish;


Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin