Istisnolar bilan ishlash Istisno xosil bo’lgandan keyin ushbu istisno ushlanishi kerak. Istisnoni ushlash uchun
try/catch
blokidan foydalaniladi.
try {
//dastur kodi
//dastur kodi
} catch(ExseptionTuri e) {
//istisnoni boshqaruvchi dastur kodi
}
try
bloki ichidagi dastur kodida istisno xosil bo’lsa dastur
try
bloki ichidagi qolgan dastur
kod bajarilishi to’xtatilib
catch
bloki ichidagi istisnoni boshqaruvchi dastur kodi bajariladi,
ya’no istisno ushlaniladi. Xosil bo’lgan istisno
catch()
ifodasida e’lon qilingan istisno yoki uni
kengaytiruvchi istisno turidan bo’lishi kerak. Masalan, quyidagi dastur try bloki ichida
IOException istisnosi xosil qilinadi. Xosil qilingan istisno catch bloki tomonidan ushlanadi va
istisno bajaruvchi kodi bajariladi.
import java.io.*;
public class ExceptionTest
{
public static void main(String[] args)
{
try {
IOException istisno = new IOException();
throw istisno;
} catch(IOException e) {
System.out.println("Istisnoni boshqaruvchi dastur kodi");
}
}
}
Dastur komanda satriga quyidagi matnni chiqarib beradi:
Istisnolarni boshqarish tizimi Agar
try
bloki ichidagi dastur kodida xech qanday istisno xosil bo’lmasa
catch
bloki
bajarilmay ushbu blokdan keyingi dastur bajariladi. Agar xosil bo’lgan istisno
catch()
ifodasida
ko’rsatilgan istisnodan farqli bo’lsa
catch
bloki bajarilmaydi va xosil bo’lgan istisno ushbu
metodni chaqirgan dastur kodiga uzatiladi.
Metod xosil bo’ladigan istisnoni
try/catch
bloki bilan ushlashi yoki
throws
kalit so’zi bilan
xosil bo’lishi xaqida e’lon qilinishi kerak.