Javob: duksimon hujayralar



Yüklə 59,67 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü59,67 Kb.
#208049
Azamjon Dadaboyev


1.Preparatda kubsimon, prizmatik,dumaloq,duksimon va o‟siqchali shakldagi hujayralar ko‟rinib turibdi.Ulardan qaysi biri qisqarish vazifasini bajaradi.
Javob: duksimon hujayralar
2.Elektron mikrofotografiyada ikki хil hujayra berilgan. Birinchi hujayraning apikal yuzasida ko‟plab sitoplazmaning barmiqsimon o‟simtalari bor.Ikkinchi hujayraning qaysi birida endositoz jarayoni aktiv kechadi
JavobBirinchi hujayrada endositoz kechadi.
3. Hujayra plazmolemmasi ostida ko‟plab mayda oqish pufakchalar aniqlanmoqda. Bular qanday strukturalar va qanday jarayon bilan bog‟liq.
Javob . Pinositoz pufakchalar.Ular endositoz jarayoni bilan bog‟liq.
4. Ikkita aktiv biologic membranalar berilgan.Bittasi polisaharidlardan tuzilgan glikokaliksi bor.Ikkinchisida bu qavat yo‟q.Bu biologic membranalarni qaysi biri sitolema hisoblanadi. Javob . Glikokaliks qavatini saqlab qolgan biologik membrana.
5.Jigar hujayralarida glikogen depo holatida to‟planadi.Bu hujayralarda qaysi organoidlar yahshi?
Javob . Silliq endoplazmatik to‟r.Goldji apparati va mitohondriyalar.
6.Xujayralar to„plami rentgen nurlari ta'sirida shikastlandi. Yuqori nurlanish ta'sirida xujayra sitoplazmasida ko„p miqdorda vodorod perioksid xosil bo„ldi. Vodorod perioksidni zararsizlantirishda qaysi organoidlar aktiv ishtirok etadi? Javob . Peroksisomalar, katalaza va peroksidaza fermentini saqlaydi.
7.Elektron mikrofotografiyada mikronaychalarni ko„ndalang kesimida triplet va dupletlar ko„rinadi. Mikronaychalar qaysi strukturalarga tegishli?
Javob: Tripletlar sentriola va bazal tanachaga tegishli, dupletlar esa - xivchinlar va kiprikchalarga tegishli.
8. Birinchi mikrofotografiyada ko„plab xujayralarning qo„shilishidan xosil bo„lgan ko„p yadroli tuzilma berilgan. Ikkinchisi xujayralarni mitoz bo„linishi natijasida xosil bo„lgan o„simtali xujayralar bir-biridan ajralmay o„simtalar yordamida bog„lanadi. Bu tuzilmalar nomini ayting.
Javob.Simplast va sinsitiy.
9. Elektronogrammada ikkita sekretor xujayra berilgan: birida donador endoplazmatik to„r, Goldji apparati, sitoplazmada ko„plab polisomalar bor. Ikkinchisida silliq endoplazmatik to„r va Goldji apparati yaxshi rivojlangan. Bu xujayralar qanday sekret ishlab chiqaradi?
Javob . Birinchisi oqsil tabiatli sekret, ikkinchisi polisaxarid yoki lipid tabiatli sekret ishlab chiqaradi.
10 .Elektron mikroskopda xujayrada mitoxondriyalarni destruksiyasi aniqlandi. Xujayrada jarayonlar buziladi?
Javob .Energetik jarayonlar.
11. Tajribada xayvonga uzoq vaqt davomida uyqu dori berildi. Jigar xujayralarini qaysi organoidi aktiv ishlaydi? Javob . Silliq endoplazmatik to„r, mikrosomal oksidaz tutuvchi sistema saqlaydi. Vazifasi: dezintoksikatsion.
12.Tajribada xayvonga uzoq vaqt davomida uyqu dori berildi. Jigar xujayralarini qaysi organoidi aktiv ishlaydi? Javob. Silliq endoplazmatik to„r, mikrosomal oksidaz tutuvchi sistema saqlaydi. Vazifasi: dezintoksikatsion.
13.Elektron mikroskopda ko„rilganda xujayrada lizosoma membranasini butunligini buzilishi va fermentlarni sitoplazmaga chiqishi aniqlandi. Bu xujayralarda qanday o„zgarish bo„ladi?
Javob: O„z- o„zini xazm qilish natijasida xujayralar nobud bo„ladi.
14.Elektron mikroskopda xujayralarda ko„p miqdorda autosomalar aniqlandi. Xujayralarda qanday jarayon sodir bo„lmoqda? Javob: Organoidlarni qisman parchalanish jarayoni.
15.Preparatda ikki xil xujayra ko„rinmoqda. Birida yadrosida intensiv bo„yalgan xromatin ipchalari bor. Ikkinchisida yadro oqish, xromatin diffuz tarqalgan.U yoki bu xujayralarda xromatinning qaysi tipi aniqlanadi? Javob:Geteroxromatin i euxromatin. Ikkinchisi jadal ish bajaruvchi xujayra.
16.Preparatda xromasomalar xujayraning markazida aniqlanganligi ko„rildi, xromasomalar yulduzsimon shaklga kirgan. Mitoz bosqichini ayting. Javob:Metafaza.
17.Preparatda xromosomalari qiz yulduzlari shaklidagi xujayralar ko„rinmoqda. Mitoz bosqichini ayting. Javob:Telofaza.
18.Preparatda sitoplazmada tartibsiz kondensirlangan xromosommalar tutuvchi xujayralar ko„rinmoqda. Mitoz bosqichini ayting. Javob:Profaza.
19.Mitoz xolatidagi xujayraga bo„linish duklarini uzuvchi preparat ta'sir qildirildi. Bu nimaga olib keladi? Xujayraning xromosoma to„plami qanday bo„ladi? Javob: Anafaza va telofaza kuzatilmaydi. Xujayra xromosoma to„plami tetraploid.
20.Ikkita qon surtmasi berilgan. Birinchisida - neytrofillarda jinsiy xromatin baraban tayoqchasi ko„rinishida yadroning bir segmentida joylashgan.Ikkinchi surtmada jinsiy xromatin aniqlanmadi. Surtmalardan qaysi biri ayol qonidan tayyorlangan?
Javob: Jinsiy xromatin saqlagan qon surtmasi ayolga tegishli.
21.Pigment xujayralarning sitoplazmasida quyosh nurlari ta'sirida pigment donachalari xosil bo„ldi. Donachalar xujayraning qaysi strukturasiga kiradi? Javob: Pigment kiritmalari ( melanin pigmenti).
22.Me'da osti bezi xujayralarining apikal qismida sekretor sikl jarayoni natijasida sekret donachalar gox paydo bo„lib gox yo„qoladi. Sekret donachalarni xujayraning qaysi strukturasiga kiritish mumkin? Javob:Sekretor kiritmalar. 23.Ma'lumki, xujayra sitoplazmasida organellalar doimo xarakatda bo„ladi.Xujayraning qanday strukturalari bunda ishtirok etadi? Javob:Mikrofilamentlar va mikronaychalar.
24.Ma'lumki, ba'zi xujayralar xarakatlanish qobiliyatiga ega. Xarakatlanish qobiliyatiga ega bo„lgan xujayralar nima xosil qiladi? Javob:Psevdopodiya. Vaziyatli masala-26
25.Elektron mikroskopda xujayra tekshirilganda uning bir yuzasida kiprikchalar, bir yuzasida esa desmosomalar borligi aniqlandi. Xujayraning qaysi yuzasi erkin, qaysi yuzasi kontakt qiluvchi xisoblanadi? Javob: Kiprikchalar tutuvchi yuzasi - erkin , desmosoma xosil qilgan qismi kontakt qiluvchi.
26.Ichaklarning ichki yuzasi jiyakli epiteliy xujayralar bilan qoplangan. Ba'zi kasalliklarda jiyaklar shikastlanadi. Bu xolatda xujayralarning qaysi vazifasi buziladi? Javob. So„rish funksiyasi.
27.O„lchami 0,2 mkmdan kichik, 100 nm katta bo„lgan strukturalarni tekshirish kerak bo„lib qoldi. Yorug„lik mikroskopini qanday usulidan foydalanish mumkin? Javob:Ultrabinafsha mikroskopiya.
28.O„lchami 0,1 mkmdan kichik, 100 nm katta bo„lgan strukturalarni tekshirish kerak bo„lib qoldi. Mikroskopiyaning qanday usulidan foydalanish mumkin? Javob.Elektron mikroskopiya.
30.Ma'lumki, xujayra tarkibida turli xil organik moddalar bo„ladi. Buni qanday usullar bilan aniqlash mumkin: a) sifat tarkibi; b) miqdori. Javob.A) sitoximiya usuli, b) sitofotometriya usuli.
31.Preparatda (bo„yalishi: gematoksilin-eozin) xujayralar ko„rinmoqda, ularning sitoplazmasi: a) bazofil; b) oksifil. Sitoplazmaning bo„yalishiga qanday moddalar ta'sir qiladi? Javob.A) sitoplazmatik RNK, b) sitoplazmatik oqsillar. 32.Xujayradan tashqarida ionlar konsentratsiyasi xujayra ichiga qaraganda kam. Bu xolatda xujayra ichiga ionlar kirishi mumkinmi? Kirishi mumkin bo„lsa, qanday mexanizm orqali amalga oshiriladi? Javob:Aktiv transport.
33.Elektron gistoximiya usuli yordamida jigar xujayralari (gepatotsitlar) sitoplazmasida rozetkasimon glikogen saqlovchi sirukturalar borligi aniqlandi. Bu strukturalar qanday nomlanadi? Javob: Kiritmalar.
34.Xujayraga sitolemmasidagi oqsillarni konformatsiyasini o„zgartiruvchi moddalar bilan ishlov berildi.Xujayra membranasini qaysi funksiyasi buziladi? Javob:Transport va retseptor.
35.Xujayraning 3 ta preparati takdim etildi.1-da yaxshi rivojlangan mikrovorsikalar, keyingisida kiprikchalar va uzun usikchalari bor.Shularning kaysi biri surilishga ixtisoslashgan. Javob:mikrovorsinkali xujayralar
36.Xujayra yuzasida erkin ishkoriy fosfataza aniklandi.Elektron mikroskop ostida xujayra yuzasi kanday kurinadi. Javob:mikrovorsinkali
37 .Xujayralarni mikroskop ostida urganganimizda, xujayralarning yuzasida kam sonli mikrovorsinkalar, ayrimlarida jiyakli buladi.Bu xujayralarning vazifalari xakida kanday xulosa kilish mumkin. Javob:Jiyakli xujayralar surishga ixtisoslashgan.
38. Yara yuzasida ko‟plab birlamchi va ikkilamchi tipdagi lizosoma tutgan hujayralar topildi, Bu hujayralarning vazifasi nima? Javob: (Himoya, ular fagotsitozga jalb qilingan.)
39. Hujayraning hayotiy jarayonida endoplazmatik to‟rning sisternalar va kanalchalar sistemasi faoliyati oshgan .. Hujayra ichidagi qaysi moddalar sintezi faollashlgan? Javob: (Lipidlar va uglevodlar).
40.Manipulyator yordamida hujayra markazi sentrioli olib tashlandi. Bu hujayraning keyinchalik hayotiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Javob:(Mitozga bo'lgan qobiliyati yo‟qoladi)
41.Manipulyator yordamida hujayradan Golji majmuasi olib tashlandi.Bu hujayraning keyinchalik hayotiga qanday ta'sir ko'rsaladi? Javob: (Uglevod sintezi, lizosoma hosil bo'lishi, sekret mahsulotlarining hosil bo'lishi va ajralishi buziladi)
42.Hujayra yadrosiga giston oqsilini parchalovchi preparatlar bilan ishlov berildi. Birinchi bo'lib qaysi struktura shikastlanadi?
Javob: (Xromatin strukturasi o'zgargani uchun xromosoma struktura va funksiyasi ham o'zgaradi)
43.Mitoz natijasida ikkita qiz hujayra hosil bo'ldi. Bittasida hujayra siklining interfazasi boshlandi, ikkinchisida esa differensirlanish. Har bir hujayra bilan keyinchalik nima yuz beradi?
Javob: (Birinchisi bo'linadi, ikkinchisi uzoq vaqt ish bajarib nobud bo'ladi. Ayrim hujayralar mitotik siklga qaytishi mumkin)
44.Odam va gorilla kariotipini o'rganishda ikki xil tip topildi. Biri 46 ta, ikkinchisi esa 48 ta xromosomaga ega. Qaysi biri odamga tegishli? Javob: (46 ta xromosomali hujayra)
45.Mikroxirurgik yo'l bilan amyoba (bir hujayrali organizm) ikkita fragmentga ajratildi: yadroli va yadrosiz. har birida keyinchalik qanday jarayon sodir bo'ladi va buning sababi nima?
Javob: (Yadrolifragmenthujayranitiklaydi. Yadrosiz fragment nobud bo'ladi. Yadro barcha jarayonlarni boshqaradi, shu jumladan raparatsiyani ham) 46.Tajriba uchun bir nechta og'iz bo'shlig'i epiteliysi olindi va bu gistologik preparatga maxsus ishlov berilgandan so'ng aniqlandiki, ularning yadrosida jinsiy xromosomalar yo'q ekan. Hujayra qaysi jins vakilidan olingan? Javob: (Erkak jins)
47.Elektron mikrosuratda spermatozoidning kesmasi ko'rsatilgan. Unda mitoxondriya bilan o'ralgan o'q ip ko'rinib turibdi. Sprematozoidning qaysi qismi kesilgan? Javob: (Spermatozoidning oraliq qismi)
48.Tuxum hujayrasiga Yaltiroq halqa tarkibiga kiruvchi follikulyar hujayrani parchalaydigan preparat bilan ishlov berildi. Bunda tuxum hujayrasiga nima bo'ladi? Javob: (Tuxum hujayrasi nobud bo'ladi, chunki follikulyar hujayralar trofik vazifani bajaradi)
49.Tuxum hujayra bir tekis tarqalgan oz miqdorda sariqlik saqlaydi. Tuxum hujayra tipi va maydalanish turini aniqlang.
Javob: (Oligoletsital, izoletsital, tuxumhujayra. Maydalanish,to'liq,simmetrik, sinxron)
50.Tuxum hujayra bir qutbda joylashgan ko'p miqdorda sariqlikka ega. Tuxum hujayra tipi va maydalanish turini aniqlang.
Javob: (Poliletsital keskin teloletsital tuxum hujayra. Maydalanish chala, diskoidal)
51.Gistologik preparatda blastotsel markazida bir xil kattalikda blastomerlardan tashkil topgan bir qavat blastodermali blastula ko‟rinadi. Bunday blastulaga qanday maydalanish olib keladi? Keyinchalik gastrulyatsiyaning qaysi turi kuzatiladi?
Javob: (Maydalanish to‟liq, simmetrik. Gastrulyatsiya invaginatsiya yo‟li bilan)
52.Lansetnik ikki qavatli homilasida invaginatsiyadan hosil bo‟lgan ichki varaq parchalandi. Qaysi asoslar rivojlanishi buziladi? Javob: (Ichak nayi va xorda rivojlanishi buziladi)
53.Tajribada jo‟ja homilasida metabolitni chiqaruvchi va gaz almashinuvi funksiyasini bajaruvchi homiladan tashqari organ shikastlandi. Bu qaysi organ? Tovuq embrionida qanday hosil bo‟ladi? Javob: (Allantois shikastlangan. Ichak orqa qismining vertikal devorida o‟simta bo‟lib)
54.Tovuq embrionida homiladan tashqari ektoderma va homiladan tashqari mezodermaning larietal varaqasi buzilgan. Bunda qaysi provizor organlar hosil bo‟lmaydi? Javob: (Amnion va seroz qavat hosil bo‟lmaydi)
55.Jo‟ja homilasida mikromanipulyator yordamida segment oyoqchalar buzib tashlandi.Bunda qanday holatlar yuzaga keladi? Javob: (Segment oyoqchalar buzib tashlanganda siydik-tanosil sistema rivojlanishi biziladi)
56.Jo‟ja homilasigayorug‟lik mikroskopida qaraganda birlamchi ektodermatarnov shaklida qayrila boshlagani ko‟rinadi. Shu hujayraviy material va ektodermaning qolgan qismidan keyinchalik nimalar hosil bo‟ladi? Javob: (Tarnov chetlari birlashib, netv kanali va nerv yostiqchalari shakllanadi. Homila ektodermasining qolgan qismlari nerv nayini tashqaridan o‟rab olib teri ektodermasini hosil qiladi)
57.Barcha umurtqalilar va odam homilasi differensirlanishi jarayonida avval ikkita, so‟ng uchta homila varaqasi hosil bo‟lish davrini o‟tadi. Shu varaqalarni nomini ayting. Javob: (Ektoderma – tashqi varaqa, mezoderma – o‟ta va entoderma – ichki varaqa)
58.Gastrulyatsiya jarayonida uchta homila varaqalaridan hujayralar ko‟chishi sodir bo‟ladi. Noto‟g‟ri shaklli hujayra och yadroli, ko‟plab o‟simtasi yordamida boshqa hujayralar o‟simtalari bilan bog‟lanadigan. Bu qaysi hujayralar? Ulardan keyinchalik nimalar shaklllanadi?
Javob: (Mezenxima. Undan shakllanadi: qon, limfa,ularning tomirlari, qon va immunitet hosil qiluvchi organllar (timusdan tashqari), silliq mushak to‟qimasi, endokard, endoteliy, mikrogliya)
59.Elektrogrammada erkak va ayol jinsiy hujayralari keltirilgan. Organella tarkibiga qarab spermatozoid va tuxum hujayralarini qanday ajratish mumkin? Javob: (Tuxum hujayrasida sentriola bo‟lmaydi)
60.Rasmda lansetnik, baqa, tovuq va odam tuxum hujayralari chizilgan. Qaysi biri kimga tegishli?
Javob: (Lansetnik – oligoletsital birlamchi izoletsital, baqa– poliletsital mezoletsital, tovuq – poliletsital keskin teloletsital, odam – ikkilamchi oligoletsital izoletsital)
61.Lansetnikda ikkita blastomerli bosqichda tajriba yordamida bitta blastomer parchalandi. Qolganiga nima bo‟ladi?
Javob: (Normal lansetnikka aylanadi)
62.Tuxum hujayrasi sariqligi bir tekis tarqalgan oz miqdorda. Bunday tuxum hujayra qaysi quyi hayvon sinfiga tegishli? Tuxum hujayra tipi, maydalanish tipi, bo‟lajak homila blastula turini aniqlang.
Javob: (Lansetnik. Tuxum hujayra birlamchi oligoletsital, maydalanish to‟liq (goloblasrik) simmetrik, seloblastula)
63.Bir turga mansub ikkita hayvon homilasi berilgan. Bittasi ikkita blastomerli bosqichda, ikkinchisi morula davrida. Qaysi homila massasi kattaroq?
Javob: (Ikkala homilaning massasi teng)
64.Homilada maydalanish faqat animal qitbda kuzatiladi. Bu qanday maydalanish turi? Tuxum hujayra tipini ko‟rsating
Javob: (Maydalanish chala diskoidal. Tuxum hujayra polilitsetal keskin teloletsital)
65.Tuxum hujayrasida sariqlik ko‟p, vegetativ qutbga surilgan. Bunday tuxum hujayra qanday nomlanadi va bu qaysi hayvon sinfga mansub?
Javob: (Poliletsital keskin teloletsital. Qushlar va sudralib yuruvchilar sinfi)
66.Tajribada blastula davrida hujayralar ko‟chishiga to‟sqinlik qiluvchi modda yuboribdi. Embriogenezning qaysi bosqichi to‟xtaydi?
Javob: (Gastrulyatsiya)
67.Tajribadamanipulyator yordamidamiotom parchalandi. Qaysi to‟qima rivojlanishi buziladi?
Javob: (Ko‟ndalang-targ‟il mushak to‟qimasi)
68.Tajribada manipulyator yordamida dermatom parchalandi. Qaysi to‟qima rivojlanishi buziladi?
Javob: (Terining biriktiruvchi to‟qimasi (derma))
69.Tajriba yordamida homilaning nefrogonotomi shikastlantirildi. Organizm qaysi sistemalarida o'zgarishlar sodir bo'ladi?
Javob: (Siydik ajratuvchi va jinsiy sistemalarda)
70.Homilada boshqa provizor a'zolardan tashqari trofoblast ham rivojlanyapti. Bu qaysi hayvon sinfi vakilining homilasi?
Javob: (Yo'ldoshli sutemizuvchilar sinfi)
71.Homilada barcha provizor a'zolar rivojlangan: sariqlik haltasi, amnion, seroz qavat va allantois. Bu qaysi hayvon sinfi vakilining homilasi?
Javob: (Qushlar sinfi)
72.Tajribada jo'ja homilasi rivojlanishida amnion burmalari birikib ketishi bizilgan. Qaysi provizor a'zolar hosil bo'lishi buziladi?
Javob: (Amnion va seroz qavat)
73.Jo'ja taraqqiyoti jarayonida amniotik burma hosil bo'ladi. Bu burma nimadan hosil bo'ladi?
Javob: (Homiladan tashqari ektoderma va homiladan tashqari mezodermaning parieral qavati)
74.Jo'ja homilasi rivojlanishida gaz va metabolitlar almashinuvini bajaruvchi organ shikastlandi. Bu qaysi organ? U qaysi varaqalardan hosil bo'ladi?
Javob: (Allontois. Homiladan tashqari entoderma va homiladan tashqari mezodermaning visseral qavati)
75.Spermatogenez jarayonida akrosoma hosil bo'lishi buzilgan ("yumaloq kallachali spermatozoid" simptomi). Sprematozoidning qaysi funksiyasi buziladi?
Javob: (Tuxum hujayrani urug'lantirish)
76.Homila suyuqligining sitologik tekshiruvida jinsiy xromatik saqlovchi hujayralar topildi. Homilaning jinsi qanaqa bo'ladi?
Javob: (Ayol)
77.Elektron mikrosuratda spermatozoidlarning ko'ndalang kesmalari tushurilgan. Birida mitoxondriyalar bilan o'ralgan o'q ip yaxshi ko'ringan, ikkinchisida esa faqat sentriola. Suratda spermatozoidning qaysi qismlari ko'rsatilgan?
Javob: (Birinchisida – oraliq, ikkinchisida – bo'rin (bog'lovchi qism))
78.Urug'lanishda tuxum hujayraga Y xromosomali spermatozoid kirdi. homilaning jinsi qanaqa bo'ladi?
Javob: (Erkak)
79.Maydalanish natijasida seloblastula hosil bo'ldi. Tuxum hujayra tipi va maydalanish turini aniqlang.
Javob: (Birlamchi oligoletsital izoletsital tuxum hujayra. Maydalanish to'liq (goloblastik) simmetrik, sinxron)
80.Tajribada qush homilasining gastrula davrida hujayralarning birlamchi chiziqdan harakati to'sib qo'yilgan. Qaysi homila varaqasining rivojlanishi buziladi?
Javob: (Mezoderma)
81.Tajribada qush homilasining gastrula davrida hujayralarning genzen tuguni orqali harakati to'sib qo'yilgan. Qaysi o'q a'zoning rivojlanishi buziladi
Javob: (Xorda)
82.Tajribada hujayraviy materialning birlamchi chiziq va genzen tugunidan o'tishi tosib qo'yilgan. Bu homila rivojlanishida qanday jarayonlarning buzilishiga olib kladi?
Javob: (Xordal-mezodermalasos rivojlanmaydi)
83.Tajribada amfibiyaning gastrula davrida plastinka yordamida ektodermaning xordal o'simtasi izolyatsiya qilindi. Bunda homila rivojlanishining qanday jarayonlari buziladi?
Javob: (Nerv nayi va ganglioz plastinka hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi)
84.Umurtqalilar kichik tipiga mansub homilada barcha provizor a'zolardan faqat sariqlik qopchasi rivojlanadi. Bu homila qaysi hayvon sinfiga mansub va yetuk formalarining yashash tarzi qanaqa?
Javob: (Baliqlar. Suvda yashash)
85.Sariqlik qopining asosiy funksiyasi – oziq moddalarni yig'ish va birlamchi eritroblastlarni hosil qilishdan kelib chiqib, qaysi baliqlarda (sayoz suvda, chuqur suvda yashovchi) qon orolchalari rivojlanishining tezlashishini kuzatish mumkin?
Javob: (Chuqur suvda yashovchi baliqlarda)
86.Tajribada jo'ja homilasining homiladan tashqari lateral mezodermasi shikastlandi. Homiladan tashqari qaysi organlar hosil bo'lishi buziladi?
Javob: (Amnion va seroz qavat)
87.Qush homilasining rivojlanishida homiladan tashqari ektoderma shikastlangan. U homiladan tashqari qaysi organlar rivojlanishining asosi bo'ladi va qanday funksiyalar buziladi?
Javob: (Amnion (himoya funksiyasi). Seroz qavat (himoya, hafas, trofik funksiyalar))
88.Tuxum hujayra ikkita spermatozoid bilan urug'landi. Homilaning xromosoma to'plami qanaqa bo'ladi? Normal rivojlanish kuzatilishi mumkinmi?
Javob: (Triploid. Normal rivojlanish kuzatilmaydi.)
89.Embriogenezning 6-7 kunida homila bachadon devorining bir qismiga yopishadi. Bunday normadan chetlanish natijasida nima yuz beradi?
Javob: (Xorion vorsinkalari nayning yupqa devorini buzadi va natijada nayning yorilishi kuzatiladi, bu qorin bo'shlig'iga qon ketishi bilan kechadi. Homila nobud bo'ladi)
90.Homila toksikozida platsentaning muddatdan oldingi ko'chishi kuzatiladi. Ko'p qismning ko'chishi homilaning nobud bo'lishiga olib keladi. Homila nobud bo'lishining sababi nima?
Javob: (Homilaning kislorod, oziq moddalar bilan ta'minlanishi va metabolism mahsulotlarining chiqarilishi buzilishi)
91.Ayolda yallig'lanish natijasida ikkala tuxum yo'lining obliteratsiyasi (nay yopilishi) yuz berdi. Bunday holda urug'lanish sodir bo'lishi mumkinmi?
Javob: (Yo'q)
92.Odam tuxum hujayrasining gistologik preparatida sitoplazmada oz miqdorda bir meyorda tarqalgan nuqtali kiritmalar ko'rinadi. Tuxum hujayraning qaysi turi? Javob: (Ikkilamchi izoletsital)
93.Odamda 2-maydalanishnatijasida 3 ta turli kattalikda blastomerlar hosil bo'ladi. Zigotaning maydalanish turini aniqlang.
Javob: (To'liq asinxron asimmetrik)
94.Maydalanishda och va to'q blastomerlar hosil bo'ladi. Embrioblast rivojlanishida qaysi blastomerlar asos bo'ladi?
Javob: (To'q blastomerlar)
95.Maydalanishda och va to'q blastomerlar hosil bo'ladi. Och blastomerlar maydalanib to'qlari atrofida bir qavat bo'lib joylashadi. Bunda och blastomerlardan homilaning qaysi qavati hosil bo'ladi?
Javob: (Trofoblast)
96.Odam uchun homila rivojlanishining 1-haftasida 2 qavatli trofoblast differensirlanishi xos. Bu qavatlar qanday nomlanadi va qanday gistologik strukturadan tuzilgan?
Javob: (Ichki qavat – sitotrofoblast, bir qavatli kubsimon epiteliydan, tashqi qavat – simplastotrpfoblast, simplastdan tuzilgan).
97.Одам пуштининг имплантациясининг бошланиши аникланган.Пушт кайси боскичда? Пуштнинг муддати?
Javob: Бластоциста боскичи 7 суткалик
98. 14 –кунлик одам пушти препарати берилган, пушт бушлигида 2та пуфакча куриняпти .Бу пуфакчалар кандай номланади.уларнинг тегиб турган девориданкандай хомила вароклари хосил булади.
Жавоб:амнион ва сариклик,эктодерма ва энтодерма.
99.Йулдошнинг она ва бола кисми препаратлари такдим этилган.Йулдошнинг бола кисми нимадан хосил булган. Жавоб:Амнион парда ва хорион пластинкадан 100.Ona yo‟ldoshining shilliq qavatida, yorqin sitoplazmali aylana yadroli hujayralar bor. Bu hujayralar nima deb nomlangan va ular nima vazifani amalga oshiradi? Javobi: (Desidual hujayralar. Trofik).
Yüklə 59,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin