Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi



Yüklə 39,73 Kb.
tarix17.02.2022
ölçüsü39,73 Kb.
#52724
JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI


JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI


Reja:
Jamoatchilik nazoratining mohiyati

Jamoatchilik nazorati tizimi

Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari

Jamoatchilik nazoratining shakllari

Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar.

Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi.

Diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi va diniy qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi o‘rni.

Ijtimoiy sheriklik-etuklik mezoni

Ijtimoiy sheriklikning tarixi va tadriji

Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari

O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi
Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmun-mohiyati.

Millat tushunchasi va unga turli xil yondoshuvlar. Millat (arabcha - xalq) tushunchasi - muayyan hududda istiqomat qiladigan, umumiy til, madaniyat, urf-odat, qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi etnoijtimoiy birlikni anglatadi. Millat — til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilamingetrik birligidir. Millat ma’lum hududda barqaror yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy salohiyat yagonaligi asosida shakllanadi. U faqatgina “kapitalistik jamiyattning muqarrar mahsuli” emas, balki insoriyatring dunyoga kelishi va taraqqiyotining mahsulidir. Millatmng shakllanishi va rivojlanishida moddiy omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, ammo ular millat abadiyligini ta’minlashning birdan-bir imkoniyati emas. Ular millat taraqqiyoti uchun faqat zaruriy shartlardan birigina hisoblanadi. Millatning abadiyligi, uning barqarorligmi ta’minlashning asosiy omili uning ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatidir. Millatlaming ichki-ruhiy salohiyati, yaratuvchilik qobiliyati, matonati, tinimsiz mehnati, tadbirkorligi va o‘ziga xosligini rivojlantirish asosida hozirgi zamon sivilizatsiyasi yuzaga kelgan. Mutaxassislaming fikricha, er yuzida uch minga yaqin millat bo‘lib, insoriyatring o‘rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. Qolgan 4 foiz elat va qabilalardir. Har bir millat aholisi bir necha o‘n mingdan bir necha yuz milliongacha boradi. Millatlar besh yirik guruhga bo‘linadi: 1. Buyuk millatlar - aholi soni milliard va 100 milliondan ortiq, xitoylar, hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar. 2. Katta millatlar — aholi soni 50-100 million oralig‘ida — inglizlar, fransuzlar, ispanlar, olmonlar, turklar, arablar va b. 3. Yirik millatlar — aholi soni 10-50 milliongacha — o‘zbeklar, portugallar, polyaklar, efioplar va b. 4. O‘rta millatlar — 1-10 million oralig‘ida, qirg‘izlar tojiklar, turkmanlar. 5. Kichik millatlar - bir necha 10 mingdan 1 milliongacha, chechenlar, ingushlar, cherkaslar . Jahondagi 27 millat er yuzi aholisining qariyb 75 foizini tashkil qiladi.

Millatlaming soni ularning buyukligi yoki gegemonligi uchun asos bo‘la olmaydi. Zero, barcha millatlar teng, ozod va erkindir. Ammo tamaddun taraqqiyotiga hissa qo‘shishga qodir barkamol farzandlari ko‘p millatlargina tabiiy tanlanish asosida etakchiga aylanishlari mumkin.Ana shu tamoyil jahon xalqlari intilishining asosini tashkil etadi. Mustaqillikka erishgan yurtimizda butungi kunda ko‘p sonli millat vakillari yashamoqda. Mamlakatimizda bu tamoyilga amal qilinishi esa barcha millatlarning ravnaqi, gullab-yashnashi uchun xizmat qilmokda.

«Millat» murakkab xarakterga ega bo‘lgan etnik birlik hisoblanadi. SHuning uchun unga ta’rif berishda bugungi kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy-falsafiy adabiyotlarda yakdillik yo‘q. Lekin ularni umumlashtiruvchi tomonlar alohida qayd etiladi. «Millat»,«milliy», «milliylik» kabi tushunchalar bizning tilimizga arab tilidan VIII asrda, ya’ni arab xalifaligi tomonidan Movarounnahrning zabt etilish davridan boshlab kirib kelgan. Ushbu tushunchalarning negizida «mil» iborasi yotadi. «Mil» tushunchasi arab tilida «o‘zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini ifodalaydi. «Millat» tushunchasi esa keng miqyosda qo‘llanilib, bir necha ma’noni beradi: 1)din, diniy jamoa; 2)ummat, ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilarjamoasi; 3)xalq, millat kabi ma’nolarni anglatadi1.

Falsafa qomusiy lug‘atida millat tushunchasiga zamonaviy ta’rif beriladi. Jumladan, unda «millat - bu til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash, ruhiyat, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan xududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir» , - deyilgan. SHuningdek, boshqa xorijiy adabiyotlarda millat deganda siyosiy va etnik munosabatlarga kirishuvchi tili, o‘z-o‘zini anglash faoliyatiga ega bo‘lgan xalq tushunilishi ta’kidlab o‘tilgan1. Mazkur manbada millat haqidagi konseptual qarashlar K.Doych (Natsionalizm va ijtimoiy kommunikatsiya), E.Gelner (Natsiya va natsionalizm), B.Anderson, E.Smit tomonidan ilgari surilganligi ham alohida qayd etib o‘tiladi. Ulardagi asosiy e’tibor millatning turli o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy jihatlariga qaratiladi23 . Biroq, ularda millatning shakllanishidagi ijtimoiy- ma’naviy jarayonlar e’tibordan chetda qolganligini ham kuzatishimiz mumkin. YAna bir adabiyotda millat tushunchasi davlat tushunchasiga uzviy bog‘liqligi, o‘z hududi, chegarasiga egaligi, boshqa millat vakillari manfaatlarini hurmat qilishi kabilar bilan ifodalanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

S.Otamurotov fikricha, “Millat deb yagona til, madaniyat (keng ma’noda) milliy o‘zlikni anglash ruhiyati (psixologiyasi va hissiyoti), urf-odatlari va an’analariyagonaligi asosida ma’lum hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan, o‘z davlatiga ega bo‘lgan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi hamda yaratuvchi kishilarning etnik birligiga aytiladi” . Keltirilgan bu ta’rifdagi yangilik millatning etnomadaniy va milliy munosabatlardagi o‘ziga xos sub’ekt sifatida namoyon bo‘lishini ifodalashda qo‘l keladi. YAna bir faylasuf olim AOchildiev «...har qanday millat muayyan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tizimi bilan bog‘langan etnoijtimoiy birlikdir»1 -degan xulosaga keladi. Darhaqiqat, millat tushunchasiga etnik va ijtimoiy birlikning uyg‘unligi nuqtai-nazardan qaralishi uning umumilmiy asoslarini har tomonlama o‘rganishga imkon beradi. Hozirgi davrda biz, millat deganda umumiy tilda so‘zlashib, bir butun umumiyhududda istiqomat qilib turgan, birga iqtisodiy hayot kechiradigan, umumiy maydoni, ma’naviyva ruhiymuhitga ega kishilarning taiixiy shakllangan barqaror birligini tushunamiz.

Millatlararo munosabatlami o‘ziga xos, murakkab va serqirra tizim sifatida qarash mumkin. Bu o‘ziga xoslik birinchidan, jamiyat milliy tuzilishining tarkibiy qismi hisoblangan etnoslarning siyosiy, ijtimoiy-itstisodiy, madaniy ehtiyoj manfaatlarini ruyobga chiqarish na ikkinchidan, millatlararo munosabatlarda kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholash hamda mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan, kompleks xarakterga ega chora-tadbirlarni ishlab chikishdek bir-biri bilan uzviy bog‘liq vazifalarni hal etishni zarur qilib qo‘yadi. Ularning muvaffaqiyatli hal qilinishi esa milliy hayotda kechayotgan o‘zgarishlaming xarakteri va yo‘nalishini oldindan ko‘rish na nazoratini tashkil etish qamda davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy va tashkiliy-texnik salohiyatini mavjud muammolarni hal qilishga yo‘naltirish imkonini beradi. Qayd etilgan vazifalarning qandaymaqsadlarni ko‘zlab hal etilishi mohiyat e’tibori bilan stixiyalilikka deyarli urin krldirmaydigan, ijobiy yoki salbiy mazmunga ega millatlararo munosabatlarning muayyan tipini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, milliy tengsizlik, o‘zga millatlarga nisbatan bepisandlik bilan qarash, muayyan hollarda esa antagonizmning ustuvorligi millatlararo munosabatlarning salbiy mazmunga egaligidan dalolat beradi. Mamlakatimizga tatbiqan olinganda esa, etnik munosabatlar millatlararo totuvlik deb ta’riflanishi mumkin bo‘lgan ijobiy mazmunga egaligi bilan ajralib turishini qayd qilish lozim. SHu o‘rinda etnos, xalq vaelat tushunchalari mazmuniga ham to‘xtalib o‘tish joiz.

“Etnos” tushunchasi yunon tilidan olingan bo‘lib, uning etimologik ma’nosi xalq, qabila, to‘da, kishilar guruhi degan ma’nolarni anglatadi. Siyosatshunoslik fanlari doktori N.Mamanazarov yozganidek, bu termin (ya’ni “demos”-O.M.) kishilar guruhining muayyan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardaaktiv qatrashuviqismiri anglatsa, “etaos”termim muayyan joy, ya’ni hududda yashovchi xalqning lokal guruhini anglatadi. Hozirgi paytda “etnos” termini faqatgina ilmiy doira va ilmiy adabiyotlardagina qo‘llansa, “xalq” termini esa, kundalikhayotning barcha ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalarida aktiv qo‘llaniladi. SHujihatdan ham “etnos” va “xalq”tushunchalari ma’lum ma’nodabir-biriga yaqin bo‘lsa-da, ammo mazmun va mohiyat jixatidan bir-biridan farq qiladi.

Tor ma’noda xalq atamasiel, elat, millat, aholi, xaloyiq, olomon, muayyan guruh vakillarini anglatadi. Xalq so‘zi muayyan lokal hududda istiqomat qiluvchi aholiga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, qishloq xalqi, shahar xalqi va h.k. Kasb, muayyan mashg‘ulot yoki ma’lum tabaqaga mansub bo‘lgan kishilarga nisbatan o‘qituvchi xalqi, savdogar xalqi, dehqon xalqi kabi so‘zlar ishlatilishi uchraydi. Zamonaviyxalqaro huquqda ham xalq atamasi keng qo‘llanadi. Xalq birinchi marta xalqaro huquq sub’ekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida "Xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan. Hozirgi vaqtda xalqaro huquqda xalqlar huquqi turli konvensiya va deklaratsiyalarda o‘z aksini topgan. SHu bilan birga, xalqaro hamjamiyat tomonidan umumiy tan olingan yagona "xalq" tushunchasi hozirga qadar ishlab chiqilmagan, faqat xalqaro huquqda emas, balki etnografik adabiyotda ham "xalq" tushunchasiga oid bahs- munozaralar XIX asrdan buyon davom etib kelmoqda. Xalq so‘ziga berilgan ko‘pgina tavsiflardan kelib chiqib (xalqaro huquq doktrinasida 100 dan ortiq tavsiflar mavjud) shunday ta’riflash mumkin: xalq ma’lum bir davlat fuqarolarimng umumiy birligmi anglatadi. muayyan hududda tarixan tarkib topgan, boshqa guruhlardan o‘z tili, ruhiy-psixologik holati va madaniyati, shuningdek, umumiy ongi va nomlanishi bilan farq qiluvchi siyosiy yoki etnoijtimoiy birlik yig‘indisi esa - etnosdirXalq atamasi gohida millat tushunchasiga sinonim sifatida ham ishlatiladi. O‘zbekiston xalqining tarixiy shakllanish jarayoni etnotarixiy makon bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ushbu zaminda xalq sifatida rivojlanib kelayotgan etnik birlikdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning «Biz jahon maydonida kuni-kecha paydo bo‘lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz, xalqimiz ko‘hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo‘lgan zamonlardan buyon o‘z hayoti, o‘z madaniyati, o‘z tarixi bilan yashab keladi», degan fikrlari o‘zbek millati vakillariring ushbu hudud xalqi sifatida etnotarixiy Mzining teranligidan dalolatdir. Darhaqiqat, tarixiy ildizlari mustahkam bo‘lmagan xalq etnosiyosiy maydonda yirik, qudratli bir davlatchilikni shakllantirib, kelajak avlodlarga milliy davlatchilik negizlarini, osmono‘par madaniy yodgorliklarni meros sifatida qoldira olmas edi. SHu jihatdan ham o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni va rivojlanish bosqichlari ushbu zamin bilan mustahkam bog‘liklikda bo‘lib, qadimiydir.

Umuman ilmiy adabiyotlarda“etros”tushunchasi va hodisasiga o‘ttizga yaqin ta’riflar uchrasa-da, ularda ma’lum bir yaqinlik,mushtaraklik mavjud. YA’ni, “etnos-bu bir tilda so‘zlashuvchi, o‘zlarining bir xil kelib chiqishi va mushtarak shakllanish jarayomm tan oluvchi, boshqa xalqlardan farq etuvchi qator urf-odat va an’analarga ega bo‘lgan kishilar guruhidir.”2 Bizning nazarimizda etnos deganda insonlaming ma’lum hududda uzoq muddat birgalikda istiqomat qilishi, umumiy til, madaniyat va o‘zini o‘zi anglash orqali birlashgan kishilar guruhi tushuniladi. SHuningdek, etnos deganda qabilaviy qarindoshlik, yagona maishiy madaniyat (muloqot tili, e’tiqod ob’ekti, kundalik yurish-turish me’yorlaii ham shunga kiradi), umumiy istiqomat makonining (landshaftni qamrab oluvchi) mavjudligi yoxud mavjud bo‘lganligi hamda boshqa etnoslarga nisbatan o‘zining yagonaligini anglash va qayd qilingan nomga egalik (etnonim) asosida shakllangan ijtimoiy birlik ham nazarda tutiladi. Ayrim etnoslarni bir-biridan farqlovchi muhim belgisi ularning o‘ziga xos madaniy xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar har bir xalqning tarixiy-madaniy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Fanda bu jarayon «etnik an’analar» yoxud «etnik vorislik» deb ataladi. Bunday an’analar har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy turmushi hamda u yashayotgan tabiiy geografik muhit bilan bog‘liq holda shakllanadi. Faqat alohida xalqlar emas, balki ularning shakllanish jarayonida ishtirok etgan qarindosh guruhlar ham etnos deb ham ataladi.

Etnos, xalq ijtimoiy-siyosiy liderlarsiz yashamaydi, ularga strategik maqsad, xatti-harakatlariga dasturiy mohiyat va yo‘nalish beruvchi etakchilar kerak. Bunday faoliyatni «passionarlik» konsepsiyasi orqali atroflicha o‘rganish mumkin. Unga ko‘ra dunyoning yagona axborot-energetik manzarasida taiixda chuqur iz qoldirgan «buyuk odamlar va xalqlar»ning faoliyati mexanizmlarini to‘g‘ri tushunish etnosni to‘liq ilmiy manzarasini yoritishda qo‘l keladi. CHunki ko‘pincha ijtimoiy-tarixiybosqichlar, siyosiy yutuqlar ana shunday liderlarning hayoti va ijodi orqali, ularning etnos, xalq hayotiga optemistik g‘oyalarni olib kirgani va ularni birlashtirib, yangi ijtimoiy birlikka aylantirgani bilan o‘lchanadi. Bu nazaiiyaga ko‘ra, etnos, millat tarixan shakllangan ijtimoiy bir butunlik bo‘lib, iqtisodiy, hududiy, lisoniy, madaniy, ijtimoiy-psixologik aspektlarning yaxlitligi bilan xarakterlanadi. Unda yirik, buyuk shaxslar, guruhlar muhim rol o‘ynaydi. Etnos, millat o‘zining xususiyatlarini, o‘zining ichidan etishib chiqqan va boshqalar tan oladigan buyuk vakillari orqali namoyon qiladi. Masalan, o‘zbek xalqi, millati boshqa xalqlar nazarida Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, Navoiy kabi buyuk insonlar avlodlari sifatida gavdalanadi. Bundan tashqari, xalq, millat haqida gap ketganda, ularni birlashtirib turadigan mentalitet, yashaydigan hudud, ulardagi o‘ziga xos xususiyatlar, insoniyat ijtimoiy taraqqiyotida tutgan o‘rni, tarixiy merosi, ahloqiy qadriyatlari va ijtimoiy-siyosiy tajribasi ham nazarda tutiladi. Bizga ma’lumki, dunyoda ikkita bir xil odam bo‘lmaganidek, ikkita bir xil millat ham bo‘lmaydi. SHuning uchun ularning xarakterlari, manfaatlari, dunyoqarashlari, ichki-ruhiy olami turlicha, bu - aksioma. Bu esa millatlar mavjud ekan millatlararo munosabatlardagi muammolar ham saqlanib qolinishidan darak beradi. Millatning o‘ziga xosligi uning ichki ma’naviy-ruhiy olamini tashkil etuvchimilliy erkinlik, or-nomus, qadr- qimmat, izzat-nafs, g‘urur kabi tuyg‘ularda namoyon bo‘ladi. Agar ularga tashqaridan yoki boshqa millatlar tomonidan salbiy ta’sirlar ko‘rsatilsa, millatlararo, hatto, davlatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar paydo bo‘ladi va ular og‘ir musibatlarga olib kelishi mumkin.

Etnos, xalq ijtimoiy borliqqa munosabatlarini huquqlariorqali ifoda etadi. Demokratik davlatlarda aynan Konstitutsiya(Asosiy Qonun) va unga tayanib ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan qonunlar etnosning ijtimoiy borliqdagio‘rnini, huquq va burchlarini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”. (7- modda); “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi”; “Davlat organlari vamansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida ma’suldirlar”. (2-modda). “Jamiyat va davlat siyosatining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.” (9-modda). “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlaming xilma-xilligi asosida rivojlanadi.” 12-modda). Mazkur moddalarda O‘zbekiston xalqi va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy huquqlari, ushbu munosabatlarning asosiy prinsiplari belgilab berilgan. Mazkur huquqlar etnosning, millatning uzoq ijtimoiy-madaniy rivojlanish jarayonida erishgan yutuqlari kvintessensiyasidir. Elat degan tushuncha arabchadan tilimizga kirib kelgan. Elat deganda bir tilda so‘zlashuvchi, o‘ziga xos madaniyati mavjud bo‘lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o‘z tuzilmasiga ega bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy birlik tushuniladi. Elat — kishilarningtil, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatga ko‘p jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi. Qadimda kishilarning elat bo‘lib, bir hududda yashashlari ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-qarindoshlik his-tuyg‘ularini kuchaytirgan. Elatlar, kuchli qabilalarning kuchsiz qabilalarni o‘ziga bo‘ysundirishi va ular b-n aralashib ketishi natijasida ham shakllangan. Elat o‘z qiyofasini saqlab qolishi, rivojlanib, millat darajasiga ko‘tarilishi uchun o‘z davlatiga ega bo‘lishi kerak. Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya qilish mas’uliyati daklatni vujudga keltirgan. Nisbatan markazlashgan dastlabki davlatlar qadimgi Misr, Bobil, Turonda va boshqa joylarda paydo bo‘lgan. Sayyoramizning boshqa joylarida, jumladan, G‘arbiy va SHarqiy Evrupada elatlar o‘rta asrlarda shakllangan. Dunyoda bunday jarayonlar davom etayotgan mamlakatlar hozir ham bor. SHuning uchun bo‘lsa kerak, jonli so‘zlashuv tilida millat va elatlar degan iboralar ishlatib turiladi. Ko‘pincha, elat deganda, kamsonli, madaniy- ma’rifiy, iqtisodiy-siyosiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan xalqlarham tushuniladi.

Sobiq Ittifoqda 1926 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida 230 dan ortiq millat va elat yashaydi, deyilgan bo‘lsa, 1959 yilgi aholi ro‘yxatida bu raqam 129 taga tushib qolgan. Demak, 100 dan ortiq elat, asosan, kam sonli xalqlar o‘z milliy qiyofalarini yo‘qotib, ko‘p sonli xalqning miqdorini oshirgan. SHo‘roviy mafkura “o‘z rivojlanishiga ko‘ra orqada qolgan ko‘pgina elatlar, asosan, kichik elatlar, millatga aylanmasligi ham mumkin. Ular vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan boshqa elat va millatlar bilan yaqindan aloqa qilishga o‘tishi natijasida ilg‘or xalqning madaniyati, tilini o‘zlashtiradi va asta-sekin o‘sha millatning tarkibiga singib ketadi”, deb uqtirardi. (Bu ko‘chirma O‘zbek Sovet Ensiklopediyasining 13-jildidan keltirildi). Bundan ko‘rinadiki, CHor Rossiyasida XVI asrning o‘rtalaridan boshlangan bunday siyosat sho‘ro davrida ham pinhona davom ettirildi. SHunisi qiziqki, qaerdaki milliy uyg‘onish yuz berib, milliy mustaqillik talab etilsa, shu xalqni, shu xalq rahbarlarini separatizmda ayblash mustamlakachilarga xos usuldir. “Separatizm” lotinchadan olingan atama hisoblanib, ajralib chiqishga, alohida bo‘lishga intilish ma’nosini bildiradi. Masalan, bir butun mamlakatning bir viloyati ajralib chiqishni istasa — bu separatizm bo‘ladi, bu harakatning tepasida turganlarni separatchi - ayrmachi deyish mumkin. Bunday intilishlarni sog‘lom fikrli hech bir kishi oqlamaydi va yoqlamaydi. Bu mamlakatning yaxlitligiga rahna soladi, butun bir xalqni parokanda qiladi. Lekin tili, dini, turmush tarzi mutlaqo boshqacha bo‘lgan, o‘z vataniga ega bir xalqning mustaqillikni istab, hukmron tuzum iskanjasidan ajralib chiqishi separatizm emas, balki milliy davlatchilikni tiklash yo‘lidir. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu tamoyil mazmuniga mos keladi.

Elat bilan yaqin ma’noda diaspora tushunchasi ham qo‘llaniladi. Diaspora yunoncha diaspora -tarqalish ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi). Konstitutsiyaviy huquqda «diaspora» tushunchasidan o‘z vatandoshlariga nisbatan davlat siyosatini yuritishda foydalaniladi.



Millatlararo munosabatlar. Vatanparvarlik, kosmopolitizm, niillatdiilik Millatlararo munosabatlar — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o‘rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. Ma’lumki, bugun jahonda mavjud 200dan ziyod mamlakatda ikki mingga yaqin millat, elat va qabila yashaydi. Ular 5 yarim mingdan ortiq tilda so‘zlashadi. Bu tillarning 100 dan ko‘prog‘igina o‘z yozuviga ega. Millatlararo jarayonlarning eng xarakterli tomoni shundaki, insoniyat aql- zakovati yuksalgani sayin millatlar o‘zaro assimilyasiyalashish tomon emas, balki o‘zlarining “men”ini namoyish qilish, tasdiqlash sari jadal sur’atlar bilan harakat qilmoqda. Hali jahonda mavjud birorta millat, yoki elat ixtiyoriy ravishda boshqa millatlar bilan qo‘shilib ketgan emas, aksincha ayrim millatlar qashshoqlikning og‘ir kulfatlariniboshidan kechirishga majbur bo‘lsalar-da ozodlik, erkinlik kabi qadriyatlardan voz kechmaganlar. Ular ozod, mustaqil yashab, o‘z urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini muqaddas bilib, fidoyilik ko‘rsatib kelganlar. Millatlararo munosabatlar deganda turli millat va elatlaming iqtisodiy-siyosiy va madaniy- ma’rifiy sohalarda sodir bo‘ladigan o‘zaro aloqalar majmuini tushunmoq kerak. Bunday aloqalar, ko‘p millatlar yashaydigan ayrim bir mamlakat ichki hayotida yoxud turli mamlakatlarda yashaydigan millatlar o‘rtasida amalga oshadi. Bugungi kunda jahonda aholisining tarkibi faqat birgina millatdan tarkib topgan mamlakatni yoki davlatni topish qiyin. Xuddi shu ma’noda ham mamlakatlar, davlatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan turli sohalardagi aloqalarda ularda yashayotgan millatlaming do‘stona munosabatlari har qanday davlat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Ana shu omil qanchalik mustahkam bo‘lsa, davlatlar o‘rtasida olib boriladigan turli sohalardagi aloqalar xam shu darajada mustahkam bo‘ladi va har ikki tomon kutayotgan natijalarni beradi. Ko‘p millatli davlatlarda millatlararo munosabatlami uyg‘unlashtirish shu mamlakatda barqarorlik va taraqqiyotning kafolati, uning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omildir. CHunki har qanday davlatda milliy nizolar va ziddiyatlar o‘sha davlatda barqarorlikning barbod bo‘lishiga va oxir-oqibatda uning emirilishiga olib keladi. SHuning uchun ham, har qanday mamlakatda millatlararo munosabatlami uyg‘unlashtirib borish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Sobiq sho‘rolar tuzumining fojiasi shunda ediki, u o‘z manfaatlarim milliy manfaatlar hisobiga amalga oshirib keldi. YA’ni, milliy omilning kuchi-qudratini nazar-pisand qilmadi va sinfiy manfaatlami qondirish orqali o‘z hukmronligmi abadiylashtirmoqchi bo‘ldi. Ular zo‘ravonlik bilan turli millatlami “yaqinlashtirish” orqali “yagona sovet xalqi”ni vujudga keltirish va keyingi bosqichda butun er yuzida “yuksak” millatlami shakllantirish hamda ularning xukmronligmi ta’minlashni maqsad qilgan edi. Ularning soxta g‘oya va puch mafkuraga asoslangan bunday xatti-harakatlari sobiq sho‘ro davlatmi emirdi va butun bir tuzumning barbod bo‘lishini tezlashtirdi. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, milliy munosabatlami, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining o‘zaro totuvligi va hamjihatligiri ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaiidan biri bo‘lib kelmoqda.

Millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar masalalarining eng maqbul echimi etnik jihatdan turli tuman bo‘lgan istalgan jamiyatda har doim hukumat kun tartibining markazida bo‘lishi shubha uyg‘otmaydi. SHuning uchun ba’zi adabiyotlarda qaysi boshqaruv tizimini samarali deb hisoblash mumkmligi haqida ko‘plab tortishuvlar ham o‘z o‘rnini topmoqda. Bunda ikkita eng muhim maqsadlarning muvofiqlikligi - siyosiy barqarorlik hamda etnik guruhlararo va konfessiyalararo masalalar echimini topishga harakat qilmoqda. CHunki, har doim ham ushbu maqsadlarda eng maqbul kelishuvlarga erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa bu holat siyosiy yangilanish, modernizatsiya va liberallashuv davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar haqida gap borganda o‘rinlidir.

Jamiyat rivojlangani sari katta ahamiyat kasb etadigan ma’naviy qadriyatlardan biri - vatanparvarlik tuyg‘usidir. Vatanparvarlik - Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligming himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch- g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg‘udir. Vatanparvarlik - ona-yurtmng, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan shaxslarga xos fazilat. Vatanga, xalqga bo‘lgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg‘usi muayyan umumiy manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilarning qalbidan chuqur o‘rin oladi, faoliyatiga ta’ sir etadi.

Vatanparvarlik bu-yurtimizda mavjud bo‘lgan saloxiyat va boyliklarni ishga solish, ulardan oqilona foydalanish, o‘z kuch imkoniyatimizga, ota-onalarimizdan qolgan bebaho meros, milliy urf-odat va an’analaiiga suyanish, qadriyatlarni tiklash, bir-birimizga elkadosh bo‘lish extiyojini har tomonlama tushunib etish demakdir.

Vatanparvarlik, bu - O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni tuzish, tabora kuchga kirayotgan davlatimizm ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarish, odamlarning yuragiga vaxima va qo‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishga harakat qilayotgan g‘animlarga qarshi kurash demakdir.

Vatanparvarlik nihoyatda serqirra tushuncha bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yangicha ma’no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadr- qimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat tuyg‘usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha yuksak bo‘ladi. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning turli bosqichlarida vatanparvarlikning yangi-yangi qirralari namoyon bo‘lib boradi. Haqiqiy vatanparvarlik Vatanga, ona zaminga, o‘z xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug‘ilganda jonini fido qilishni nazarda tutadi. Har jabhada Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlardan quvonish, og‘ir kunlarida uning uchun qayg‘urish, o‘z yurti bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich eri, har bir g‘ishti va giyohiga, qadimiy va zamonaviy obidalari, ilm-fan va san’atdagi yutuqlarini, moddiy va ma’naviy boyliklarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash - bularning barchasi vatanparvarlikdir. Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Inson o‘z yurtini qanday bo‘lsa shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bo‘ladi:

bilish - Vatan ttushunchasiga xos qadriyatlarni egallash;

e’tiqod - mazkur qadriyatlar to‘g‘risida olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish;

harakat - bu e’tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish.

YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, “Barchamizga ma’lumki, inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi. Albatta, jahon - keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakkayu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan...Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. Biz shunday ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni yashnatib tursin. Bu haqda gapirar ekanmiz, ayni vaqtda muhim bir masalaga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. YUrtimizda yashayotgan har qaysi inson o‘zini eng avvalo O‘zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina muayyan bir hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg‘ona vodiysi farzandi deb his qilishi lozim. Tabiiyki, bu holat har birimiz mansub bo‘lgan «mo‘‘jaz Vatan»ning, tug‘ilib o‘sgan shahar yoki qishloqning qadri va ahamiyatini aslo kamaytirmaydi. Biz Vatan tuyg‘usini mana shunday yaxlit holda, ya’ni dunyoda yagona o‘zbek millati bor, xorazmlik, farg‘onalik, surxondaryolik o‘rtasida hech qanday milliy farq yo‘q, ularning barchasi o‘zbek xalqining farzandi deb anglashimiz, yosh avlodimizni aynan shu ruhda tarbiyalashimiz zarur3.

SHuni esda tutish kerakki, tarixda bu tushunchaning haddan tashqari bo‘rttirib yuborilishiga doir qarashlar ham keng tarqalgan. Bunday qarash kosmopolitizm (yunon. kosmopolites — dunyo fuqarosi) g‘oyasida o‘z ifodasini topib, amalda dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kechishni targ‘ib qilgan. Kosmopolitizm - ya’ni, qaerda yaxshi hayot bo‘lsa o‘sha erni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yo‘qotadi, g‘ururni o‘ldiradi. Bu esa har birjamiyat uchun halokatlidir.

Kosmopolitizmning negizlari tarixan antik davr falsafasidayoq vujudga kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Laertiyning ta’kidlashicha, «kosmopolit» so‘zi ilk bor kiniklar ta’limoti vakili sinoplik Diogen tomonidan qo‘llangan. Boshqa bir yunon mutafakiri Plutarxning fikriga ko‘ra, ushbu tushunchani kitionalik Zenon kiritgan. Epiktet nazarida esa «kosmopolitizm» atamasining muallifi Suqrot bo‘lgan. Uning aytishicha, «Agarda iaylasuflarning odam va Xudoning o‘rtasida yaqinlik bor deganlari to‘g‘ri bo‘lsa, unda insonning vatani qaer degan savolga Suqrotning men afinalik ham, karfagenlik ham emasman, men kosmopolitman, degan so‘zlari bilan javob berish lozim»bo‘lgan. Bunday ma’lumotlar Sitseronning asarlarida ham uchraydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, K. g‘oyalari sofistlar ta’limotining tarafdorlari asarlarida ham ifodalangan. Antik polisni inqirozga olib kelgan Peloponess urushlari makedoniyalik Iskandar imperiyasining vujudga kelishi, keyinchalik esa Rim hukmronligining kuchayishi turli mazmunga ega bo‘lgan kosmopolitik qarashlaming paydo bo‘lishiga olib kelgan. Makedoniyalik Iskandar, Mark Avreliy bu g‘oyalami yangi hududlami qo‘lga kiritish harakatlarida ko‘rgan bo‘lsa, stoiklar



Zenon va Kitiona kosmopolitizm idealini kishilarning hayotini yagona, umumjahon qonunlari orqali amalga oshirish imkonini beruvchi ijtimoiy shaklni izlashda deb bilgan. Xususan, kirinaiklaming kosmopolitik g‘oyasi «qaerda yaxshi bo‘lsa, o‘sha joy Vatan» degan iborasida o‘z aksini topgan. O‘rta asrlanda katolik cherkovi keskin kosmopolitik tendensiyalar tarafdori bo‘lgan. Uyg‘onish davrida dunyo fuqaroligi g‘oyalari feodal tarqoqlikka qarshi yo‘naltirilgan edi. Bu g‘oyalar Dante Aligeri, Tomazo Kampanella, Petrarka, Piko dela Mirandello, Rotterdamlik Erazm, Vives, Rable, Monten kabi mutafakkufarning asarlarida ro‘yobga chiqariigan. Germaniyada ushbu g‘oyalarni Lessing, Gyote, SHiller, nemis mumtoz filsafasi vakillari Kant va Fixte ilgari surgan. Ulaming K.i vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan mushtarak, milliy birlashishga erishish istagida namoyon bo‘lgan. Keyinchalik K. keskin xarakterga ega bo‘lib, kapitalning daromad orqasidan quvish manfaatlarini aks ettira boshlaydi. Jon Kennedi «Tinchlik korpusi»ni tashkil etib, dunyoning turli joylariga ushbu tashkilotning yosh xodimlarini yubora boshladi, bularning maqsadi—hammaga ingliz tilini o‘rgatish edi. Aslida, har qanday millat, katta-kichikligidan qat’i nazar, insoniyatning boyligidir va shu bois uning tili, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Er yuzidagi milliy va genetik fondning, shaxs imkomyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. Bu omilni aslo inkor etib bo‘lmaydi. Lekin shunga qaramay, AQSH Serbiyani aynan G‘arb va pravoslavlar muqaddas hayiti kuni bombardimon qilgani, uning milliy-ma’naviy an’analarni nazar-pisand qilmasligidan dalolat beradi. Jahon miqyosida yuz berayotgan hozirgi jarayonlar milliy davlatlarning bir-biriga yaqinlashuvi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy hamda madaniy jihatdan integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Ushbu tendensiyalar, ma’lum darajada, kosmopolitizm ko‘rinishida bo‘lib, globallashuv jarayonida o‘z ifodasini topmoqda Kishilik jamiyatining global yaqinlashuvi, avvalo, texnik taraqqiyot, transport vositalari, aloqa va kommunikatsiya tarmoqlari, mikroelektronikaning rivojlanishi bilan bog‘liq. Postkommunistik makonda mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ularning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi va jahon xojalik aloqalari tizimiga faol kirishishi globallashuvning yana bir kuchli omiliga aylandi. Hozirgi davrda globallashuv jarayonining kengayishiga aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligi, ayniqsa, ishchi kuchining migratsiyasi sezilarli ta’sir qilmoqda Bugungi kunda dunyoning birorta ham davlati migratsiya jarayonlaridan chetda turgan emas. Buning ham o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, donor-davlatlar, ya’ni migrantlarni etkazib beruvchi mamlakatlarda aholining tez o‘sishi, mehnatga layoqatli bo‘lgan aholi orasida ishsizlik darajasining yuqoriligi, maoshning pastligi, etarli darajada hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan yuqori ish xaqi to‘lanadigan ish topish va o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatining cheklangani shular jumlasidandir. Retsipient, ya’ni qabul qiluvchi davlatlar uchun esa, qo‘shimcha arzon ish kuchiga, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj, hayot sharoitlari va maoshning yuqori darajasi xos bo‘lib, mehnat migratsiyasi uchun qulay sharoit yaratmoqda Aholining siljishi, o‘z navbatida, ob’ektiv hodisa bo‘lib, ma’lum ma’noda xalqaro aloqalar va iqtisodiy hamkorlikka ko‘maklashuvchi jarayorlaming rivojlanishiga, xalqaro transport va kommunikatsiya vositalarining takomillashuviga, shuningdek, aholining xalqaro moliyaviy tuzilmalardan keng foydalanishiga, axborot tarqatish sur’atiga ijobiy ta’sir etadi. SHu bilan birga, aholi migratsiyasi bilan bog‘liq salbiy jihatlar ham namoyon bo‘lmoqda. Bu noqonuniy migratsiya to‘lqinlarining davlat tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinishini talab etmoqda. Muhojirlar orasida uyushgan jinoyatchilik, nizolar va boshqa qonunbuzarliklarning vujudga kelishi va o‘sishi ko‘pgina davlatlar barqarorligiga salbiy ta’sir etayotganini mutaxassislar ta’kidlamoqda 2005 yil noyabr oyida Fransiya, Belgiya va Germaniya shaharlarida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bunga misol bo‘la oladi. IA.Karimov ‘Nezavisimaya gazeta” ga bergan intervyusida globallashuv jarayoni g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sirni, bu jarayonda nodavlat nohukumat tashkilotlarning o‘rni haqida to‘xtalib, kosmopolitizmning quyidagi muhim jihatiga e’tibor qaratgan edi: “Sir emas, bizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar har doim olijanob maqsadlarni ko‘zlayvermaydi. Aytaylik, “XXI asr liderlari” kabi mavzularda o‘tkaziladigan seminarlarda ular iqtidorli yoshlarni “tanlashda hokimiyatga yordam” beradi, biroq bunda ular eng avvalo, o‘z manfaatlarini ko‘zlashadi. So‘ngra chet elga muntazam safarlar uyushtiriladi, ularda turli simpozium va seminarlar davomida bu odamlarning ongiga g‘oyat ustalik bilan ta’sir o‘tkaziladi. SHu tariqa o‘zlarim “dunyo fjqarolari” deb ataydigan kishilar toifasi tayyorlanadi...”4

Bu aslida buyukmillatchilik shovinizmi va millatchilikning asosiy omilidir. Millatchilik bu - millat ayirish, bir millatm har tomonlama ulug‘lab, boshqalarining huquq, ehtiyoj va manfaatlarim nazar-pisand qilmaslik, ularni erga urishdan iborat bo‘lgan nodemokratik mafkuradir. So‘nggi o‘n yilliklarda dunyoda ijtimoiy xavfli siyosiy, diniy, millatchilik va boshqa guruhbozlikka asoslangan buzg‘unchi g‘oyalarning faollashuvi kuzatilmoqda. Ularning maqsadi jamiyat bilan mutlaqo mafkuraviy qarama-qarshilikka asoslangani holda o‘zi vujudga kelgan mintaqalar uchungina emas, balki butun dunyo uchun jiddiy tahdidlarni tug‘dirishga qaratilgan. Turli dunyoqarashga tizimlar o‘rtasidagi nazariy kurashdan boshqa mafkura tashuvchilarini jismonan qirib tashlash orqali kurashga va raqiblarim repressiya qilishga o‘tish fenomem aynan buzg‘unchi mafkuralar bilan uzviy bog‘liq. Birinchi Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, o‘tgan mustaqil rivojlanish yillari davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdid saqlanib qolmoqda, deb aytish uchun asos bo‘la oladi. Bu tahdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda va muayyan xatti-harakatlarda aniq namoyon bo‘lmoqda.



Ma’lumki, “Sovuq urush” davrida paydo bo‘lgan ikki qutbli hukmron tomonlar Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasida siyosiy, mafkuraviy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy ta’sir doirasini kengaytirishga intilib keldi. Bu davr tugaganidan so‘ng, mahalliy integratsiya va mahsulotlar, sarmoya, ishchi kuchining o‘sishi, kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, ko‘plab nohukumat tashkilotlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq globallashuv jarayonlarining tezlashuvi ko‘pgina ijtimoiy nazariyotchilar tomonidan millat, millatchilik va transmillatchilikning mafkuralashuvdan keyingi yangi davri kirib kelganligining dalolati sifatida ko‘rib chiqila boshlandi. Ayni vaqtda sobiq Sovet Ittifoqi va YUgoslaviya hamda dunyoning ko‘plab mamiatkatlari hududida millatchilikning takroran vujudga kelishi va o‘ta turli-tuman, ayni damda qarama-qarshi (birlashtiruvchi va ayirmachi, shu jumladan begonalardan qo‘rqish) shakllarga kirishini o‘tish jarayonidagi muqarrar mushkilotlar bilan izohlashning imkoni bo‘lmay qoldi. Millatchilik hanuzgacha bugungi dunyodagi eng ta’sirchan mafkuralardan biriligicha qolmoqda. Biroq YAngi zamon davrida vujudga kelgan millatchilik uzoq vaqtga qadar “zamoniylashuv to‘g‘risidagi falsafiy diskursda” sezilmay qolib ketdi. Uning vujudga kelishi va kelgusidagi rivoji borasida o‘tmishdagi eng yirik mutafakkirlardan birontasi bashorat qilmagan edi. Bundan tashqari boshqa mafkuralardan farqli o‘laroq millatchilikning asosiy tamoyillarini izchil va ziddiyatlarsiz bayon qilishga layoqatli etuk mafkurachilari bo‘lmagan, ko‘pgina nazariyotchilar millatchilikning o‘ziga xos “qashshoqligini” bu mafkuraning ijtimoiy va siyosiy hayotga o‘ta katta ta’siri bilan hamohangligida ko‘radilar. Tadqiqotchilar tomonidan millatchilikning boshqa mafkuralar - liberalizm, konservatizm, sotsializm bilan birlashib ketish salohiyati tan olinishiga qaramasdan u hanuzgacha zamonaviy ijtimoiy nazariyada izohlanmaganligicha qolmoqda.M. mafkurasining uch modeli ajratib ko‘rsatiladi: Voqealarning nochiziqli va tizimsizligi (markaz va chekka viloyatlarda) millatchilikni keltirib chiqardi. Negaki turli gazetlarda bir xil voqealar turlicha yoritilar, ular kolloniyalarga katta adadda tarqatilar edi. “Har bir gazetaning konsepsiyasio‘zining kamsonli muxlislari dunyoqarashi prizmasidan kelib chiqib “dunyo voqealarini” yoritar edi. SHu sababli bu universallik va mahalliylikka asoslangan ispan-amerika millatchiligini keltirib chiqardi va bunda mansabdorlar va jurnalistlar asosiy rol o‘ynadi. Millatchilikning ikkinchi modeli Evropada paydo bo‘ldi va bunda avvalgi modeldan farqli ravida OAV emas, balki mahhaliytillar asosiy siyosiy va mafkuraviy rol o‘ynadi. Natijada milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Bir asr (1820-1920 y.y.) mobaynida qit’aning siyosiy xaritasi mutlaqo o‘zgarib ketdi va aksariyat davlatlarning paydo bo‘lishida erkinlik, tenglik, birodarlik kabi shiorlarga tayangan fransuz inqilob modeli asosiy mezonga aylanib qoldi.Evropa mamiakatlarida ongli millatchilik rasmiy tili ona tili bo‘lmagan xalqlarda shakllandi. Milliy ziyoliylar xalq ommasining tarixdagi o‘rnini ko‘rsatdi va bu millatchilikning shakllanishiga bir omil bo‘ldi.Uchinchi model bu buyurokratik modeldir. Bu turli tillarga mansub xalqlarning yagona boshqaruviga mansub jihatlarga bog‘liq. Bu Rossiya imperiyasida paydo bo‘ldi va uning ayrim elementlari Avstro-Vengriya imperiyasida ham uchraydi. Bu saroydagi mavjud tilning davlat tiliga aylanishi, milliy kiyim va madniyatning yo‘qolib borishi bilan bog‘liq.Byurokrat millatchilik ko‘psonli xalqlar va hukmron sulolalar bilan aloqador. U Rossiyada shakllanishi Evaropada vujudga kelgan inqilobiy va millatchilik harakatlariga javoban edi.

Ommaviy axborot vositalari hamda siyosatchilar tilida millatchilikning ko‘pincha zo‘ravonlik ishlatish bilan birga kechadigan “submillatchilik”, “mikromillatchiliklik”, “etnomillatchilik” va “etnohududiy” singari radikal harakatlarga o‘xshatishtahlil sohasini asossiz torayishiga va eng avvalo kundalik hayotdagi millatchilikni tasvirlovchi ijtimoiy amaliyotning keng qirralarini konseptuallashtirishning imkonsizligiga olib kelmoqda. Bunday holatlarda qandaydir biron mantiqiy sababga yoki izohlovchi qiymatga bog‘lab bo‘lmaydigan murakkab va bir ma’noli bo‘lmagan ijtimoiy-mafkuraviy hodisa sifatidagi millatchilikni nazariy qayta mulohazadan o‘tkazish vazifasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Millatchilik muammosini nazariy jihatdan ko‘rib chiqish siyosiyfikrlar va me’yoriy mulohazalar bilan chambarchas bog‘liq va “millatchilik” borasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘nalishini qayta tiklashga urinish muqarrar ravishda tegishli tuzilmaviy, tarixiy va akademik nuqtai nazarlarning o‘zaro aloqalarini genealogik ko‘rib chiqish shaklini olishi lozim. Bu savolga javob berishda millatchilik ziddiyalarining quyidagi uch farqli jihatiga e’tibor qaratish lozim:

1. Ob’ektiv uzoq tarixga ega bo‘lmagan(tarix isbotlab turganidek) millatlar, ammo o‘zlarini uzoq tarixiy taraqqiyotga ega deb hisoblovchilar (millatchilar) o‘rtasidagi farq;

Millatring aniq va ko‘p qirrali sotsiomadaniy jihatlari va sun’iy yaratilgan madaniy jihatlar o‘rtasidagi



farq;

3.Siyosiy kuch va nazariy jihatdan puch millatchilik o‘rtasidagi farq.



Millatchilik hodisasi XX asrning dastlabki o‘n yilliklari mumtoz ijtimoiy nazariyasida ko‘rib chiqilmay qolib ketgan, chunki bu M.Veberning dunyoni “sehr-jodudan” xalos qilish va E.Dyurkgeymning “uyg‘un hamkorlik’ borasidagi umumiy mantig‘iga sig‘magan edi. Millatchilik muammolarim o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki tadqiqotlarning paydo bo‘lishi mintaqaviy-evropacha akademik muhit bilan emas balki ingliz-amerika muhiti bilan bog‘liqdir. Mazkur tadqiqotlarda millatchilik ijtimoiy nazariyaning emas balki intellektual tarix yoki g‘oyalar tarixi predmeti sifatida ko‘rib chiqilgan, shuning uchun millatchilikning vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq ijtimoiy vaziyatlar e’tibordan chetda qolgan. 1920-1960 yillarda tadqiqotchilarni asosan insoniyatm millatlarga taqsimlanishi va bu millatlardan har biri uchun siyosiy vakillik zarurati to‘g‘risidagi tasavvurlardan iborat bo‘lgan. Ariosofiya (Ariosophy) madaniylashgan pessimizm bo‘lib, u XIX asr oxirlarida Avstro-Vengriya imperiyasimng Gabsburdagi nemis millatchilariring xomxayol fantaziyasiga asoslandi. Ko‘pmillatli imperiyada shakllanayotgan urbanizatsiya va sanoatlashuv, slavyan va nemis manfaatlariring to‘qnashuvi, Avstrriya fon SHonererning paydo bo‘lishi,katolik ta’limoti va darvin ta’limoti o‘rtasidagi ziddiyalar, irqchilik g‘oyalaribu buzunchi oqimning tafakkuriri ko‘rsatib berdi.


1Новейший философский словарь / Сост.А.А.Грицанов. - Мн.: Изд. В.М. Скакун, 1998. - 460 с.

2Каранг: Бромлей Ю.В. Очерки теории этноса.-М.: “Наука”, 1983.- С.57-58; Жаббаров Исо. Узбек халки этнографияси.-Т.: “Укитувчи”, 1994. -17-18 б.; Шониёзов К. Узбек халкининг шаклланиш жараёни.-Т.: “Шарк”. 2001. -101-103б.

3Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2011. 90-91 б.

4Каримов И.А. Биз танлаган йул — демократик тарак,к,иёт ва маърифий дунё билан хамкорлик йули. 11- жилд.- Т.: "Узбекистон", 2003, 34-б.

Yüklə 39,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin