Javobi:Genofor
994. Ribosoma tarkibiga oqsil va ribosomal RNK-RNP (ribonukleoproteid).
Ribosomaning subbirligi qayerda hosil bo`ladi?
Javobi:Yadrochada
995. Odamning somatic hujayrasida interfazaning presintetik davrida qancha DNK
molekulasi bo`ladi?
Javobi: 46
996. Hujayrada 0,2-1mkm shar shaklida bir membranali, tarkibida proteolitik ferment
saqlaydigan organoid bor. Ularning hosil bo`lishi golji kompleksi bilan bo`g`liq.
Javobi: Lizosoma
997. Bo`linish xususiyatiga ega bo`lgan hujayralarda o`sish, organoidlarning hosil
bo`lishi va ularning jamlanishi oqsil, RNK, lipidlar, uglevod sintezi tufayli bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatilganlar interfazaning qaysi davrida boradi (ammo bu davrda DNK
sintez bo`lmaydi)
Javobi: Presintetik
998.Hujayra yadrosida shunday strukturalar borki ular bo`linishning boshida yo`qolib
uning oxirida paydo bo`ladi. Ular o`z tarkibida oqsil va RNK saqlaydi va ular
ribosamaning subbirligi hosil bo`lishida ishtirok ketadi.
Javobi:Yadrochalar
999. Tuxumdon to`qimasida kata hujayralar urug`langan gomologik xromosomalar
bilan va krossingover nuqtasiga ega hujayralar topildi. Bu gametogenezning qaysi
davri?
Javobi:Yetilish
1000. G2 davrida aktivlanishi kerak bo`lgan genlar noaktivligicha qoldi. Bu qanday
o`zgarishlarga olib keladi?
Javobi: G2 da organoidlarning bo`linishi uchun kerak bo`ladigan oqsillar hosil
bo`ladi. Noaktivligi hujayraning toliq xususiyatiga ega bo`lishiga xatar beradi
Dostları ilə paylaş: |