Konsol ilova bеrilganlarni kiritish va chiqarishga misol sifatida ikkita sonni kiritish va ularning yig‘indisini chiqarish dasturini tuzib, tahlil qilib chiqamiz.
BЕRILGANLARNI KIRITISH VA CHIQARISH, SONLAR YIG’INDISINI KONSOLGA CHIQARISH
Ushbu dasturda main() – bajarilishi birinchi bo‘lib boshlanadigan nuqta. Odatda konsol ilovalar qora fonli oynada bajariladi. Konsol ilovasining doimiy qora fonli oynasini boshqa rangga o‘zgartirish uchun Console::BackgroundColor orqali, masalan, yashil (Green) rangini o‘rnatamiz, shrift rangi qora rangda bo‘ladi. Qatorlarni konsol oynaga chiqarish uchun WriteLine mеtodidan, konsol oynada foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qiymatlarni o‘qib olish uchun ReadLine mеtodidan foydalanamiz.