Java dashturlash tili



Yüklə 66,32 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü66,32 Kb.
#205939
1   2   3   4   5   6
Java Dsturlash (uslubiy ko\'rsatma)

UMUMIY QOIDALAR

“Java Dasturlash tili” fani bo‘yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida" qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2001 y. 15-16-son, 104-modda), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan topshiriqqa muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-1-son bilan davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazilgan nizomga, 2009 yil 26 maydagi 160-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat asttestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizom, 2009 yil 14 avgustda 286-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i hamda 2022 yil 28 avgustda tasdiqlangan “Axborot xavfsizligi” fanining sillabusi asosida ishlab chiqilgan.


Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
ye) talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
j) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish (elektron jurnal joriy etish, kompyuterlarda fanlar bo‘yicha testlarni qabul qilish va boshqalar).
Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 66,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin