Javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning moliyaviy va nomoliyaviy mezonlari


Umumiy ishlab chiqarish xarajatlaridan yo’lodosh mahsulotlar tannarxini istisno qilish usuli



Yüklə 112 Kb.
səhifə8/9
tarix21.10.2023
ölçüsü112 Kb.
#159186
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JAVOBGARLIK MARKAZLARI FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY MEZONLARI

Umumiy ishlab chiqarish xarajatlaridan yo’lodosh mahsulotlar tannarxini istisno qilish usuli. Xom ashyoni bir texnologik jarayonda kompleks qayta ishlaydigan tarmoqlarda bir necha turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi va odatda chiqindilar hosil bo’ladi. Bunday ishlab chiqarishlar kimyo, tog’-kon, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati, rangli metallurgiya, chorvachilik va boshqa tarmoqlarda kuzatiladi. Xom ashyoni qayta ishlash jarayonida olingan mahsulotlar tannarxini hisoblash uchun ular asosiy mahsulotlar, bog’liq va chiqindilarga tasniflanadi.
Mahsulotlarni asosiy va bog’liqga tasniflashda asosiy belgilari sifatida, dastlabki xom ashyo va materiallardan qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni maqsadli foydalanishi, ijtimoiy ahamiyatiga qarab, qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Ularni qiymati ko’p holatlarda, dastlabki xom ashyo va materiallarni qaysi qismi ishlab chiqarilgan mahsulotlar tarkibiga kirishi bilan belgilanadi.
Ana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda asosiy mahsulot deyilganda yuqori iste’mol sifatlari xom ashyo va materiallarni qayta ishlashning asosiy maqsadini belgilab beruvchi va tannarxining katta qismini o’z ichiga oluvchi mahsulotlar tushuniladi.
Yo’ldosh mahsulotlar asosiy turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida yaratiladi, bu xildagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonning chiqindilaridan foydalaniladi.
Dastlabki xom ashyo va materiallardan olingan mahsulotlarni asosiy, bog’liq va chiqindilarga tasniflash, mahsulot tannarxini rejalashtirish, hisobga olish va kalkulyatsiyalash bo’yicha tarmoq yo’riqnomalarida mavjud.
Yo’ldosh mahsulotlar tannarxini istisno qilish usulida asosiy mahsulot tannarxi quyidagicha: yo’ldosh mahsulotlar qiymatini belgilangan narxlarda baholab umumiy xarajatlar summasidan chiqarish yo’li bilan aniqlanadi.
Kombinatsiyalashgan usul mahsulot tannarxini hisoblashning turli usullaridan foydalanishni o’z ichiga oladi. Ayniqsa, kompleks ishlab chiqarishlarda keng qo’llaniladi.
Ishlab chiqarish chiqindilari - bu dastlabki xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida ijtimoiy foydasi uncha baland bo’lmagan va korxonaning asosiy ishlab chiqarishdan keyingi texnologik jarayonlarida qayta ishlanmaydigan yoki qayta ishlash mumkin bo’lmagan yohud qayta ishlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan qoldiqlardir.
Xom ashyoni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tasnifiga misol sifatida go’sht va yog’ ishlab chiqarishda chorvani so’yishdan olinadigan mahsulotlar xizmat qilishi mumkin. Asosiy mahsulotlar suyakli go’sht, yo’ldosh mahsulotlar – submahsulotlar, eritilgan yog’, terilar va ichak tovoqlari, chiqindilar - hayvonlarning oshqozon-ichak yo’llaridagi ajratmalar.
Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo’yicha hisobga olingani tashkil etish. Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan har bir muomalaning buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlar guruhidan foydalaniladi:
- 2010-“Asosiy ishlab chiqarish";
- 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish";
- 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari”;
-2610-“Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar“;
- 3110-“Oldindan to’langan operativ ijara haqi”;
- 3120-“Oldindan to’langan xizmat haqi”;
- 3190-“Boshqa kelgusi davr xarajatlari”;
- 8910-“Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari”.
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’ida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo’yicha guruhlanadi.
2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’idan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:
- mahsulot ishlab chiqarshi bo’yicha sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari;
- qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo’yicha pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari;
- xizmatlar ko’rsatish bo’yicha transport va aloqa korxonalari;
- ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo’yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari;
- avtomobil yo’llarini asrash va ta’mirlash bo’yicha yo’l xo’jaliklari.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini aniqlash uchun tegishli xarajatlar 2300 – “Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvaraqlarida guruhlanadi.
Shuningdek, mazkur hisobvaraqlarda 21-sonli BHMSga muvofiq, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar balansida turgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik bo’linmalari xarajatlari ham hisobga olinishi mumkin.
Qo’shimcha xarajatlarni hisobga olish. Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari o’rtasida bilvosita xarajatlarni oqilona taqsimlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, mahsulotlarning texnologik turlari bo’yicha tannarxini to’g’ri aniqlash imkonini beradi. Bu holat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini shakllantirish bo’yicha korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda ijobiy samara beradi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va uni boshqarish xarajatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1) mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;
2) umumishlab chiqarish xarajatlari;
3) davr xarajatlari.
Yuqoridagi birinchi va ikkinchi bandlardagi xarajatlar taqsimot bazasiga mutanosib ravishda mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladi. Davr xarajatlari esa korxonaning moliyaviy natijalari hisobidan qoplanadi.
Ushbu xarajatlar umumiy xususiyatta ega bo’lishi bilan birgalikda, ularning xususiy jihatlari ham mavjud: mashina va uskunalarni ishlatish va asrash xarajatlari shartli-o’zgaruvchan bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog’liq. Umumishlab chiqarish va davr xarajatlari esa shartli-doimiy xarajatlar hisoblanib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog’liq bo’lmaydi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va uni boshqarish xarajatlarini mahsulotlar tannarxina kiritish orqali tannarx aniqlashning ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida va bo’linmalar darajasida taqsimlash kabi usullari mavjud.
Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida taqsimlash usulining mohiyati shundaki, bunda mazkur xarajatlar 2510 – “Umumishlab chiqarish xarajatlari” hisobvarag’ining debetida yig’ib boriladi hamda hisobot davri oxirida ular yagona taqsimot bazasi asosida mahsulot turlari bo’yicha taqsimlanadi.
Shuningdek, bu usulning afzalligi uning soddaligi va kam mehnattalabligida bo’lsa, asosiy kamchiligi esa, mahsulotlarning xilma-xil turlari haqiqiy tannarxini aniqlash paytida jiddiy xatoliklarga olib kelishidir.
Odatda, boshqaruv hisobi tizimida hisobot davri ichida umumishlab chiqarish xarajatlari smetasi tuzilib, unga asosan smetadagi xarajatlar haqiqatda erishilgan mahsulot hajmi va haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanib, tuzatilib boriladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari O’zR 21-sonli BHMSga binoan tasdiqlangan xarajat moddalariga bo’lib hisobga olib boriladi va korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq alohida hisob ob’ektlari o’rtasida taqsimlanadi.
“Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizomga ko’ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat:
- mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalarva nomoddiy aktivlarnint amortizatsiya ajratmalari;
- ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
- ishlab chiqarishdagi mulklarni sug’urtalash xarajatlari;
- isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari;
- ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga olingan boshqa mulklarning ijara to’lovlari;
- ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatishda band bo’lgan xodimlarning mehnat haqi;
- ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash jarayonida xarajatlarni hisobdan chiqariladigan obektlar tanlanib, aniq tsex, mahsulot, shartnoma turiga tegishli xarajatlar tanlab olinadi va yig’iladi. Bu sharoitda umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimot bazasini tanlab olish muhimdir.
Bo’linmalar darajasida ishlab chiqarishning bilvosita xarajatlarini taqsimlash usuli ancha mehnattalabdir, biroq u oldingi usulga nisbatan mahsulotlar alohida turlari bo’yicha tannarxni to’liqroq aniqlash imkonini beradi. Bu usulda mazkur xarajatlar alohida hisobvaraqlar ochish yo’li bilan bo’linmalar darajasida hisobga olinadi.
Korxonalarda hisobot davri yakunida mahsulotlar alohida turlari bo’yicha ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarining taqsimoti har bir sintetik va analitik hisobvaraq uchun amalga oshiriladi. Bunda har bir hisobvaraqga bo’linma texnologik jarayoni xususiyatini ifodalovchi o’z taqsimot bazasi mos keladi. Masalan, korxona avtomatlashtirilgan bo’linmasining ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari unda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari bo’yicha asbob-uskunalar ish soatlariga binoan, qo’lda yig’ish tsexining ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari esa mehnatning bevosita xarajatlariga ko’ra taqsimlanadi.
Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini hisobga olishda bu usulni qo’llab, xatoliklarni batamom bartaraf etib bo’lmaydi, chunki, birinchidan, umumkorxona ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari taqsimotida, ikkinchidan, alohida bo’linma ichidagi turli ishlab chiqarish tizimlari bo’yicha ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari taqsimotida xatolar bo’lishi mumkin.
Korxona alohida bo’linmalari, tsexlarining texnologik jarayonlari mehnat, kapital va material sig’imligi darajalari bilan farq qiladi.
Agar bo’linma faoliyati xarajatlari ichida ish haqining hissasi yuqori bo’lsa, shu bo’linma, tsex, brigadaning umumishlab chiqarish xarajatlarini mehnat resurslarini iste’mol qilish bilan bog’liq ko’rsatkichlarni asos qilib olinib, ular mahsulot turlari bo’yicha taqsimlanadi. Faraz qilaylik, “MBA” AJning yillik umumishlab chiqarish xarajatlari 416 209 ming so’m. Taqsimlash bazasi sifatida asosiy ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi xarajatlari belgilangan, bu xarajatlar hisobot davrida 49 667 ming so’mni tashkil qildi. Birinchidan, har bir mahsulotga ketgan mehnat haqi ulushini aniqlaymiz, “A” mahsuloti uchun 27,76% (13786/49667*100), “B” mahsuloti uchun 14,21% (7059/49667*100) va boshqalar. Ikkinchidan, har bir mahsulot uchun aniqlangan ulushni umumishlab chiqarish xarajatlarini umumiy summasiga ko’paytirib har bir mahsulotga to’g’ri keladigan umumishlab chiqarish summasini aniqlaymiz, “A” mahsuloti uchun 115 527 ming so’m (416209*27,76%) va boshqalar (1-jadval).
1-jadval
“MBA”AJning 2019 yil uchun umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash

Mahsulot turlari

Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi xarajatlari

Umumishlab chiqarish xarajatlari, ming so’mda

ming so’mda

% da

A

13 786

27,76

115 527

B

7 059

14,21

59 154

C

23 441

47,20

196 435

D

2 180

4,39

18 268

E

3 201

6,44

26 824

Jami

49 667

100

416 209

Ushbu jadvaldan kelib chiqib, bilvosita xarajatlar taqsimotining asosi sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin:


- asosiy ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi xarajatlari;
- mehnatning bevosita me’yoriy xarajatlari;
- korxonadagi muayyan texnologik jarayonda qatnashuvchi xodimlar soni.
Agar bo’linma faoliyati kapital sig’imli bo’lsa, umumishlab chiqarish xarajatlarini asosiy vositalardan foydalanish bilan bog’liq ko’rsatkichlari asos qilib olinib taqsimlanadi. Bunda ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari taqsimoti bazasi sifatida asbob-uskunalarning haqiqiy ish soatlari, mahsulot turlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalari yoki ma’lum texnik jarayonda foydalanilgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati olinadi.
Korxona bo’linmasi faoliyati materialtalab bo’lsa, ya’ni, unda mahsulotlar tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarning asosiy qismini xomashyo va materiallar xarajatlari tashkil qilsa, taqsimot bazasiga xomashyo va materiallarning haqiqiy bevosita xarajatlari hamda ularning rejali tannarxi kiritiladi.
Agar bo’linma faoliyati natijasi qandayligini (mehnattalab, kapitaltalab yoki materialtalab) aniq belgilash imkoni bo’lmasa, taqsimotning aralash bazasidan foydalaniladi. Bunda taqsimot bazasi to’liq bevosita moddiy xarajatlar (xomashyo, materiallar va asosiy vositalar mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxida katta salmoqqa ega bo’lsa)dan iborat bo’ladi.
Taqsimot bazalari korxona funktsional xizmatlari, ya’ni, boshqaruv apparati uchun ham ishlab chiqiladi. Bunda taqsimotning asosiy bazalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
- ombor xo’jaligi uchun bir birlik mahsulotni bir kun saqlashning normativ xarajatlari ombordagi mahsulotlarning o’rtacha qoldig’iga ko’paytirilgani;
- dispetcherlik xizmati uchun tashib ketiladigan tayyor mahsulotlar tonna-kilometrda;
- yuklarni jo’natish bo’limi uchun tayyor mahsulotlarni yuklab jo’natish bo’yicha shartnomalar miqdori.
Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarining eng mos taqsimlash bazasini hisoblash uchun ma’lum joriy xarajatlar talab qilinadi. Shu sababli, korxonalarda uncha mehnattalab bo’lmagan boshqa qo’shimcha taqsimot bazalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ularga mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish hajmi, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxi, xomashyo va materiallarni sotib olish tannarxi, marjinal daromad, xodimlarning o’rtacha ro’yxatdagi soni kabilarni kiritish mumkin.
Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari taqsimotining samarali tizimini tatbiq etish masalalariga e’tiborsizlik ko’p hollarda ishlab chiqarish dasturi, sotishlar va korxona baho siyosatida jiddiy xatoliklarga sabab bo’ladi, bu esa o’z navbatida, korxona moliyaviy faoliyatini salbiy natijalariga olib keladi.


Xulosa
Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo’lgan bunday markazning maqsadi foyda olish hamda sarflanadigan mablag’larning rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag’ning ortishiga erishish hisoblanadi.
Investitsiyalar markazi faoliyatini rejalashtirilgan foyda olish jadvali (operatsion byudjet), shuningdek, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, buxgalteriya balansi yordamida boshqarish mumkin.
Javobgarlikning asosiy markazlari bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ularning xarajatlari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Asosiy ishlab chiqarish brigadalari, tsexlari va sotish bo’limini ana shunday markazlarga kiritish mumkin.
Javobgarlikning yordamchi markazlari javobgarlikning asosiy markazlariga ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu markazlarning xarajatlari avval javobgarlikning asosiy markazlari bo’yicha taqsimlanadi, keyii esa asosiy markazlarning umumiy xarajatlari mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi tarkibiga kiritiladi. Ma’muriy-xo’jalik, texnik nazorat bo’limlari, ta’mirlash tsexi, asbob-uskunalar ustaxonasi va boshqalarni shunday markazlar jumlasiga kiritish mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, javobgarlik markazlarini aniqlashda korxona texnologik tuzilmasini e’tiborga olish, uni gorizontal va vertikal ko’rinishlarga ajratish zarur.
Gorizontal tuzilmada markaz uchun javobgar har bir shaxs faoliyati doirasi bilan farqlanadi, vertikal tuzilmada esa boshqaruv qarorlari qabul qilishga vakolatli shaxsning harakatlari nazarda tutiladi.
Javobgarlik markazi rahbari vazifalarni bajarish bo’yicha belgilangan majburiyatlar bilan birga moliyaviy javobgarlikni ham o’z zimmasiga olishi shart. Bunda har bir markaz o’ziga tayinlangan turli funktsiyalarni bajarishi mumkin (ishlab chiqarish, marketing, texnik xizmatlar, hisob, nazorat va h.k.). Mazkur holatda, muayyan funktsiyalar yoki vositalar emas, balki xodim yoki ma’muriyat javobgarlik markazi ob’ekti bo’lib hisoblanadi.



Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin