}
Yuqoridagi dastur ekranga bo’sh oynani chiqarib beradi.
JFrame
yordamida yaratilgan bo’sh oyna
Ushbu dasturni xar bir qatorini ko’rib chiqamiz.
Birinchi qatorda
Swing
o’rami
import javax.swing.*;
ifodasi orqali import qilingan.
Keyingi qatorlarda
SoddaFrame
klassi va uning
main()
metodi e’lon qilingan. Oltinchi qatorda
oynani xosil qiluvchi
frame
obyekti
Frame
klassi andozasi asosida yaratilgan. Yettinchi qatorda
foydalanuvchi ushbu oynani yopganda qanday amal bajarilishi
frame
obyektini
setDefaultCloseOperation()
metodi orqali berilgan. Bizning misolda dasturdan chiqib
ketish
amali berilgan. Sakkizinchi qatorda oynani yangi o’lchamlari
frame
obyektini
setSize()
metodi
orqali berilgan. Yangi frame obyekti yaratilganda oyna o’lchami 0x0 piksel bo’ladi. Yangi oyna
yaratilganda u avtomatik ravishda ekranda chiqarilmaydi. Buning
uchun
frame
obyektini
setVisible()
metodini chaqirish kerak bo’ladi.
JFrame
klassi aksariyat metodlarini o’zining superklasslaridan meros qilib oladi. Asosiy
metodlari quyidagilardan iborat:
-
dispose()
– oynani yopadi va u egallab turgan sistema resurslarini bo’shatadi;
-
setIconImage()
– oynaning sarlavxa qismiga yorliq chiqarib beradi;
-
setTitle()
– sarlavxa qismidagi matnni o’zgartiradi;
-
setResizable()
– oyna o’lchamini foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilish imkonini
belgilaydi;
-
setLocation()
– oynani ekranda joylashishini o’zgartiradi, metod
argument sifatida
(x,
y)
qiymatlarini qabul qilib
x
qiymati
gorizontal va
y
qiymati vertikal koordinata o’qlarini
bildiradi. (0, 0) koordinatali nuqta ekranni yuqori-chap qismida joylashgan.
-
setBounds()
– metod argument sifatida
(x, y, kenglik, balandlik)
qiymatlarini qabul
qilib
x
va
y
qiymatlari oyna joylashish nuqtalarini, kenglik va balandlik
qiymatlari oyna
kengligi va balandligini belgilaydi.
Quyidagi misolda ushbu metodlardan ba’zilarini qo’llagan xolda oyna yaratib olamiz.
import javax.swing.*;
import java.awt.*;
public class SoddaFrame2
{
public static void main(String[] args)
{
JFrame frame = new JFrame();
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE);
frame.setTitle("Sarlavhaga ega oyna");
Toolkit kit = Toolkit.getDefaultToolkit();
Image img = kit.getImage("euro.png");
frame.setIconImage(img);
frame.setSize(300, 200);
frame.setVisible(true);
}
}
Dastur quyidagi sarlavha matni va sarlavha yorlig’iga ega oynani ekranga chiqarib beradi:
Sarlavhaga ega oyna
Shuni eslatib o’tish kerakki sarlavha yorlig’i uchun ishlatiladigan rasm fayli
dastur klassi
bilan bitta papkada joylashishi kerak.
Dostları ilə paylaş: