3
onlayn xizmatlarni yo’lga qo’yish va zamon bilan hamnafas ildamlanish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, onlayn buyurtmalarni qabul qilish tizimini tashkil etish bizning rivojlanayotgan
yurtimizda dolzarb mavzulardan hisoblanadi.
Bitiruv
malakaviy ishimizning maqsadi.
Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida
avtomatlashtirilgan onlayn buyurtma qabul qilish tizimini ishlab chiqish ishimizning asosiy maqsadi
hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqqan holda
oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
1. Web texnologiyalarning yangi ko’rinishlarini o’rganish, bilimlar to’plash.
2. To’plangan nazariy bilimlarni yagona tizimga keltirish.
3. Chet elda qo’llanilayotgan nomdor onlayn buyurtma tizimlarini o’rganish, ularning yutuq va
kamchiliklarini aniqlash.
4. Bizning respublikamizdagi islohotlar, mentalitetimiz va kichik biznesni tashkil etish strukturalariga
asoslanib onlayn buyurtma qabul qilish tizimini tashkil etish.
Bitiruvmalakaviy ishimizning o’rganilganlik daraiasi. Onlayn buyurtma qabul qilish hozirda endi rivoj
topayotgan tizimlar sirasiga kiradi. Shuning uchun uni tashkil etish va rivojlantirish doimiy yangilik va
o’rganishni taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida o’rganilganlik darajasini aniqlab beradi.
Bitiruvmalakaviy ishimizning predmeti. Onlayn buyurtma qabul qilish tizimlari alohida mavqega ega
sanaladi. Ushbu tizimini yaratishda web texnologiyalardan foydalanish, MySQL ma’lumotlar omborini qo’llash
bitiruv malakaviy ishimizning predmeti sanaladi.
Dostları ilə paylaş: